11 Mavzu. Bоshqаruv hisоbidа “Хаrаjаtlаr-ishlаb chiqаrish hаjmi-fоydа” ko’rsаtkichlаri


Marjinal daromad= Sotuv tushumi – O‘zgaruvchan xarajatlar


Download 227.5 Kb.
bet2/5
Sana18.11.2023
Hajmi227.5 Kb.
#1785441
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu

Marjinal daromad= Sotuv tushumi – O‘zgaruvchan xarajatlar
Marjinal daromaddan doimiy xarajatlar chiqarib tashlansa, u holda operatsion foyda miqdori aniqlanadi:

Operatsion foyda = Marjinal daromad – Doimiy xarajatlar


Kritik nuqta marjinal daromad bilan doimiy xarajatlar o‘rtasidagi farq nolga teng nuqta, yoki marjinal daromad doimiy xarajatlarga teng nuqta sifatida aniqlanishi mumkin. Mahsulot birligi atamalarida marjinal yondashish choјida kritik nuqta tenglamasi bunday bo‘ladi:

Sotuv birligida kritik nuqta

=

Doimiy xarajatlar

Mahsulot birligiga marjinal daromad

Foyda omiliga tuzatish kiritish bilan kritik nuqta tahlili korxonaning foyda berishini baholash uchun asos sifatida foydalanilishi mumkin. Buxgalter ishlab chiqarishning turli muqobil rejalari uchun mumkin bo‘lgan foydaning tegishli miqdorini hisoblay oladi. Bu holatda tenglamadan foydalaniladi:

Sotuvdan olingan tushum = O‘zgaruvchan xarajatlar +Doimiy xarajatlar +Foyda


Shu tariqa, maqsadli foyda olish hajmini ta’minlash uchun mumkin bo‘lgan mahsulotni sotish xajmini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:

Sotuv birligidagi kritik nuqta

=

Doimiy xarajatlar + Maqsadli foyda

Narx – Maqsulot birligiga o‘zgaruvchan xarajatlar

Marjinal daromaddan foydalanganda bu tenglama quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


Download 227.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling