Ma‘ruza mashg‘ulotlarining mazmuni.
1-mavzu: Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov ta‘lim-
tarbiya jarayonida tarixiy merosimizdan foydalanish haqida.
O‘rganiladigan predmetning maqsadi va vazifalari. Uning moddiy va
ma‘naviy taraqqiyot bilan bog‘liqligi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov ta‘lim-tarbiya jarayonida ajdodlar merosidan samarali
foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati haqida. Maorifiy va pedagogika tarixini
davrlashtirish muammolari.
2-mavzu: Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta‘lim-tarbiya va
pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Eng qadimgi yodgorliklarda inson tarbiyasiga oid fikrlar. qadimgi
davrlarda tarbiyaning kelib chiqishi va uni kishilarning mehnat faoliyati bilan
bog‘liqligi. Ibtidoiy odamlar hayotida tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari. Folklor
namunalarida og‘zaki ta‘lim usullarining ifodalanishi. qadimgi afsonalar,
qo‘shiqlar, ―O‘g‘itnoma‖larda axloq-odob, ta‘lim-tarbiyaga oid masalalarning
ifodalanishi. qadimgi davlatlar So‘g‘diyona, Baqtriya va Xorazmda ta‘im-
tarbiyaning rivojlanishi. Mazkur davlatlarda pedagogik fikrlarning paydo bo‘lishi.
3-mavzu: VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda
tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
Hadis ilmining paydo bo‘lishi va uning ta‘limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
Islom dini yoyilishining ta‘lim-tarbiyaga ta‘siri. Musulmon maktablarida ta‘lim-
tarbiya mazmuni. Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy, at-
Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari. Imom
al-Buxoriyning ―As-saxix‖, ―Al-adab al-mufrad‖ asarlarining inson ma‘naviy
kamolotining tarkib topishidagi o‘rni.
4-mavzu: Sharq uyg‘onish davtida pedagogik fikrlarning rivojlanishi.
IX-XI asrlar- Sharq uyg‘onish davri. Xorazmiyning Ta‘lim-tarbiyaga oid
fikrlari. Farobiy va Abu Rayhon Beruniy, umumpedagogik hamda didaktik
g‘oyalari. Abu Ali ibn Sinoning ta‘lim-tarbiya haqidagi fikrlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |