11-Mavzu: Gaz-qattiq tizimlarni ajratish uchun apparatlar Reja
Download 1.41 Mb.
|
11 mavzu
11-Mavzu: Gaz-qattiq tizimlarni ajratish uchun apparatlar Reja: Reja: 1.Gaz, suyuq, gaz-qattiq tizimlarni ajratish uchun apparatlar 2.Gazlarni changdan quruq tozalash uchun apparatlar 3.Gazlarni aerozollardan ho‘l tozalash uchun apparatlar. Ikki yoki undan ortiq fazadan tashkil topgan sistemalar bir jinsli bo‘lmagan (geterogen) yoki ko‘p jinsli sistemalar deyiladi. Kimyo sanoatida gazlar va suyuqliklarni tozalash va ular tarkibidan nodir mahsulotlarni chiqarib olishda geterogen sistemalarni ajratish jarayonlari qo‘llaniladi. Ko‘p jinsli sistema butun (dispersion) muhitdan va uning ichida tarqalgan dispers faza zarrachalaridan iborat. Fizik holatiga ko‘ra bunday sistemalar qo‘yidagilarga bo‘linadi: suspenziya, emulsiya, ko‘pik, tutun, chang va tuman. Suspenziya-butun suyuq faza ichida tarqalgan qattiq zarrachalardan iborat sistema. Emulsiya-bir suyuqlik ichida tarqalgan, unda erimaydigan boshqa suyuqlik tomchilaridan iborat sistema. Ko‘pik-suyuq faza va uning ichida tarqalgan gaz pufakchalaridan tashkil topgan sistema. Tutun va chang -gaz va uning ichida tarqalgan qattiq material zarrachalaridan iborat sistema. Tuman- kondensatsiya tufayli hosil bo‘lgan suyuqlik tomchilarining gaz faza ichida tarqalishidan tashkil topgan sistema. Sanoatda geterogen sistemalarni ajratishning qo‘yidagi usullari qo‘llaniladi: cho‘ktirish, filtrlash, sentrifugalash, qo‘llab ajratish. Suyuqlik yoki gaz tarkibidagi qattiq zarrachalarni yoki suyuqlik tomchilarini og‘irlik, markazdan qochma yoki elektr kuchlari yordamida ajratish cho‘ktirishning mohiyatini tashkil etadi. Og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘ktirish tindirish deyiladi. Suyuqlik yoki gazni o‘tkazadigan, lekin ular ichidagi qattiq zarrachalarni tutib qoladigan g‘ovak to‘siqlar yordamida ajratish filtrlash deyiladi. Bu jarayon bosim kuchlari yoki markazdan qochma kuchlar hisobiga amalga oshiriladi. Suspenziya va emulsiyalarni markazdan qochma kuchlar maydonida ajratish sentrifugalash deyiladi. Нo‘llab ajratishda gaz tarkibidagi zarrachalar biror suyuqlik yordamida ushlab qolinadi. Elektr maydon ta’sirida gazlarni tozalash elektr razryadi yordamida gaz molekulalarining ionizatsiya qilinishiga asoslangan. Agar, gaz yuqori kuchlanishli o‘zgarmas tokga ulangan ikki elektrod orasida xosil bo‘lgan elektr maydoniga gaz yuborilsa, uning molekulalari ionizatsiyaga uchraydi, ya’ni musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarga ajraydi. Natijada ular kuch chiziqlar yo‘nalishida xarakat qilib boshlaydi. Zaryadlangan zarracha tezligining vektor yo‘nalishi, uning musbat yoki manfiyligiga bog‘liq bo‘lsa, xarakat tezligi esa elektr maydoni kuchlanganligi bilan belgilanadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling