11-Ma’ru Qirqimlar va kesimlar O’zDSt 305: 97 Reja
Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim
Download 20.16 Kb.
|
asror
Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim. Bu kesim kesuvchi tekislik o’tgan
joyiga chiziladi. Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim konturi ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. (11.10-shakl, d, e). Kesimni chetga chiqarib chizish afzalroq. Chunki chizmani ustida bajarilgan kesim ko’rinishni to’smaydi va chizmani o’qishni qiyinlashtirmaydi. Kesim kesuvchi tekisliklarni izini yo’nalishlariga nisbatan simmetrik (11.10-shakl, б, b, d) yoki nosimmetrik (11.10-shakl, a,г,e) bo’lishi mumkin. Umumiy holda kesuvchi tekislikni holati chizmada kesim chizig’i bilan ko’rsatiladi. Buning uchun orasi ochilgan boshlanishiga va oxiriga kuzatuvchining nigohi ko’rsatilgan strelka qo’yilgan shtrix chiziq qo’llaniladi. Chiziq va strelkalar 11.11-shaklda ko’rsatilgan o’lchamlarga muvofiq bajariladi. 11.11-chizmada Bunda S chizmadagi kontur chiziqning qalinligi kesim chizig’ining boshlanishi va oxiriga bir xil bosma xarf qo’yiladi. Kesim chizig’iga yoziladigan xarflar berilgan chizmadagi o’lcham sonlarini o’lchamiga qaraganda 1-2 marta katta bo’lishi kerak. Kesimlarni harf bilan belgilash alfavit tartibida bo’lishi kerak va ular qaytarilishi mumkin emas. Kesim ustiga A-A yozuv yoziladi. Quyidagi hollarda kesim chizig’i o’tkazilmaydi va kesimga xarfli yozuv yozilmaydi: a) Agar kesim chizmaning ustida bajarilgan bo’lsa. (11.10-shakl, d). b) Agar tashqariga chiqarilgan kesimning simmetriya o’qi kesuvchi tekislikning izini davomi bo’lsin. (11.10-shakl, б). v) Agar kesim buyum tasvirini uzilgan joyida ko’rsatilgan bo’lsa.(11.10- shakl,b). Buyumning tasvirini uzulgan joyida (11.10-shakl, г) yoki tasvirning ustida (11.10-shakl, e) bajarilgan nosimmetrik kesim uchun kesim chizig’i strelka bilan o’tkaziladi, lekin harf bilan belgilanmaydi. Bundan boshqa hamma hollarda simmetrik va nosimmetrik kesimlarga strelka qo’yilgan kesim chizig’i va harfli belgi qo’yilishi zarur. Agar kesuvchi tekislik slindrik teshik yoki chuqurchani chegaralovchi aylanish sirtining o’qi orqali o’tsa u holda teshik yoki chuqurchani konturi to’la ko’rsatiladi.(11.12-shakl) . 11.12-shakl 11.13-shakl Kesimni chizish va joylashtirish bo’yicha strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishga to’g’ri kelish kerak. Kesimni formatni hohlagan joyiga chizish va uni chizmani o’qish uchun qulay bo’lgan burchakga burish mumkin. Bunda kesimni bildiruvchi yozuvdan kegin O shartli grafik belgi qo’yiladi. (11.13-shakl). 11.14-shakl Bitta buyumga tegishli bo’lgan bir necha bir hildagi kesimlar uchun kesim chizig’i bir xil xarf bilan belgilanadi va bitta kesim chizib ko’rsatiladi. (11.14-shakl). Agar kesuvchi tekislik har-xil burchak ostida yo’nalgan bo’lsa, unda burulish belgisi O qo’yilmaydi. (11.15-shakl). 11.15-shakl 11.16-shakl Kesuvchi tekislikni shunday tanlanishi kerakki bunda normal (odatdagidek) ko’ndalang kesim hosil bo’lishi kerak. Shuning uchun murakkab shakldagi buyumning kesimni ikkita kesim bilan tutashtiriladi. (11.16-shakl). Kesuvchi tekislik sifatida tekislikga yoyilgan stilindrik sirtni qabul qilish mumkin. Kesimda kesim natijasida aniqlangan teshik, chuqurcha, tirqich va boshqa buyumning konstruktiv elementlarini ko’rsatish mumkin. Download 20.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling