11-ma’ruza: Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya
Simbioz holda yashovchi azotfiksatorlar
Download 34.33 Kb.
|
Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya
Simbioz holda yashovchi azotfiksatorlar. Azot-hosildorlikni belgilovchi asosiy elementlardan biri. O‘simlikda u oqsil, xlorofill, aminokislotalar6 amidlar, alkaloidlar va bir qator boshqa moddalar tarkibiga kiradi. O‘simlikning azotga bo‘lgan muhtojligini barg chiqaradigan davrga, ya'ni o‘simlik o‘sishining birinchi davriga to‘g‘ri keladi. Azot o‘simlikka birinchi navbatda mineral holatda, nitratli va ammoniyli tuzlar (NO3 anioni yoki NH4 kationi) holatida suriladi. Bu birikmalar tuproqdagi organiq moddalarni minerallanish jarayonida, mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlantirish havodagi birikmalarni yomgir orqali yuvilishi momakaldirok natijasida hosil bo‘lgan azotli birikmalarin cho‘kishi orqali va h.k yo‘llar bilan dastlab tuproqqa keyin esa o‘simlikka yetib boradi.
Tuproqkni azot bilan ta'minlovchi asosiy manbai- atmosferadagi molekulyar azotni biologik yutish yo‘lidir. Ma'lumki molekulyar azot o‘simlik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilina olmaydi. Planetamizda molekulyar azotni yutish nitrogenaza fermenti sintez qila oladigan mikroorganizmlar ishtirokida olib boriladi xolos. Nitrogenaza molekulyar azotni ammiakga aylantirib beradigan ferment: N2Nitrogenaza > NH3 Molekulyar azotni yutish jarayoni moddiy yordamga muxtoj emas, atrof- muhitni ifloslashtirmaydi, maxsus asbob-uskunalar ham talab kilmaydi. Shu tufayli jahonning ko‘pgina mamlakatlarida bu jarayonni tezlashtirish, uni boshqarish ustida ilmiy izlanishlar boshlab yuborilgan. Mana shu yo‘llardan biri dukkakli o‘simliklarni nitriginizasiyalash yo‘lidir. Nitragin-jahonda birinchilardan bo‘lib, tuganak bakteriyalar asosida tayyorlangan biopreparatdir. 1888yil M.Beyernik tomonidan toza holda rizobiylar avlodiga mansub tuganak bakteriya ajratib olingandan keyin, bu bakteriyalarni tuganak hosil qilishdagi roli va dukkakli o‘simliklarni azot bilan ta'minlashi mumkinligi haqida fikr o‘yg‘ondi. Tuganak bakteriyalar-o‘ziga xos mikroorganizmlar bo‘lib, ularni biologiyasi saprofit holatda tuproqning ta'sirida va o‘simlik bilan simbioz holatda o‘rganilgan. Tuganak bakteriyalar aerob geterotrof mikroorganizmlar bo‘lib, har xil tabiiy va sintetik oziqa moddalarida yaxshi o‘sib, rivojlanadi. Usish tezligi bo‘yicha tuganak bakteriyalar ikki guruxga bulinadi: tez o‘suvchilar va sekin o‘suvchilar. Tez o‘suvchi tuganak bakteriyalarni generatsiya davri 2-4 soat, sekin o‘suvchilarniki esa 6-8 soat. Tuganakli bakteriyalar o‘ta spetsifiklikka ega bo‘lganliklari sababli har bir dukkakli o‘simlik uchun alohida preparatlar tayyorlanadi. Download 34.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling