11-mavzu: “ Pedagogik tajribani to’plash tizimi”
O‘z – o‘zini nazorat qilish
Download 91.76 Kb.
|
O‘z – o‘zini nazorat qilish
Biz pedagogning o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini, talabalarning ta’lim-tarbiyasiga yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz. Ijodiy ishlaydigan pedagog faqat talabalarni muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiya berish, ilg’or ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmasdan, kasbi bo’yicha ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur.
Pedagogik faoliyat o’z mehnatiga ko’ra ijodiy tavsifga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan aniqlanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui – pedagogik tajribadir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda o’qituvchining o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishi, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi shakl, metod va vositalarini izlab topishdir.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar kiritadi, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi turdagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
Download 91.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling