11-mavzu. Hujjatlarni tartibga solishning zamonaviy usullari


Ishlab chiqarishda hujjatlarlardan samarali foydalanish


Download 30.46 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi30.46 Kb.
#207926
1   2   3
Bog'liq
11 Mavzu

Ishlab chiqarishda hujjatlarlardan samarali foydalanish.

Ishlab chiqarishda ish yuritishning bir qancha vazifalari mavjud. Bu vazifalaming bajarilishi korxonadagi tizimlarga bog'liq. Ish yuritish korxonalarga yuklatiladigan asosiy vazifani bajarishga yordam berish bilan birga, u quyidagicha yo‘lga qo'yilishi lozim:

  • hujjatlarda korxona va bo‘linmalarining ishini to'g'ri va tez aks ettirish, ya’ni har bir hujjatni to‘la o‘rganilganidan so'ng ishonch hosil qilish va buni tez amalga oshirish kerak;

  • xizmatga doir barcha yozishmalami qabul qilish, hisobga olish va jo‘natish jarayonlarini aniq va tez bajarish. Bu yo‘nalish ham korxonaga tegishli bo'lgan barcha hujjatlarni, ya’ni turli qaror, qoidalarni qabul qilib olish, uni tasdiqlatilganidan so‘ng qayd qilishni, so'ngra belgilangan joyga aniq tezlik bilan jo‘natilishini ta’minlashdan iborat;

  • barcha zarur ma’lumotlami joriy ishlar va arxivdagi qayd ma’lumotlari bo'yicha tez va oson topib olish. Yuqorida aytib o'tilganidek, devonxonalaming tez xizmat ko‘rsatishi uchun turli jihozlar bilan jihozlangandan so'ng ishda unumi ortadi va xizmat ko'rsatish yanada sifatli bo‘ladi.

  • hujjatlarning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib turish mumkin bo'lsin. Nazoratdan asosiy maqsad ishning tezligi va hamma hujjatlami to‘g‘ri, tez bajarilishini nazorat qilishdan iborat.

Har qanday tajribadan ko'p narsani o'rgansa bo‘ladi. Bu o'z navbatida o'sha joyda ishni to'g'ri tashkil etish va tartibga solishga alohida ahamiyat beradi.

Ish yuritishni ixchamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari O‘zbek tili davlat tili maqomini olganligi, ish yuritishda kompyuter texnoligiyalaridan samarali foydalanilayotganligi, chet el tajribalaridan foydalangan holda ishlarni tashkil etish, internet va lokal aloqalami yo'lga qo'yilganligi, elektron hujjat aylanishini joriy qilinishi bilan belgilangan. Shu bilan birga kadrlarga oid hujjatlami yuritishda standart hujjatlardan foydalanish amaliyotga keng tadbiq etilmoqda.


Download 30.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling