11-mavzu. Islom dini va tarixi. Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir


Download 26.44 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi26.44 Kb.
#1170403
Bog'liq
11-mavzu



11-mavzu. Islom dini va tarixi.

  1. Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir

  2. Muxammad SAV oxirgi Payğambar.

  3. Islomning asosiy oqimlari va yơnalishlari

  4. Qur’on Allohning yer yuzidagi butun bashariyatga yuborgan oxirgi diniy shar’iy ko‘rsatmalar to‘plamidir



Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Xozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni qariyib milliard 600 million kishini tashkil etadi18. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (xozirgi Saudiya Arabistonida) paydo bo‘lgan. Islom – arabcha so‘z bo‘lib, mazmuni bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha «muslim» - «islomni qabul qilgan», «itoatli», «sadoqatli» demakdir. Ko‘pligi «muslimun» deb ataladi. Bu so‘z xozir o‘zbeklarda – musulmon, qirg‘iz va qozoqlarda – musurmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi. Umumiy tarzda, Islom – Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo‘ysunimoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir. Jahonda qariyb 1,6 mlrd. kishi islomga e’tiqod 18 Qarang. Islom ensiklopediya. 113-bet. 89 qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholsining 20 % dan ortiqrog‘ini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga to‘g‘ri keladi. Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qiladi. Shimoliy Afrika, G‘arbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Avg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya kabi mamlakatlarida aholining 80% dan ortig‘i musulmonlardir. Bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % gacha tashkil qiladi. (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, ba’zi bir mamlakatlar (Givineya-Bisau, Kamerun, Burkina-Faso, Serra-Leone) da musulmonlar ozchilikni tashkil etsada, ta’sir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar – Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; Musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopeya, Tanzaniya, Kipr, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Albaniya, Bosnya va Gersegovina, Makedoniya, Serviya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqalar), Shimoliy va Janubiy Amerika qit’asi mamlakatlari (AQSh, Kanada, Argentina, Brazilya, Gayana, Surinam, Trinidad, Tabago) da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi. Islomning paydo bo‘lishi VI asr oxiri – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va ma’naviy hayot bilan bog‘liq holda ro‘y bergan. Bu davrda arablar katta-kichik qabila va urug‘larga bo‘linib ketgan bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro‘y berib turardi. Ikkinchidan, bu davrda Arabistonda ko‘p xudolilik dinlari mavjud bo‘lgan. Asosan fetishizm – turli sanamlarga sig‘inish xukmronlik qilardi. Har bir qabilaning o‘z dini, sanami bo‘lib, 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanardi. Ularni arablar vaqtivaqti bilan ziyorat qilib turganlar. Uchinchidan, bu davrda arab qabilalari o‘rtasida joxiliya – bilimsizlik holati, jaholat xukmronlik qilardi. Ya’ni, arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi. Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, hattiharakatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg‘usi yo‘qolgan edi. Fohishalik bir kasbga aylangandi. Ayollarga hayvondek muomila qilinardi. Go‘dak qizlarni tiriklayin ko‘mish odati bo‘lgan va boshqalar. Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zo‘ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o‘sha davrni haqli ravishda Joxiliya deb atagan va undan qutilishning najot yo‘li kerak edi. Bunday xolatlarga, ayniqsa bo‘linib ketgan arab qabilalari o‘rtasidagi o‘zaro nizo va urushlarga barxam berish uchun siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy jihatdan birlashgan 90 yagona Arab davlatini vujudga keltirishni davr taqazo etmoqda edi. Bunga esa yagona xudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bo‘lardi. Bu davrda Islomning paydo bo‘lishi uchun g‘oyaviy muhit ham yetilib borayotgan edi. Chunonchi, xaniflar – chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar diniy harakati bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Xaniflar arab qabilalarini birlashtirish jarayonining g‘oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka xudoga ishonishni va ko‘pxudolikka e’tiqod qilishdan voz kechishni targ‘ib qilardilar. Xaniflar o‘z targ‘ibotlarida arablarni og‘ir ahvoldan qutqarish uchun xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini uqtirardilar. Shunday qilib, bu davrda arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni vujudga keltirish, yakkaxudochilikka o‘tishga xijoz arablari ma’lum ma’noda tayyor edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islomning asoschisi Muhammadning diniy va siyosiy faoliyatlari yuqoridagi jarayonlarning xususiy ko‘rinishi bo‘lgan. Muhammad har tomonlama barkamol inson bo‘lganlari, u zotning shaxsiy fazilatlari tufayli xijozliklarning harakati o‘ziga xos xususiyatlar kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch islomning vujudga kelishini eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi. Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o‘lkalarga tarqalishi Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vaxdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab qabilalarining yakkaxudo – Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning o‘g‘li Muhammad nomi bilan chambarchas bog‘liq. Qur’oni karimda 25 nafar payg‘ambarning nomi zikr etilgan. Muhammad Alloh tomonidan odamlar orasidan tanlagan so‘nggi payg‘ambar sanaladi. Muhammad ibn Abdulloh (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. Otasi Abdulloh Muhammad tug‘ilmasdan ikki oy oldin 25 yoshida vafot etgan. Muhammad 6 yoshli bo‘lganida onasi Amina ham vafot etadi. Muhammadni bobosi Abd al-Mutallib o‘z tarbiyasiga oladi. Ikki yildan so‘ng bobosi ham vafot etadi. Sakkiz yoshli Muhammadni amakisi Abu Tolib o‘z qaramog‘i va tarbiyasiga oladi. Abu Tolib tijorat ishlari bilan shug‘ullanardi. Muhammad ham amakisi bilan tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. 25 yoshida Yamanga o‘sha davrning badavlat ayoli Hadicha bilan uning mollarini sotishda ko‘maklashish uchun boradi. Bu hamkorlik Muhammad bilan Hadichaning oila qurishiga sabab bo‘ladi. Ular 6 nafar farzand – ikki o‘g‘il va to‘rt qiz ko‘rganlar. Farzandlaridan faqat Fotima o‘sib ulg‘aydi, qolgan farzandlari bevaqt vafot etgan. Muhammad amakisi Abu Tolibga yordam bo‘lsin deb uning kichik o‘g‘li Alini o‘z yoniga olgan va keyinchalik qizi Fotimani unga turmushga bergan. 91 Muhammad 40 yoshga borganida uning hayotida payg‘ambarlik davri boshlangan. Ya’ni unga ilk vahiy kela boshlagan. Ana shu davrdan Muhammad Allohning rasuliga – elchisiga aylandi. Bu faoliyat 23 yil davom etdi. Uning bir qismi Makkada (610-622), ikkinchi qismi Madinada (622-632) o‘tgan. Adabiyotlarda qayd etilishicha dastlabki vahiy ramazon oyining 26-sidan 27-siga o‘tar kechasi kelgan. Shuning uchun bu kunni musulmonlar qadr ya’ni ilohiy qudrat kechasi sifatida nishonlaydilar. Ramazon oyini esa muborak deb biladilar. Kelgan vahiy Muhammad Payg‘ambarni insonlarni johiliyadan qutqarish va Alloh ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘lga chaqirishga da’vat etadi. Muhammad Makkaliklarni but va sanamlarga sig‘inishdan qutqarish va yagona Alloh e’tiqodiga olib kirish uchun 3 yil yashirin ravishda harakat qildi. Bu davrda Islom diniga kirganlar 30 kishini tashkil etdi xalos. Birinchi bo‘lib Bibi Xadicha, keyin amakivachchasining o‘g‘li Haydar ya’ni Ali, asrandi o‘g‘li Zayd ibn Xoris islomga kirdi. So‘ng Abu Bakr, az-Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abd ar Rahmon ibn Avf, Usmon ibn Affon va boshqalar islomni qabul qildilar. Shu tariqa Makkaliklar ikkiga ajralishdi. Bular Allohning yakkaligiga ishonganlar – mo‘minmusulmonlar va ishonmaganlar – mushriklar edi. Mushriklar Allohni yakka deb e’tirof etmay, uning sheriklari bor, ya’ni xudolar ko‘p deb, turli sanam, tosh va hakozolarga, ko‘plab xudolarga sig‘inardilar. Mushriklar 23 yil davomida Muhammad targ‘ibolariga tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqdilar. Ular hatto Muhammad Payg‘ambarni jismonan yo‘q qilmoq payiga ham tushganlar. 619 yilda avval amakisi Abu Tolib, keyin xotini Xadicha vafot etdi. Bu ikki ulug‘, oro‘li zotning vafotidan so‘ng mushriklar Payg‘ambarga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. U zot o‘zga yerlardan tarafdorlar izlashga majbur bo‘ldilar. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko‘chdi. 622 yilda Makka zodagonlari bilan raqobatlashib kelayotgan Yasrib (Madina) dagi Avs va Xazraj qabilalarining vakillari musulmon jamoasini o‘ziga qabul qilish, Muhammadni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo‘lishdi. Shu tariqa 622 yilda musulmonlar jamoasi Makkadan Madinaga ko‘chadi. Buni tarixda xijrat – ko‘chish deb yuritiladi. Musulmon yili Xijriy yil hisobi shu yildan boshlanishi rasmiy tan olingan. Ko‘chib kelgan kishilar muxojirlar (ko‘chib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Bu yerda Muhammad qisqa vaqt ichida tarqoq arab qabilalarini muxojirlar bilan birlashtirib bir jamoa – ummani tashkil etdi. Bu jamoa qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylandi. Diniy, ma’muriy va xarbiy hokimiyat butunlay Muhammad Payg‘ambar qo‘liga o‘tdi. Madina atrofidagi barcha arab qabilalari bo‘ysundirildi. Ayni vaqtda Madina va Makka o‘rtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi va Badr, Uxud, Handoq kabi janglar bo‘lib o‘tdi. Nihoyat Makka zodagonlari 628 yilda Muhammad bilan kelishishga majbur bo‘ldilar. 630 yilda musulmonlar qo‘shini hech qanday qarshiliksiz 92 Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi deb e’tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. 632 yilda Muhammad oila a’zolari bilan birga Ka’baga birinchi marta haj ziyoratiga keldi. Mazkur Haj tarixda «vidolashuv xaji» deb yuritilib, Muhammad hajga to‘plangan 124 ming musulmonga qarata tuya ustida o‘tirib nutq so‘zlagan. Bu nutq tarixda – «vidolashuv xutbasi» deb yuritilib, u na faqat yig‘ilgan musulmonlarga, balki butun insoniyatga qaratilganligi va insoniyat tarixida eng buyuk inqilib yasaganligi bilan ajralib turadi. Vidolashuv xutbasi joxiliyat davrining butun xurofatlarini, butun yomonliklarini, qon da’volarini, sudxo‘rlikni, qimor, fohishalikni, ayollarga nisbatan past nazar bilan qarashni o‘rtadan barham toptirishda muhim rol o‘ynadi. Muhammad Payg‘ambar aytgan va’zlarining qisqacha mazmuni quydagicha: «Ey insonlar! So‘zlarimni diqqat bilan eshitingiz. Bilmayman, balki bu sanadan keyin Siz bilan bu yerda yana bir bor birga bo‘lolmasman. Ey insonlar!... Bu kuningiz (qurbon kuni) qanday muqaddas bo‘lsa, bu oyingiz qanday muqaddas bo‘lsa, bu shahrimiz (Makka) qanday muqaddas bir shahar bo‘lsa, bilingizki, jonlaringiz, mollaringiz ham shu kabi muqaddasdir. Bularga qilingan har qanday tajovuz haromdir. As’hobim! Hushingizni yig‘ib oling! Bilingizki, zinhor-bezinhor mendan keyin eski adashuvga qaytib bir-biringizning bo‘yningizni kesmang! As’hobim! Eski johiliyat davridan qolgan hamma qon da’volari batamom bekor qilindi. As’hobim! Kimning yonida bir omonat bo‘lsa, uni egasiga qaytarib bersin. Ey insonlar! Xotinlarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shafqat, mehr ila muomalada bo‘lingiz. Ularning haqlari xususida Allohdan qo‘rqingiz! Xotinlar Sizga Tangrining omonatidir. Ularn Alloh nomiga so‘z berib oldingiz. Sizning xotinlar ustida haqlaringiz bo‘lgani kabi, ularning ham Sizda haqlari bor. Sizning xotinlardagi haqlaringiz – xotinlarning oila sharafini Siz yoqtirmaydigan hech bir kimsaga oyoqosti qildirmasliklaridir. Xotinlaringizning har turli yeyish va kiyish ehtiyojlarini ta’minlashingiz esa, ularning Sizning ustingizdagi haqlaridir… Bir xotin erining ruhsatisiz uning molidan biror narsani birovga berishi halol emas. Ey mo‘minlar! So‘zlarimni yaxshi eshitingiz:…Hech kimning boshqalardan ustunligi yo‘qdir. Sharaf va ustunlik faqat fazilat iladir. Har bir musulmon musulmonning birodaridir. Haqsizlik qilmang! Haqsizlikka bo‘yin ham egmang! Odamning haqlarini yemang. Bir-biringiz bilan bo‘g‘ishmang!... Ey insonlar! Har bir jinoyatchi o‘z aybiga faqat o‘zi javobgardir. Hech bir jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi. 93 Ey mo‘minlar! Sizga bir omonat qoldiryapman. Unga mahkam bog‘langaningiz sari yo‘lingizda hech adashmagaysiz. Bu omonat Allohning kitobi – Qur’ondir. Ey insonlar! Haddan oshishlikdan saqlaning…»19 Muhammad Rasulluloh hajdan qaytgach 632 yil 8 iyunda kasallanib vafot etdi. Bu davrga kelib Arabiston yarim oroli to‘la birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil bo‘dib xizmat qildi va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi. Muhammad Rasululloh vafot etgach u barpo etgan davlatni uning o‘rinbosarlari – xalifalar boshqargan. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. 632-661 yillarda to‘rt nafar xalifa – Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar xalifalikni boshqarib yer yuzining katta qismini xalifalikka bo‘ysundirganlar. 661-750 yillarda qariyib yuz yil Islom tarixida Ummaviylar sulolasi xukmronlik qilgan. Bu davrda arablar istilosi va Islomning boshqa xalqlar orasida tarqalishining ikkinchi davri boshlanib Shimoliy Afrika, Ispaniya yerlari bosib olindi. Arablar VIII asrda O‘rta Osiyoni – Movaraunnahrni bosib oldilar va qattiqqo‘llik bilan islomlashtirish siyosatini olib bordilar. Bu jarayon o‘ta qiyin kechgan. Chunonchi ular raqiblarni o‘ldirdilar, Islomni qabul etmaganlarni boshiga turlituman kulfatlarni tug‘dirdilar, har xil yo‘llar bilan mahalliy xalqlarga zulm va xo‘rliklarni o‘tkazdilar, katta soliqlar soldilar. Ayni paytda arab hukmdorlari islomni qabul qilganlari uchun turli imtiyozlar yaratdilar, jumladan, ularni juzyadan, ya’ni jon solig‘idan ozod qildilar20. Shunday qilib bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo‘lgan katta hudud zabt etildi va Islom dini keng xududda tarqaldi. O‘rta Osiyo aholisining arablarga qarshi olib borgan erk va ozodlik kurashi bir yarim asr uzluksiz davom etdi. Ularning bu intilishlari, harakatlari nihoyat IX asrning oxirlariga kelib mintaqada arab halifaligi hokimiyatining qulashi bilan yakunlandi. O‘rta Osiyoda IX-XI asrlar davomida markazlashgan mustaqil davlatlar vujudga keldi. Bu – Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatidir. 19 Qarang. Alixonro‘ra Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. Ikkinchi kitob. Toshkent-1991. 185-186-betlar. Z.Kunrapa. Alvido, dunyo! Assalom, oxirat! 3-kitob. Toshkent, 1996. 15-18-betlar. 20 Qarang. Q.Bo‘ronov. Xalqimiz ma’naviyati va ma’rifatining teran ildizlari. Toshkent, «FAN», 2003. 28-bet. 94 Arab xalifaligi 632-yildan to 1258-yilgacha, ya’ni 627 yil davom etdi. Undan keyin Misr Abbosiy xalifaligi 1261-yildan 1517-yilgacha, Usmonlilar xalifaligi esa 1517 yildan 1924-yilga qadar hukm surdi. Shunday qilib islom xalifaligi jami 1293 yil amal qilib, 1924-yilda Turkiya jumxuriyatining rahbari Mustafo Kamol boshchiligidagi Milliy majlis Usmonlilar xalifaligini bekor qilinishi bilan nihoyasiga yetdi21. 2. Masala bayoni. Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar. Islom dinida ilk davrdan paydo bo‘lgan eng birinchi yirik muammo – oliy hokimiyatni egallashga payg‘ambardan keyin kim xaqliroq, degan muammo bo‘ldi. Xalifa Ali bilan ummaviylar o‘rtasidagi taxt uchun kurashda VII asrning ikkinchi yarmi boshlarida xorijiylar (arabcha – ajralib chiqqan, isyonchi) oqimi ajralib chiqqan. Ali Muoviya tarafdorlari bilan oliy xokimiyatga vorislik masalasida muzokara olib borishga ko‘ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb hisoblagan tarafdorlarning o‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qo‘shinning bir qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketdi. Ajralib chiqqan qo‘shin Aliga ham, ummaviylarga (muoviya tarafdorlari) ham babbarobar qarshi kurashganlar. Xorijiylar harakati arablar tomonidan bo‘ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon hisoblab, «dindan qaytgan» deb e’lon qilingan siyosiy va g‘oyaviy raqilarga nisbatan murosasiz bo‘lganlar. Xorijiylik yo‘nalishi ta’limoti: xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bo‘lsa ham) xalifa bo‘lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl qilinadi. Xorijiylar e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim deb hisoblaganlar. Ular e’tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolash muddatini kechiktirishga qarshi turganlar. Diniy masalalarda islom «musaffoligi» tarafdori bo‘lib, shariat ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari bilan ajralib turganlar22. Ummaviy va abbosiy xalifalar VII-IX asrlarda Xorijiylarga qarshi keskin kurash olib bordi. Buning natijasida ular qirib tashlandi. Xorijiylarning qolganlari Shimoliy Afrikada o‘z davlatini vujudga keltirdi. Xozirgi davrda Xorijiylarning ibodiy firqasi Jazoir, Tunis, Ummon va Tanzaniyada uchraydi. Bugungi kunda Islom dinida sunniylik va shialik yo‘nalishlari amal qilib kelmoqda. “Ahli Sunna” degani Muhammad (A.S.) sunnatlarga ergashuvchilar va “Val Jamoa” so‘zi esa musulmonlarning ko‘pchiligi ortidan yuruvchilarni anglatadi. Demak “Ahli Sunna val Jamoa” – sunnatga va jamoaga 21 Qarang. A.Abdurahmonov. Saodatga eltuvchi bilim 295-bet. 22 Қаранг. З.Хусниддинов. Ислом: йўналишлар, мазҳаблар, оқимлар. «ЎМЭ», Тошкент-2000. 56-59 бетлар. Ислом энциклопедия 260-бет. 95 ergashuvchilardir. Sunniylik yo‘nalishida aqida borasida motrudiya yoki ash’ariya ta’limotiga, fiqhda esa to‘rt mazhab: Xanafiy, Molikiy, Shofiiy, Xanbaliy mazhablariga mansub bo‘lgan musulmonlardan tashkil topgan jamoa Sunniylik yo‘nalishini tashkil etadi. Sunniylik deb, diniy qonun-qoida va tartibotlarga amal qilishda Qur’oni karim va payg‘ambarimiz xadislari – «Sunna» ga birdek amal qiluvchilarga aytiladi. Sunniylik yo‘nalishi «Ahli sunna val jamoa» deb ataladi. Bu nomda Paygambarning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik jamoasi ma’nolari aks etgan. Jahondagi ja’mi 1,6 milliarddan ko‘proq musulmonlarning 92,5 foizini sunniylik yo‘nalishidagilar tashkil etadi. Shialik yo‘nalishi ya’ni ja’fariya mazhabidagi musulmonlar 7,5 foizdan iborat xalos. Sunniylikka mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir: dastlabki to‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) hokimiyati qonuniy ekanligi tan olish, oltita hadis to‘plami (al-Buxoriy, Muslim, at-Termiziy, Abu Dovud, an-Nasoiy, Ibn Moja to‘plamlari)ni sahih (ishonchli)deb bilish, sunniylikdagi to‘rt diniy-xuquqiy mazhab – hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, xanbaliylikdan biriga mansub bo‘lishdan iborat. Sunniylikdagi eng yirik mazhab Hanafiya bo‘lib, unga ergashganlar jahondagi musulmonlarning 47 foizini tashkil etadi. Bu mazhabning asoschisi Abu Xanifa Nu’mon ibn Sobit (699-767) dir. U Iroqning Kufa shahrida tug‘ilgan, kelib chiqishi jihatdan forslardan. Abu Xanifa Shariat xuquqlarini tizimga solgan. Shariat qonunlarini musulmonlar hayotiga qo‘llashda, hukm chiqarishda, xulosaga kelishda avvalo Qur’oni karim, so‘ngra payg‘ambar sunnatlari – xadislarni, undan keyin ijmo’ni, oxirida qiyosni qo‘llagan. U mahalliy xuquq, me’yor, odatlarni shariat bilan kelishtirib qo‘llashni joriy etgan. Islom xuquqshunosligiga aql-idrok, mulohazkorlik bilan ish ko‘rish tadbirlarini kiritgan. Bu yo‘lni Imom A’zam yo‘li deb ham yuritiladi. Sunniylikdagi ikkinchi mazhab molikiylikdir. Uning asoschisi Molik ibn Anas Abu Abdulloh (713-795) dir. Islom xuquqini puxta egallab, «Madina imomi» unvoniga sazovor bo‘lgan. Molik ibn Anas biror siyosiy oqimga ergashmagan, hokimiyatning saylab qo‘yilishi qoidasini afzal bilgan, lavozimlarga ma’muriy tayinlanishlarga qarshi bo‘lgan. Molikiylik mazhabidagilar Qur’on va Xadis xuquq asoslari sanaladi deb hisoblaganlar. Ular payg‘ambarga oid xadislarnigina sahih deb tan oladilar. Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan ma’qullagan qoidalarnigina ijmo’ deb hisoblaydilar. Xozirda jahondagi musulmonlarning 17 foizi molikiylik mazhabidadir. Sunniylikdagi uchinchi diniy-xuquqiy mazhab – shofi’iylik bo‘lib, uning asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofi’iy (767-820) dir. 96 Shofi’iylik Qur’on va sunnaga yagona manba sifatida qaraydi. Shofi’iylikka ko‘ra, sunna Qur’onni to‘ldiradi, xalos, sunnaning o‘zi qiyoslab o‘rtacha hukm chiqarish uchun asos bo‘lolmaydi. Ular ijmo’dan foydalanishga katta e’tibor beradilar. Hozirda 27 foiz musulmonlar shofi’iy mazhabi yo‘lidan bormoqdalar. Sunniylikdagi to‘rtinchi mazhab Xanbaliyadir. Uning asoschisi Abu Abdulloh Ahmad ibn Xanbal (780-855) dir. Bu mazhab xuquq tizimining o‘ta torligi, har qanday ko‘rinishdagi «yangilik»ka diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat me’yorlariga qat’iy, hech qanday o‘zgarishsiz amal qilishi bilan ajralib turadi. Mazkur mazhabda Qur’oni karim va xadislarni erkin talqin etishdagi har qanday urinishlar qoralanadi. Xozirda barcha musulmonlarning 1,5 foizi Xanbaliya mazhabidadir. Sunniylikdagi yuqorida qayd etilgan to‘rttala mazxab teng hisoblanadi. Bu mazhablar diniy xuquq doirasidan chiqmagan holda shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq xukm chiqarishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bizning yurtimizda azaldan fiqhda xanafiylik, aqidada esa motrudiylik ta’limotlariga amal qilib kelinadi. Islom dinidagi yo‘nalishlardan yana biri Shialikdir. Shi’a – arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «guruh», «tarafdor» demakdir. Shialikdagi «ja’fariya» mazhabi Islomdagi beshinchi diniy-xuquqiy mazhab sanaladi. Shialik aslida guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo‘lsa ham, keyinchalik diniy ta’limotidagi tafovut shaklida barqarorlashgan. Istilohiy ma’noda shia – Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlarini barchadan ustun qo‘yish oqibatida musulmonlaridan ajralib chiqqan yo‘nalish hisoblanadi. Ilk davrida sunniylikdan faqat rahbarlik masalasidagina farq qilgan shialik, bora-bora aqidaviy va fiqhiy masalalarida ham undan ajralib alohida yo‘nalishga aylandi. Shialar sunniylar kabi Qur’oni karimni ilohiy deb e’tirof etadilar, ammo dastlabki uch xalifa davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. Ular yana Payg‘ambar hadislarining hammasini e’tirof etmaydilar, balki faqat Hazrat Ali va uning tarafdorlari tomonidan rivoyat qilingan xadislarnigina tan oladilar. Ular shunday xadislardan iborat to‘plam tuzganlar. Bu to‘plam umumiy nom bilan «Axbor» deb ataladi. Shialar Ali va uning avlodlaridan iborat 12 imom hokimiyatini tan oladi. Alidan boshqa xalifalarni, xususan dastlabki xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olgan deb qoralaydilar. Sunniylikda e’tirof etilgan 7 ta diniy aqidalardan farq qilib, shialikda 5 ta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan 4 aqida – Allohning yagonaligi, taqdirga, payg‘ambarlarga, qiyomat-oxirat kunining kelishiga ishonish asosan sunniylik ta’limoti bilan mos tushadi. 5- aqida Imomat esa (imomlar hokimiyatini e’tirof etish) sunniylikka va sunniy halifalar hokimiyatiga zidligi bilan farq qiladi. 97 Sunniylar uchun Makka va Madina shaharlari ziyorat va xajga boradigan muqaddas shahar hisoblanadi. Shialar esa Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga imomlar dafn etilgan shaharlarni ham muqaddas hisoblaydilar va ziyorat qiladilar. Shialar oxirgi 12 – imom – Muhammad al-Mahdiyni yashiringan deb hisoblab, uning qaytib kelishini kutish ular orasida saqlanib kelmoqda. Go‘yo imom Mahdiy oxirzamonda kelib, Iso bilan birga Dajjol, ya’juj-ma’juj va boshqa kofirlar bilan urushib, ularni yengib, qiyomat-qoyim bo‘lishdan avval yerda adolat o‘rnatadilar deb ishonadilar. Shialar Imom Xusaynga motam tutadilar. «Shaxsey-vaxsey» («Shoh Xusayn, voh Xusayn») deb qichqirib, o‘zlariga ozor berib ko‘chalarga chiqadilar. 3. Masala bayoni. Islom dinining asosiy manbalari Qur’on, uning tuzilishi, jamlanishi va ahamiyati. Mustaqillik tufayli o‘tmish tarixga, xususan ma’naviy merosimiz Islom diniga va diniy kitoblarga munosabat o‘zgarib, ularga insoniyatni yuksak ma’naviylikka yo‘llovchi bebaho boylik sifatida qarash qaror topdi. Qur’on Alloh tomonidan vahiy qilingan 4-ilohiy kitobdir. Qur’on so‘zining lug‘aviy ma’nosi o‘qimoq, qiroat qilmoq demakdir. U musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Qur’onda o‘zidan oldin nozil bo‘lgan sahifalar, Tavrot, Zabur, Injil kabi barcha ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va ahkomlarini o‘zida jamlanganiga ishorat bor. Ilmi ulamolari Qur’onni quyidagicha tariflaydilar: «Qur’on – Alloh taoloning Muhammad (sav) ga vahiy orqali nozil qilgan… ibodatda o‘qiladigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir»23. Qur’on Allohning yer yuzidagi butun bashariyatga yuborgan oxirgi diniy shar’iy ko‘rsatmalar to‘plamidir. Uning har bir kalomi so‘zma-so‘z nozil etilgan va Jabroil alayxissalom orqali Muhammad alayxissalomga yetkazilgan. Qur’onning nozil qilinishi muqaddas ramazon oyining 27-kuni kechasi boshlangan. Shu sababli bu oy muqaddas hisoblanib, ro‘za tutilgan kunning 27-kechasi «Laylat ul Qadr», ya’ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo‘lgan tabarruk kecha deb ulug‘lanadi. Qur’oni karimning asosiy mavzusi va maqsadi bashariyat tafakkurida ko‘pxudolikka barham berish, yakkaxudolikka targ‘ib qilish va Islom dinini o‘rnatishdir. Muhammad (sav) 40 yoshga yetganlarida Makka atrofidagi tog‘lardan biridagi Hiro nomli g‘orda Qur’onning birinchi oyatlari nozil bo‘la boshlagan. Bu jarayon 23 Qarang. Islom ensiklopediya. 295-bet. 98 Makkada o‘n uch yil, Madinada o‘n yil, hammasi bo‘lib yigirma uch yil davom etgan. Muhammad (sav) ning amrlariga muvofiq Qur’on har xil xajmdagi 30 pora (bo‘lak, qism); 114 suraga bo‘lindi. U 6236 oyatdan iborat. Qur’onning oxirgi oyati payg‘ambar vafotlaridan 18 kun avval nozil bo‘ldi. Qur’on har bir surasining o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning nomi suraning avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan. «Sura» so‘zi lug‘atda qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nolarini anglatadi. Ulamolar esa, sura – Qur’on oyatlarining boshlanishi va tugashi belgilangan mustaqil toifasi ekanligini ta’kidlaydilar. Boshqacha aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek, bir toifasiga sura deyiladi. Qur’oni karimdagi eng qisqa sura Kavsar surasi bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir24. Qur’on suralari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan avval tushgan suralar – «Maka suralari» deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar – «Madina suralari» deyiladi. 86 sura 4780 oyat Makkada 610-622 yillarda, 28 sura 1456 oyat Madinada 622- 632 yillarda nozil bo‘lgan25. Muhammad (sav) Qur’on oyatlarini farishta Jabroildan eshitib, yod olar edilar. Keyin boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olishardi. Shu bilan birga yozishni biladigan sahobalar, shu jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b va boshqlar xurmoning po‘stlog‘iga, yapaloq toshlarga, katta suyaklarga, teriga, qog‘ozga va shunga o‘xshash narsalarga Qur’onni yozib borganlar. Muhammad (sav) ularga yangi tushgan oyat qaysi suradan ekanini va qaerda turishi lozimligini ko‘rsatib berganlar. Payg‘ambar hayotlik vaqtlarida, yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qur’onni jamlab kitob shakliga keltirmagan. Muhammad (sav) dan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr boshliq (xalifa) qilib saylandi. Bu davrda dindan qaytganlar bilan musulmonlar orasida qattiq janglar bo‘ldi. O‘sha janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar shahid bo‘ldilar. Shunda Umar Abu Bakrga qorilar o‘lib ketaversa, Qur’onga zarar yetishi mumkin, shuning uchun uni kitob shakliga keltirib jamlab qo‘yish kerak, degan maslahatni berdi. Abu Bakr bu ishni bajarishni payg‘ambarning eng yaqin sahobalaridan biri bo‘lmish Zayd ibn Sobitga topshirdi. Bir yildan ortiq vaqtda mashaqqatli mehnat natijasida Qur’on jamlanib kiyik terisiga uning sahifalari yozib tugatildi. Jamlanib kitob xoliga keltirilgan Qur’on sahifalari Abu Bakrning uyida saqlandi. U kishi vafotidan so‘ng esa qizlari va payg‘ambarning xotinlari Hafsa xuzurida qoldi. 24 Qarang. O‘sha yerda. 296-bet. 25 Qarang. A.Abduraxmonov. Saodatga eltuvchi bilim. 193-bet. 99 Vaqt o‘tishi bilan Islom davlatining chegarasi kengayib, ko‘plab xalqlar ham musulmonlikni qabul qilib, musulmonlarning soni ko‘paygandan so‘ng Qur’onni o‘qishda turlicha kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu xolatni ko‘rgan xalifa Usmon Xafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni so‘rab olib, undan olti nus’ha ko‘chirishga buyruq berdi. Nus’halar tayyor bo‘lgandan so‘ng xalifalikning markaziy shaharlari Makka, Shom, Kufa, Basraga bittadan nus’haga Qur’on tilovatini yaxshi biladigan bittadan qori qo‘shib jo‘natdi. Hammaga faqat shu nus’hadan Qur’onni ko‘chirish va shu qoridan qiroat o‘rganishga buyruq berdi. Halifa ko‘chirilgan sahifalardan yana birini odamlarga qiroat ta’limi berishni Zayd ibn Sobitga topshirib Madinada qoldirdi. Usmon o‘ziga ko‘chirilgan nus’hadan bir dona qoldirdi. Keyinchalik nus’ha ko‘chirish yo‘lga qo‘yilishi bilan ko‘chirilgan har bir nus’haning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida, bu nus’ha Mus’habi Usmonga muvofiqdir, deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi. Shu tariqa Qur’onning xarflarini yozish uslubi bir xilligi saqlab qolindi. Shunday qilib Qur’on tarixan uch marotaba jam qilingan. Birinchi marotaba Payg‘ambar zamonida; ikkinchi marotaba xalifa Abu Bakr davrida va nihoyat uchinchi marotaba xalifa Usmon vaqtida jamlangan. Qur’on tilovati vaqtida xalifa Usmon dushmanlari tomonidan o‘ldririldi. Shahid qilingan qoni Qur’oni karimga to‘kilgan. Ana shu Qur’onni Amir Temur Basradan Samarqandga keltirilgan. 1869 yilda Turkiston general-gubernatori fon Kaufman buyrug‘i bilan Petrburgga olib ketildi. 1917 yildagi davlat to‘ntarilishidan keyin Peterburgda tuzilgan Islom sho‘rosi tashkilotining talabi bilan Qur’on Rossiya musulmonlariga qaytarib berildi va Ufa diniy nazorati qarorgohida 1924-yilgacha saqlandi. Shundan so‘ng Turkistondagi tarixiy muzeylar va qadimiy ososri atiqalar ishi bo‘yicha tuzilgan qo‘mitaning talabnomasi va Rossiya hukumatining qaroriga asosan Usmon Qur’oni 1924 yil 18-avgustda Toshkentga olib kelindi. Xozir esa Movoraunnahr musulmonlar idorasida saqlanmoqda. Qur’on jumlalalriga biron-bir o‘zgartirish, bironta harfini, hatto harflar belgisini – zeb-zabarini ham o‘zgartirish mumkin emas, qat’iyan taqiqlangan. Qur’on Islom dinining asosiy hujjati. Islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy va birinchi manbaidir. U musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida yagona qo‘llanma, doimiy yo‘lboshchisi bo‘lib xizmat qilib keldi. Musulmon xuquqshunos (fiqhshunos)lari biror narsaning shariatdagi hukmini bilmoqchi bo‘lsalar, albatta, oldin Qur’onga murojaat qiladilar. O‘sha o‘zlari izlayotgan hukm haqida Qur’onda biror hukm bo‘lsa, uni darhol qabul qiladilar. O‘sha narsa Qur’onda bo‘lmagan taqdirdagina sunnat (xadis), ijmo’, qiyosga murojat qilishga o‘tadilar. 100 Qur’on ta’limotining markaziy g‘oyasi yakkayu yagona Alloh to‘g‘risidagi ta’limotdir. Unda iymon, Allohga ishonch, olamning yaratilishi, farishtalar, payg‘ambarlar, oxirat-qiyomat, qayta tirilish, qazoi qadar, Islomning asoslari va boshqa diniy ko‘rsatmalar belgilab berilgan. Qur’ondagi axloqiy, xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy me’yorlar Islom dinining qonunlar majmuasi – shariatga asos qilib olingan. Qur’on musulmon xalqlar hayotida va tarixida asosiy o‘rin tutgan kitobdir. Bu kitob mazkur xalqlarning ilm-ma’rifat, adabiyot, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari, dunyoqarashlari va boshqa narsalarda o‘zining salmoqli izini qoldirganligi bilan ham ahamiyatlidir. Mustaqillik yillari Qur’oni karimni mazmuni o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etildi. Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir. Hadis – arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «xabar», «yangilik», «hikoya» demakdir. «Hadis» va «sunnat» so‘zlari muxaddislar o‘rtasida bir ma’noda qo‘llanilib, payg‘ambar Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari, fe’l-atvorlari, axloqlari, hayot yo‘llari to‘g‘risidagi rivoyatlarni anglatadi. Hadis Islom dinida Qur’ondan keyingi ikkinchi manba sanaladi. Hadis ilmi esa islom olamida eng ulug‘ va mo‘tabar sanaladi. Hadis ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi Qudisiy – ya’ni aytilgan hadisni ma’nosi Allohniki bo‘lib, aytilishi Muxammad (sav) dan bo‘lgan. Uni Alloh o‘z nabiysiga ilhom berish, tushida ko‘rsatib bildirish orqali habar beradi. Payg‘ambar esa buning ma’nosi Alloh nomidan, Alloh aytdi, deb sahobalariga yetkazganlar. Hadisi qudisiyning martabasi, o‘rni Qur’on bilan xadisi Nabaviy o‘rtasidadir. 2. Hadisi Nabaviy – bu Muhammad (sav) ning Qur’onga tayangan holda aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlardir. Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih – eng to‘g‘ri, ishonchli xadislar. Ular Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan yetkazilganligi bilan qimmatli va e’tiborga loyiqdir.
Download 26.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling