11-ma’ruza: Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya


Azotyutuvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan preparatlar


Download 34.33 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi34.33 Kb.
#1637314
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya

Azotyutuvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan preparatlar "Nitragin" nomi bilan birinchi preparat 1896 yil Germaniyada tayorlangan.
Hozir bu no‘llai preparat unlab mamalakatlarda ishlab chiqarilishiga qaramasdan, Uzbekiston bu preparatni chet eldan valyuta hisobiga sotib oladi. Masalan, Andijon viloyatida soya yetishtirish uchun preparat AQSh dan harid qilinadi. Chet eldan keltirilgan biopreparatlarni uziga yarasha kamchiliklari borligi to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tgan edik. 1997 yildan boshdab UzFA mikrobiologiya institutida soya o‘simligiga spetsifik bo‘lgan biopreparat "mikrobli o‘g‘it" nomi bilan chiqarila boshlandi. Dastlabki sinovlar preparat ta'sirida soyaning dukkaklar hosil qilishi ancha oshib, hosidorligi ko‘tarilgani hakida dalolat berib turibdi.
Nitragin yerda yangi dukkakli o‘simliklar ekilganda va bu yerda boshqa dukkaklilar Bo‘lmagan sharoitda juda katta foyda keltirishi aniq bo‘ldi. Aksincha, agar beda ekilgan maydonga soya eqiladigan bo‘lsa hyech qanday tuganak hosil bo‘lmaydi va hosildorlik ham kam bo‘ladi. Uzoq ishlatilib kelinadigan va dukkakli o‘simlklar ekilib kelingan yerlarda nitragin ishlatish ancha muammo, chunki bunday tuproqlarda tuganak bakteriyalarni shu o‘simlikka xos va tuproqqa moslashgan shtammlari to‘planib qolgan bo‘ladi. Bunday tuproqlarga qo‘shimcha bakteriyalar solish kerakmi, bunday texnologiya iktisodiy samara beradimi?.
Akademik ye.N.Mishustin rahbarligida ko‘p yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar asosida bu savollarga ijobiy javob berish mumkin.
Birinchidan, eskidan ishlatilib kelinadigan tuproqlarda "chorraha" yuqish, ya'ni dukkaklilar tuganak bakteriyalar bilan o‘ziga yaqin bo‘lgan o‘simliklarni yuqtirishlari mumkin. bunday sharoitda tuganaklar hosil bo‘lsada to‘liq faollik ko‘rsata olmaydi. Nitragin ishlatilganda o‘simlikni faol tuganak bakteriyalar bilan yuqtiriladi va bu yaxshi natija ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, dukkakli o‘simliklar ekilmagan tuproqlarda tuganak bakteriyalar saprofit holatda uchraydilar.
Ba'zi bir holatlarda tuproqda tuganak bakteriyalar yashashi va ko‘payishi uchun qo‘lay sharoit bo‘lmaydi. Shu sababli, bakteriyalar soni kamayib, faolligi pasayib boraveradi. Bunday sharoitda tabiiy yuqtirish faol simbioz hosil qilish uchun yetarli Bo‘lmaydi, shu sababli nitragin ishlatish maqsadga muvofik bo‘ladi.
Yuqtirish usulini ishlatish yoki ishlatmaslik uchun, dastavval, ma'lum tuproq-obi-havo sharoitida tuganak bakteriyalarni tarqalishi va ularni faolligini o‘rganish bo‘yicha kuzatishlar olib borish lozim bo‘ladi.
Tuganak bakteriyalarni tarqalishi dukkakli o‘simliklarni bor-yo‘qligi bilan o‘zviy bog‘liq.Dukkali o‘simliklar bor joyda tuganak bakteriyalar uchraydi. Bu esa dukkaklilar bo‘lmagan joyda tuganak bakteriyalar bo‘lmaydi degani emas. Masalan Angliyaning Rotamsted stansiyasida 1843 yildan boshlab, hamisha ildiz mevali o‘simliklar ekilib kelingan tuproqlarini har bir grammida yuzlab tuganak bakteriyalar borligi isbotlangan.
Qurish va namlanish sharoitlarida tuganak bakteriyalarining saqlanishi tuproqngni tuzilishiga uni kolloidligiga bog‘liq. Loyli va organogen tuproqlarda yengil mexaniq tartibli tuproqlarga nisbatan tuganak bakteriyalari ko‘proq saqlanadi. Qurg‘oqchilikda sekin o‘suvchi bakteriyalar, tez o‘suvchilariga nisbatan chidamlirok bo‘ladi.
Azotli o‘g‘itlar tuganak bakteriyalarga faqat o‘simlik orqali ta'sir ko‘rsatadi. Bog‘langan azot bilan ta'minlangan, dukkakli o‘simliklar ildizlari, rizobiy bakteriyalari o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan kand moddalarini kam chiqaradi.
O‘g‘itlangan (mineral o‘g‘it bilan ishlov berilgan) dukakli o‘simliklar rizosferasida tuganak bakteriyalarni oziqlanish rejimi buzilganligi sababli ularni soni kamayib boradi.
Tuganak bakteriyalarining sonining kamayishida tuproqda yashovchi yirtqich sodda, mikobakteriyalar, mikrob-antogonistlar, riziobiofaglar hamda turlararo va turlar ichidagi antogonizm ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. D.G.Zvyaginsev rahbarligidagi bir guruh olimlarning takidlashicha, tuganak bakteriyalarining saqlanishi va ularning mutadilligini oshirishda yuqori gidrolitik faollikka ega bo‘lgan mikroorganizmlar ijobiy ta'sir qilar ekan. Bu mikroorganizmlar tuganak bakteriyalarni 1 gr tuproqdagi soni 1 milliondan kam bo‘lgan holatda ularni tuproqda tarqalishiga va ko‘payishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda tuganak bakteriyalar oligotrof mikroorganizmlar singari, uglerod almashinuvi doirasida faoliyat ko‘rsatishadi. Tuganak bakteriyalar o‘sish sharoiti va turiga qarab har xil fiziologik xususiyatga ega bo‘ladilar.

Download 34.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling