11-ma’ruza: Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya


Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar


Download 34.33 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi34.33 Kb.
#1637314
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya

Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar. Tuproqda o‘tadigan asosiy jarayonlar biologik jarayonlardir. O‘simliklar hayotida mikrorganizmlarning roli beqiyosdir. Har ikkalasi orasida o‘zaro aloqadorlik bo‘lib, bu aloqadorlik tuproq unumdorliligiga ta'sir ko‘rsatadi. Har bir o‘simlik o‘zi uchun mikrob senozinin tashkil qiladi va ildiz atrofida to‘plangan mikroorganizmlarga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. O‘simlik hayot davrida ildiz atrofiga har xil organiq va mineral moddalar ajratadi. O‘simliklarning vegetatsiya davrida uning ildizi, ildiz sochlari (kokillari) hosil qiladi va ularni tashlab yuboradi, bu esa epidermis hujayralarning o‘liklaridir. Bu va boshqa bir qancha elementlar mikroblar uchun oziqa bo‘lib xizmat qiladi. Bo‘larning hammasi o‘simlik turiga xususiyatlarga va h.k qarab o‘ziga xos bo‘lgan mikroorgnizmlar to‘plami va ularning miqdorini hosil qilishga sabab bo‘ladi.
Mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati o‘z navbatida o‘simlikning ildizdan ovqatlanish sharoitini va uning hosildorligini belgilab beradi. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, ko‘p sonli jonivorlar orasida o‘simlikka xizmat qilib uning hosildorligini oshiradiganlari ham, o‘simlika zarar yetkazadiganlari ham uchraydi. Xuddi mana shuning uzi mikrobli preparatlarga zaruriyat tug‘dirdi va foydali mikroorganizmlar asosida preparatlar tayyorlash texnologiyalar yaratila boshlandi.
O‘simlikning azotli oziqasini oshirish maqsadida uch xil mikrob preparatlari ishlatiladi: nitragin-tuganak bakteriyalar asosida tayyorlangan preparat, asosan dukkakli o‘simliklarni oziqlantirish uchun ishlatiladi: azotabakterin-azotabakterlar asosida tayyorlangan preparatlar, va diaotrof mikroorganizmlar assotsiasi tayyorlangan preparatlar, oxirgi ikki preparat dukkakli bo‘lmagan o‘simliklar uchun ham foydali.
Fosfobakterin va mikorizo hosil qiluvchi z0amburuglar asosida tayyorlangan preparatlar, o‘simlikni fosforli ugitlarga bo‘lgan muxtojligini qondirish uchun ishlatildi.
Mikroblar asosida olingan kompleks preparatlar tarkibida har xil xususiyatga ega mikroorganizmlar bo‘lib ular tuproqdagi mikroorganizmlarni faoliyatini tiklashda va tuproqdagi har xil oziqa moddalarni parchalab, tayyor holga keltirishga xizmat qiladi.
Mikrobli preparatlardan yaxshi foyda olish uchun, ularniyu xususiyatlarini, tuproqqa bo‘ladigan ta'sirini va tuproqni preparatga ta'sirini hamda ishlatish sharoitlarini bilish zarur. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan preparatlar Rossiyada, Yaponiyada, AKShda, Gollandiya va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan va sz mamlakatlarida yuqori samara bilan ishlatilib kelinmoqda.Ammo, bu preparatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston tuprog‘ida ishlatish mumkinmi? Albatta yo‘k!
Bunga asosiy sabab, mamlakatimizdagi yuqori harorat, tuproqning sho‘rlanganligi, suv tanqisligi va h.k. Buning ustiga har bir mikrobli preparat agrotexnikasiga ega bo‘lish kerak. Shuning uchun ham O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi mikrobiologiya institutida mahalliy shtammlar (ular issiqlikka, sho‘rga chidamli) asosida bir qator texnologiyalar yaratildi va bitexnologiyalar asosida tayyorlangan preparatlar mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Shulardan biri-azotabakter xrokokkim asosida tayyorlangan "yer malhami" preparti. 1999 yil mamlakatimizning110 dan ortiq xo‘jaliklarida joriy yilda esa 120 dan ortiq xo‘jaliklarda katta samara bilan ishlatib kelinmoqda. Bu texnologiya asosida Namangan viloyati To‘raqurg‘on tumanida bioazot zavodi qurilib ishga tushirilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda. Institutda yaratilgan "mikrobli o‘g‘it" tuganak bakteriyalar asosida tayorlangan preparat bo‘lib, soya o‘simligi uchun keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bundan tashqari fosforli birikmalarning eruvchanligini oshirib berish xususiyatiga ega bo‘lgan "FB-1" preparati sinovdan o‘tmoqda.
Ilgarilari bakterial preparatlarning ta'siri faqat bir tomondan preparatga asos bo‘lgan mikroorganizmni asosiy faoliyati bilan (azot yutish qobiliyati) bilan baholanar edi. Endilikda esa bunday preparatlarni mohiyati uning asosi bo‘lgan mikroorganizmlarni har tomonlama faoliyati bilan belgilanmoqda.
Azotobakter, mikroorganizmlar assotsiatsiyasi yoki tuganak bakteriyalar faqatgina havodagi azotni yutibgina qolmasdan, o‘zlaridan o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan bir qator FFM ishlab chiqaradilar. Bir sharoitda mikroorganizmning faoliyati ikkinchi darajali bo‘lsa, boshqa sharoitda asosiy bo‘lishi mumkin.
Mikrobli preparatlar hosildorlikka bevosita ta'sir etishlari mumkin. Masalan, preparatni urug‘ bilan birga ishlatilganda, ildiz atrofidagi mikroflorani o‘zgartirib yuboradi. Bunday sharoitda mikroorganizmlarni umumiy soni ortadi va ba'zi bir guruh mikroorganizmlari orasidagi nisbat o‘zgaradi.
Ba'zi sharoitlarda azotobakter kalsiy fosfatni erituvchi mikroorganizmlarning faoliyatini oshiradi va tuproqni fosforning eruvchan tuzlari bilan boyitadi. Fosfobakterin esa azotli oziqlanishini ko‘chaytirish hisobida azotofiksator va nitrfikator bakteriyalarni faoliyatini oshiradi.
Bakterial preparatlar o‘simliklarni ba'zi bir kasalliklardan saqlashlari ham kuzatilgan. L.M.Dorosinskiy va A.A.Morgolarni fikricha tuganak bakteriyalar g‘uzani vilt bilan kasallanishining oldini oladi. ye.N.Mishustinning yozishicha azoobakterlarni ba'zi bir turlari fungistatik xususiyatga ega bo‘lgan moddalar sintez qiladi.
Fosfobakterin kungabokar va zig‘irni ba'zi bir kasalliklardan saqlaydi. Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mikrbli preparatlar hosildorlikni oshirishga xizmat qilsalarda, ular na organiq va na mineral ug‘itlarni o‘rnini to‘lig‘icha bosa olmaydilar. Faqatgina organiq, mineral ug‘itlar va bakterial preparatlardan to‘g‘ri foydalanilgandagina serhosil va sifatli mahsulot yetishtirish mumkin bo‘ladi.
Shuning bilan bir qatorda, ba'zi bir paytlarda bakterial preparatlardan foyda olinmasdan, hatto zarar ham kelishi mumkin. Bu faqatgina yoki preparatning sifati buzilganligi yoki qo‘llash usullariga rioya qilinmaganligidan bo‘lishi mumkin. Salbiy ta'sirlar Bo‘lmasligi uchun tayyorlangan preparatning sifatiga e'tibor bermoq zarur bo‘lgan sharoitda esa tuproq holati, uning tarkibi, o‘simlikning o‘sish fazasi va boshqa bir qator faktorlarga e'tibor qilgan holda, biopreparatlarni ishlatish vaqti, normasi, qisqacha qilib aytganda agrotexnikaga e'tibor qilishga to‘g‘ri keladi.

Download 34.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling