11-ma’ruza. Jismlarning nur chiqarish va yutish qobiliyati. Absolyut qora jism nurlanishi. Issiqlik nurlanish qonunlari. Kirxgoff qonuni. Reja
Yorug’likning kombinatsion sochilishi
Download 44.91 Kb.
|
11-ma\'ruza
Yorug’likning kombinatsion sochilishi. Reley qonuniga asosan, sochilgan yorug’likda energiya taqsimoti birlamchi yorug’likdagi taqsimotdan spektrning qisqa to’lqinli qismida energiya qiyosan ortiq bo’lishi bilan farq qiladi. Biroq, Raman, Landsberg va Mandelshtamm (1928 y.) larning sinchiklab o’tkazgan tajribalari sochilgan yorug’lik spektrida tushayotgan yorug’likni xarakterlovchi chiziqlardan tashqari qo’shimcha chiziqlar bo’lishini ko’rsatdi, ular tushayotgan yorug’likning har bir chizig’i yonida turadi. Bu hodisaning quyidagi qonunlari tajribalardan topilgan:
1. Yo’ldoshlar tushayotgan yorug’likning har bir chizig’i yonida bo’ladi. 2. Uyg’otuvchi yorug’lik spektral chizig’ining chastotasi bilan yuldoshlardan har biri chiziqlarining chastotalari orasidagi farq sochuvchi modda uchun xarakterli bo’lib, uning molekulalarining xususiy tebranishlari chastotalariga teng. 3. Yo’ldoshlar tushuvchi chiziqdan ikki tomonda simmetrik yotuvchi ikki tizimdan iborat. 4.Temperatura ko’tarilganda "binafsha" yo’ldoshlarning intensivligi keskin oshadi. Bu vaqtda sochilgan yorug’lik chastotasi tushayotgan yorug’lik bilan molekulalar ichida bo’ladigan tebranishlar chastotasining kombinatsiyasidan tarkib topadi. Shuning uchun bunday sochilishga kombinatsion sochilish deyiladi. Kombinatsion sochilish usuli moddaning molekulyar tuzilishini tadqiq etishning muhim usuli hisoblanadi. Molekula tebranishlarining xususiy chastotalari bu usul yordamida osongina aniqlanadi, bu usul molekula simmetriyasining xarakteri, molekulalar ichida ta’sir qiluvchi kuchlarning kattaligi va umuman molekulyar dinamikaning o’ziga xos tomonlari to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi. Mandelshtamm-Brillyuen uyg’otuvchi nurlanishning katta intensivligida chiziqli bo’lmagan bir qator optik hodisalar yuzaga kelishini kuzatganlar. Bunday sochilishga majburiy sochilish deb ataladi. Tayanch iboralar: Yorug’likning sochilishi, molekulyar sochilish, zichlik fluktuatsiyasi, Tindal hodisasi, kritik opalessensiya, Reley qonuni, Mandelshtamm-Brillyuen sochilishi, kombinatsion sochilish, majburiy sochilish. Download 44.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling