11-laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Virus preparatning miqdori va tozaligini aniqdash


Download 50.41 Kb.
bet3/6
Sana14.12.2022
Hajmi50.41 Kb.
#1002226
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-mavzu Virus preparatning miqdori va tozaligini aniqdash.

Kubsimon simmetriya tipida tuzilgan viruslar ko‘p qirrali - ikosaedr (yigirma qirrali) ko‘rinishini hosil qiladi.
Kubsimon simmetriyada kapsid sharsimon, ba’zida prizmasimon shakllarga ega kapsomerlardan tuzilgan. Har bir kapsomer besh (pentomer) yoki olti (seksomer) struktur oqsil birliklaridan tashkil topadi. Kubsimon simmetriya asosida, kapsomerlar hosil qiladigan teng tomonli uchburchak kombinatsiyasi yotadi. Bu esa, katta ichki bo‘shliqli yopiq sferik yuzaning shakllanishiga olib keladi.
Kubsimon simmetriyadagi kapsidda spiralsimon simmetriyadagiga nisbatan oqsil kam sarflanadi, natijada u mustahkam bo‘lmaydi va nuklein kislotani to‘liq himoya qila olmaydi.
Virus kapsidlari turli sondagi kapsomerlardan iborat, lekin bir turdagi viruslar uchun kapsomerlar soni doimiy bo‘ladi. Masalan: poliomielit virusi kapsidi 32 ta kapsomerdan, gepatit V virusi kapsidi 180 ta kapsomerlardan iborat.
Kubsimon simmetriyali oddiy viruslar ko‘p qirrali shaklda, superkapsid bilan o‘ralgan murakkab viruslar esa, asosan sferik shaklga ega bo‘ladi. Lekin murakkab viruslarning o‘qsimon, ipsimon, ovalsimon va parallelepiped (chechak virusi) shakllarga ega turlari ham bor. Viruslarda kapsidning simmetriyali tuzilishi ularning hujayradagi reproduksiyasi jarayonida virionning yig‘ilishiga sharoit yaratadi.


Virionning kimyoviy tarkibi

Viruslarning asosiy tarkibi nuklein kislota va oqsildan iborat. Oddiy viruslar faqat shulardan tashkil topadi. Murakkab viruslar tarkibida esa qo‘shimcha lipidlar va uglevodlar bo‘ladi.


Nuklein kislotaning (NK) turiga qarab viruslar DNK-genomli va RNK-genomliga bo‘linadi. Viruslarning nuklein kislotasi hujayra nuklein kislotalaridan farqli ravishda, har xil tuzilishga va shaklga ega bo‘ladi. Nuklein kislotaning turi asosiy taksonomik belgilardan biri hisoblanadi.
Virus DNKsi odatda ikki ipli, ba’zan bir ipli bo‘ladi.
Ikki ipli DNK halqasimon, chiziqli ikki uchi yopiq yoki chiziqli ikki uchi ochiq bo‘ladi.

Download 50.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling