11-laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Virus preparatning miqdori va tozaligini aniqdash


Download 50.41 Kb.
bet6/6
Sana14.12.2022
Hajmi50.41 Kb.
#1002226
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-mavzu Virus preparatning miqdori va tozaligini aniqdash.

2. Virionning hujayraga kirishi retseptorli endotsitoz (viropeksis) yo‘li yoki virus superkapsididagi membranaga qo‘shilish yo‘li bilan sodir bo‘ladi va bu ikkala usul birgalikda ham kuzatilishi mumkin.
Retseptorli endotsitozda virus adsorbsiyasi kuzatilgan joyda (retseptorlar joylashgan chuqurchada klatrin oqsili bilan) hujayra membranasida virus saqlagan endosomalarning hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. So‘ngra endosoma yirikroq protoplazmatik vakuola va hujayra lizosomalari bilan bog‘lanib retseptosoma hosil bo‘ladi. SHunday usul bilan oddiy viruslar va ko‘plab murakkab viruslar hujayraga kiradi.
Ikkinchi usulda virus superkapsidi qobig‘ining hujayra membranasiga qo‘shilishi bilan tugallanadi. Natijada virusning ichki qismi (uning nukleokapsidi, o‘zagi) hujayra sitoplazmasiga kirib qoladi. Hujayraga kirishning bunday usuli F-yondosh oqsili yoki boshqa glikoproteinlar (masalan, gripp virusida gemagglyutinin) tutgan murakkab viruslar uchun xos.
3. Viruslar deproteinizatsiyasi (“echinishi”) – nuklein kislotadan ozod bo‘lishi, bu jarayon hujayraga kirish usullariga qarab har xil viruslarda turlicha kechadi.
Retseptorli endotsitoz yo‘li bilan hujayraga kirgan va retseptosomada joylashgan viruslar hujayradan membrananing qo‘shilish yo‘li bilan chiqadi, agar bu murakkab viruslar bo‘lsa kapsidning yuza oqsillari ishtirok etadi, agar bu oddiy viruslar bo‘lsa membranada joylashgan retseptosomalar va lizosomal fermentlar ta’sirida viruslarning qisman deproteinizatsiyasi sodir bo‘ladi. Qisman dezintegratsiya bo‘lgan viruslar sitoplazmaga tushadi, u erda hujayra ichi membranasining proteazasi va hujayraning boshqa fermentlari ta’sirida viruslarning “echinishi” davom etadi.
Membrananing qo‘shilish yo‘li bilan viruslarning hujayraga kirishida hujayra membranasining fermentlari yordamida bilan virionning deproteinizatsiyasi boshlanadi va u yuqorida ko‘rsatilganidek hujayra ichida davom etadi.
Deproteinizatsiya natijasida virionning dezintegratsiyasi sodir bo‘ladi. Ajralib chiqqan genom nuklein kislotasi viruslar reproduksiyasini keltirib chiqarish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ayrim viruslarda nuklein kislotaning ajralishi to‘liq bo‘ladi, lekin odatda genom (ichki) oqsillari nuklein kislota bilan birikkan holda qolib ketadi, masalan, polimerazalar va ba’zan – kapsid oqsillari. Keyinchalik bu oqsillar reproduksiya jarayonida qatnashadi va nuklein kislotani hujayraviy nukleazadan himoya qiladi.
Nazorat savollari.
1.Viruslar reproduksiyasi nima?
2.Viruslarning hujayraga kirishi qanday amalga oshadi?
Download 50.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling