11-mavzu. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi reja
Download 40.17 Kb.
|
11-MAVZU Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari”
- 132 “Pul ekvivalentlari”
130 “Akkreditivlar” subschyotida moddiy qimmatliklar yetkazib berganliklari, shuningdek ishlar, xizmatlar bajarilganligi uchun boshqa shaharlardagi mol yetkazib beruvchilar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida qo‘yilgan akkreditivlar summasi hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida akkreditiv qilingan mablag‘lar summasi , kredit tomonida akkreditiv qilingan mablag‘ni hisobdan chiqarilishi yoki qaytarilishi aks ettiriladi.
Akkreditivlar budjet mablag‘lari hisobidan ham, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ham qo‘yilishi mumkin. 130 “Akkreditivlar” subschyoti bo‘yicha analitik hisob qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi. 131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari” subschyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan tashkilotlarning naqd pul mablag‘lari, pul o‘tkazmalari va boshqalar) hisobga olinadi. Ushbu subschyot tranzit subschyot hisoblanadi va pul mablag‘larining harakati ustidan uzluksiz nazoratni o‘rnatish uchun bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Yo‘ldagi pul mablag‘larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi. 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotida dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun berilgan puli to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobga olinadi. Bunday hujjatlarni kassaga qabul qilish va kassadan berish kassa orderlari bilan rasmiylashtiriladi. Bu operatsiyalarning hisobi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalardan alohida holda yuritiladi.Bu schyotni debet tomonida pul ekvivalentlari tushumi, kredit tomonida hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Analitik hisobi (mehnat daftarchalari blankalari va uning ilovalardan tashqari) ularning turlariga qarab 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi. Mehnat daftarchalari va uning ilovalari hisobi 448-son shakldagi qat’i hisobot blanklari bo‘yicha daftarda yurtiladi. Budjet tashkilotlarida moliyaviy qo‘yilma sifatida vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larini banklarga depozitga qo‘yilishi aks ettiriladi. Ular hisobiga olinadigan daromadlar tegishli tartibda buxgalteriyada hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobida moliyaviy qo‘yilmalar 14 “Moliyaviy qo‘yilmalar” schyotining 140 “Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotida yuritiladi. Bu schyotning debet tomonida depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari, kredit tomonida depozitga qo‘yilgan pul mablag‘larini qaytarilishi aks ettiriladi. Download 40.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling