11-mavzu. 1918-1939-yillarda Yaponiya (38 ta)
Download 455.61 Kb.
|
11-29-10j
11-mavzu. 1918-1939-yillarda Yaponiya (38 ta) 1. XX asr boshlarida qaysi davlat jahonning yetakchi davlatlariga qaram bo’lib qolmagan, nisbatan yuqori darajadagi iqtisodiy va harbiy rivojlanishga erishgan Osiyo mintaqasidagi yagona davlat edi? A)Xitoy *B)Yaponiya C)Hindiston D)Saudiya Arabistoni 2.Birinchi jahon urushining yakunlanishi Yaponiyada qator iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolardan, ayniqsa, qaysi biri oddiy kishilarning hayotiga katta ta’sir ko’rsatdi? A)soliqlarning haddan tashqari oshirilishi B)uy-joylarning yetishmovchiligi *C)oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi D)ishsizlik 3.Yaponiyada qachon sanoat to’ntarishi yuz berdi? *A)1920-yillar o’rtalarida B)1930-yillar o’rtalarida C)1920-yillar oxirida D)1930-yillar oxirida 4.Qachonga kelib Yaponiyada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan oshib ketdi? A)1920-yil B)1923-yil *C)1925-yil D)1930-yil 5.Yaponiyada 1920-yillar oralig’ida “Mitsubisi” va “Sumitomo” konsernlari o’z pozitsiyasini qaysi sohalarda mustahkamlab oldi? A)Transport sohasida *B)Og’ir sanoatda C)Yengil sanoatda D)Xizmat ko’rsatishda 6.Jahon iqtisodiy inqirozi qaysi yillarda bo’lib o’tgan? A)1923-1929-yillarda *B)1929-1933-yillarda C)1928-1932-yillarda D)1924-1929-yillarda 7.Yaponiya hukumati jahon iqtisodiy inqirozidan chiqishning yo’li sifatida qaysi yo’lni tanladi? A)og’ir sanoatni rivojlantirishni *B)iqtisodni militarizatsiyalash va tajovuzkorlikni C)SSSR bilan yaqinlashishni D)yengil sanoatni rivojlantirishni 8. 1920-1930-yillarda qaysi davlat Xitoyni, Uzoq Sharqni, keyin esa butun Osiyoni bosib olishni, Tinch okeani havzasida o’z hukmronligini o’rnatishni rejalashtirayotgan edi? *A)Yaponiya B)AQSH C)SSSR D)Germaniya 9.Ichki siyosiy munosabatlar nechanchi yillarda yangi siyosiy partiyalarning paydo bo’lishi hamda saylovchilar sonini asta-sekin oshirib borgan qator islohotlar bilan xarakterlanadi? *A)1920-yillarda B)1930-yillarda C)1940-yillarda D)1950-yillarda 10.Nechanchi yildan sovet-yapon munosabatlari yo’lga qo’yildi? A)1920-yildan B)1923-yildan *C)1925-yildan D)1930-yildan 11. 1925-yildan sovet-yapon munosabatlarining yo’lga qo’yilishi nimalarda aks etdi? 1)iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishida 2)yapon qo’shinlarining Shimoliy Saxalindan olib chiqib ketilishida 3)sovet qo’shinlarining Ryukyu orollaridan olib chiqib ketilishida A)1,3 *B)1,2 C)2,3 D)1,2,3 12.Yaponiya hukumatida qachonga kelib harbiylarning roli kuchaydi va so’l kuchlar quvg’in ostiga olindi? A)1920-yillar o’rtalarida B)1930-yillar o’rtalarida *C)1920-yillar oxirida D)1930-yillar oxirida 13. 1920-yillar oxirida Yaponiyada qanday nom ostida radikal kayfiyatdagi guruhlar ta’siri keskin kuchaydi? *A)”Yosh ofitserlar” B)”Yosh yaponlar” C)”Yangi siyosiy tizim” D)”Yanicharlar” 14.Yaponiyada radikal kayfiyatdagi guruhlarning berilgan talablarini aniqlang. 1)ko’ppartiyali parlament tizimidan voz kechish 2)boshqa mamlakatlar bilan aloqalar bog’lash 3)mamlakatda diktatura o’rnatish 4)parlamentga “veto” huquqini berish 5)tashqi siyosiy ekspansiyani kuchaytirish *A)1,3,5 B)2,4,5 C)1,2,3 D)1,2,3,4,5 15.Yaponiyada “Yosh ofitserlar” tomonidan bir qator talablar ilgari surilgan vaqtda, qaysi hukumat boshlig’i ular tomonida bo’ldi? A)general Fumimaro Konoe B)general Sumitomo Mitsubisi *C)general Giiti Tanaka D)general Yamomoto 16. 1920-yillar oxiri va 1930-yillar boshlarida “Yosh ofitserlar” tomonidan ……….. A)bir qator islohotlar amalga oshirildi B)diniy va dunyoviy fanlar tashkil qilindi *C)bir qator siyosiy terrorlar amalga oshirildi D)prezidentlik respublikasi tuzildi 17.Yaponiyada “Yosh ofitserlar” tomonidan qachon isyon ko’tarildi? A)1930-yil mayda B)1931-yil mayda *C)1932-yil mayda D)1934-yil mayda 18.Yaponiyada shakllangan totalitar tizim qanday shaklga ega edi? *A)avtoritar-monarxistik B)monarxistik C)demokratik D)respublika 19.”Yangi siyosiy tizim” deganda ………… A)bir davlatning o’zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab olish maqsadida o’z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati tushuniladi B)maxsus qishloq xo’jalik ekinlari yetishtiriladigan katta xo’jalik tushuniladi C)bir yoki bir necha davlatning boshqa davlat ichki ishlariga zo’ravonlik bilan aralashuvi tushuniladi *D)jamiyat ustidan harbiy-davlat byurokratiyasining qattiq siyosiy nazorati tushuniladi 20.Yaponiyada qaysi g’oya totalitar rejimning mafkuraviy tayanchi bo’lib xizmat qildi? A)yevropacha yashash *B)yapon millatining buyukligi C)davlat manfaati D)buyuk tarixi 21.Yaponiya qachon Xitoyning Manchjuriya provinsiyasini bosib oldi va bu yerda Manchjou-Go qo’g’irchoq davlatini tuzdi? A)1929-yil B)1930-yil *C)1931-yil D)1932-yil 22.Qaysi tashkilot Manchjou-Go davlatining tuzilishiga qarshi chiqdi? A)BMT *B)Millatlar Ligasi C)UNESCO D)NATO 23.Yaponiya qachon Millatlar Ligasi tashkilotidan chiqdi? A)1932-yil *B)1933-yil C)1934-yil D)1936-yil 24.”Antikomintern pakti” deb ataluvchi hujjat qachon imzolangan? A)1932-yil mayda B)1933-yil sentabrda *C)1936-yil noyabrda D)1937-yil aprelda 25. 1936-yil noyabrda “Antikomintern pakti” deb ataluvchi hujjat qaysi davlatlar o’rtasida imzolangan? *A)Yaponiya va Germaniya B)Yaponiya va SSSR C)Yaponiya va Italiya D)SSSR va Germaniya 26.”Antikomintern pakti”ga qachon Italiya ham qo’shildi? A)1936-yil *B)1937-yil C)1938-yil D)1939-yil 27.”Berlin – Rim – Tokio” uchburchagi qachon vujudga keldi? A)1936-yil *B)1937-yil C)1938-yil D)1939-yil 28.Qachon yaponlar Xitoyga qarshi keng miqyosdagi urush harakatlarini boshlab yubordi? A)1931-yil kuzida B)1933-yil qishida *C)1937-yil yozida D)1939-yil bahorida 29.Mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib o’rnatish ekanligini e’lon qilgan Yaponiya hukumat rahbarini aniqlang. *A)general Fumimaro Konoe B)general Sumitomo Mitsubisi C)general Giiti Tanaka D)general Yamomoto 30.Qachon Yaponiya hukumati mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib o’rnatish ekanligini e’lon qildi? A)1935-yil B)1936-yil C)1937-yil *D)1938-yil 31.SSSR va Yaponiya o’rtasida Hasan ko’li atrofidagi jang qachon bo’lib o’tdi? *A)1938-yil iyul-avgust oylarida B)1939-yil may-sentabr oylarida C)1936-yil noyabr-dekabr oylarida D)1941-yil 5-aprelda 32.Yaponiya qachon Xalxin-Gol daryosi yonida Mo’g’uliston hududiga bostirib kirdi? A)1938-yil iyulda B)1932-yil mayda C)1939-yil mayda *D)1939-yil sentabrda 33.Xalxin-Gol daryosi yonidagi jangda mo’g’ullarga qaysi davlat yordamga keldi? A)Xitoy *B)SSSR C)Germaniya D)AQSH 34.Xalxin-Gol daryosi yonidagi jang qachon bo’lib o’tdi? A)1938-yil iyul-avgust oylarida *B)1939-yil may-sentabr oylarida C)1936-yil noyabr-dekabr oylarida D)1941-yil 5-aprelda 35.Hasan ko’li atrofida va Xalxin-Gol daryosi yonidagi janglarda qaysi davlat mag’lubiyatga uchragan? A)SSSR *B)Yaponiya C)Xitoy D)Germaniya 36.Yaponiya qachon SSSR bilan neytralitet haqida paktni imzoladi? A)1938-yil iyul-avgust oylarida B)1939-yil may-sentabr oylarida C)1936-yil noyabr-dekabr oylarida *D)1941-yil 5-aprelda 37.Militarizatsiya ………… *A)jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotini harbiy maqsadlarga bo’ysundirish B)xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik boshqaruv tizimi C)bir davlatning o’zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab olish maqsadida o’z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati D)xususiy mulkning, yirik korxonalar, yer, xalq xo’jaligi sohalarining davlat mulkiga aylantirilishi 38.Byurokratiya …………. A)jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotini harbiy maqsadlarga bo’ysundirish *B)xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik boshqaruv tizimi C)bir davlatning o’zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab olish maqsadida o’z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati D)xususiy mulkning, yirik korxonalar, yer, xalq xo’jaligi sohalarining davlat mulkiga aylantirilishi Download 455.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling