11-ma’ruza. Gaz va chang portlash xavfi mavjud bo’lgan shaxtalarda portlatish ishlariga qo’yiladigan talablar
Download 36.9 Kb.
|
1 2
Bog'liq11-ma\'ruza
11-MA’RUZA. GAZ VA CHANG PORTLASH XAVFI MAVJUD BO’LGAN SHAXTALARDA PORTLATISH ISHLARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR. Gaz va chang portlash xavfi mavjud bo’lgan shaxtalarda quyidagi qoidalarga rioya qilinishi shart: Bunday shaxtalarda faqatgina saqlagichli PMlarni qo’llash mumkin. Bunda PMlarga quyidagi talab qo’yiladi: 1 kg PM portlaganda ajralib chiqadigan issiqlik 3700 KJoul dan oshmasligi kerak. Saqlagichli PMlar issiqlik ajralib chiqishini kamaytirish uchun antikatalizator vazifasini bajaruvchi alangaso’ndirgichlar (NaCl, KCl) qo’shiladi. Bugungi kunda ko’mir shaxtalarida qo’llanilayotgan saqlagichli PMlar tarkibida osh tuzi va KCl ning miqdori 15%dan 30% gacha tashkil etadi. Bunday miqdorda tuzlar qo’shilishi PM detonatsiya qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham saqlagichli PMlar tarkibiga tuzlar bilan birgalikda sensibilizator vazifasini bajarish uchun suyuq nitroefirlar qo’shiladi. Ushbu suyuq nitroefirlar qo’shiladi. Ushbu suyuq nitroefirlar ta’sirida PM tarkibidagi tuzlar erib zichligi oshib ketmasligi uchun yog’och qipig’I qo’shiladi. Ko’mir shaxtalarida portlatish ishlarida xavfsizligini ta’minlash uchun zaboylar uzluksiz jadval tarzda shamollatib turilishi shart. Bunda portlatuvchi shpurlarni zaryadlashdan oldin, portlashdan oldin va portlatib bo’lgandan so’ng metan miqdorini aniqlaydi. Zaboyda metan miqdori (shuningdek portlatilayotgan zaboydan 20 m uzoqlikdagi hududda ham) 1% va undan ko’p bo’lsa portlatish ishlarini olib boorish ta’qiqlanadi. Portlatuvchi xavfsiz masofada joylashgan panagohda elektr portlatish tarmog’ini ushbu hududdagi metan konsentratsiyasini aniqlaydi. Xavfsizlik qoidalariga ko’ra bunday zaboylarda tashqariga uchqun chiqarmaydigan portlatish vositalari qo’llaniladi. Agar qisqa sekinlatilgan portlash qo’llanilsa IV sinf PMlari uchun 220 m/sek dan V sinf PM lari uchun 320 m/sek dan oshmasligi shart. Ko’mir zaboyining uzunligi 5m dan kata bo’lsa zaboy uchastkalarini alohida-alohida portlashga ruxsat etiladi. Bunda shaxta rahbarining yozma ruxsati talab etiladi. Portlatish ishlarini olib borishda portlatuvchi, portlash zaboyidan quyidagi masofalarda o’rnatilgan panagohlarda joylashadi: Qiyaligi 100C gacha bo’lgan gorizontal va qiya kon lahimlarida 150m Qiya kon lahimlarida va ko’tarilmalarda 100m. Ko’mir qatlamining yotish burchagi 180C dan kata bo’lganda 50m. Bunda lava va shtrek ulangan joydan 20m dan qisqa masofada joylashadi. Shpurlarni sifatli zaboyka materiali bilan to’ldirish. Zaboyka materiallarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin: Plastic materiallar- gil, gil va qum aralashmasi. Sochiluvchan materiallar- qum, granulalangan shlak, graviy. Gidrozaboykalar- polietilaen qobiq ichiga suv to’ldirilgan ampulalar shaklida yoki pulpa bilan to’ldirish. Amaliyot ishlarining ko’rsatishicha gil va qum aralashmali zaboykani qo’llaganda quruq kon lahimlarida zaharli gazlar ajralib chiqishi 2,5 marta, suvli lahimlarda esa 1,5 martagacha kamayadi. Shuningdek kon lahmida chang hosil bo’lishi ( portlagandan so’ng) 10% dan 80% gacha kamayadi. Shpurlarni zaboykalash natijasida metan va chang havo aralashmasining portlab ketish xavfi quyidagilarning hisobiga kamaytiriladi:portlashdan so’ng hosil bo’ladigan portlash mahsulotlarining zaboyga otilib chiqish vaqti uzayishi hisobiga portlash vaqtida detonatsiyaning turg’unligi ta’minlanadi, zaboy atmosferasi flegmatizatsiyalanadi. Download 36.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling