7-sinfda xalq musiqasining
mahalliy uslublari, Farg‘ona – Toshkent,
Samarqand – Buxoro, Surxondaryo –
Qashqadaryo, Xorazm vohalarining
mahalliy uslublari hamda o‘ziga xos ijrochilik an`analari,
xususiyatlari,
musiqa janlari (doston, katta ashula, yallachilik)ni o‘rganadilar.
Maqom
haqida umumiy tushunchaga, o‘zbek maqomlari va ularni asosiy turkumlari,
shashmaqom, uning cholg‘u, ashula yo‘llari, Farg‘ona – Toshkent
maqomlari, Xorazm maqomlari, cholg‘u va aytim yo‘llarini kuylash hamda
tinglash imkoniga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga o‘zbek musiqa san`atining
jahon musiqa san`atida tutgan o‘rni hamda O‘zbekistonning musiqa
madaniyati haqida zarur bilimlarga ega bo‘ladilar. Unda atoqli o‘zbek
san`atkorlari
va musiqiy jamoalari, teatr san`ati va konsert ijrochilik
faoliyati, televideniye
va kino musiqasi haqida bilim, ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘ladilar.