Tizim va tashqi muhit
«Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o’rnatadi, undan tashqaridagi elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o’z-o’zidan emas, balki boshqa ko’plab elementlar qurshovida mavjud bo’ladi. Ayrim masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki ushbu masala nuqtai-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko’rib chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo’lgan elementlargina qiziqtiradi. Tashqi muhit – bu ko’rilayotgan tizimga ta’sir ko’rsatuvchi yoki ko’rilayotgan masala sharoitida uning ta’siri ostida bo’lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat elementlaridir. Chunki, real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki boshqalari yonida, bir-biriga bog’liq holda ishlaydi. Tizimlarni tahlil va sintez qilish chog’ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi aloqa. Tashqi aloqaga ega tizimlar ochiq deb, unga ega emaslari esa yopiq aloqali tizimlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |