11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Didaktika predmeti, maqsad va vazifalari
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Didaktik kategoriyalar
Didaktika predmeti, maqsad va vazifalari
Didaktikaning predmeti-ta‘lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir. Didaktika o‘ziga xos tadqiqot sohasiga va tadqiqot predmetiga ega bo‘lganidek, uning o‘ziga oid tushunchalar tizimi ham mavjud. Har bir tushuncha ma‘lum didaktik hodisaga taalluqli bo‘lib, ular vositasida didaktik hodisalarning asosiy belgilari umumlashtiriladi. Demak, didaktik tushunchalar pedagogik fikrlash shakli, shuningdek, didaktik hodisalarni bilish, tadqiq qilish, bayon qilish hamda amaliyotda foydalanish vositalaridir. Didaktik kategoriyalar Didaktikaning ayrim muhim tushunchalari didaktikaning kategogriyalari deb ataladi. Ma‘lumot-ta‘lim va tarbiya jarayonida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan ilmiy bilimlar, bilim olish ko‘nikma va malakalari, hamda ular asosida tarkib topgan dunyoqarashlar, ahloqiy fazilatlar, shuningdek,shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yig‘indisidir. Ta‘lim-ma‘lum maqsadga qaratilgan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faolliklariga asoslangan jarayondir. O‘qitish o‘qituvchining faoliyatini, o‘qish esa o‘quvchining bilim olish faoliyati jarayonini bildiradi. Bilimlar-insoniyatning asrlar davomida ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plagan umumlashgan tajribasidir. Ta‘lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomonidan o‘rganilgan va egallangan bilimlarni barchasini o‘rgatishning imkoniyati yo‘q. Shuning uchun o‘quv jarayonida fanlarning poydevori, asoslari eng asosiy, muhim narsalar o‘rganiladi. Ko‘nikmalar olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlarning yig‘indisidir. Ko‘nikma hosil qilish uchun aqliy va jismoniy mehnat qilish usullarini bilib olish, hosil qilingan bilimlarni amalda qo‘llay bilish kerak bo‘ladi. Malaka-ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Malaka qanchalik puxta bo‘lsa, odam ishni shunchalik tez va to‘g‘ri bajaradi. Insoniyat tomonidan asrlar davomida to‘plangan ma‘lumot va bilimlar har bir yangi avlod tomonidan o‘zlashtirilib, boyitilib borilishi va jamiyat taraqiyotiga xizmat qilishi lozim. To‘plangan ma‘lumot va bilimlarni o‘zlashtirish o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, u faqat ilmiy jihatdan asoslangan holda maxsus tashkil etilishi lozim. Lekin, har bir jarayon ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi, Shuning uchun, o‘z qonun-qoidalariga, hususiyatlariga ega. Ta‘lim jarayonini qonun-qoidalarini o‘rganish, tahlil etish va yangi bilimlar yo‘nalishlarini izlab topish, ularni o‘zlashtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish masalalari bilan pedagogikaning didaktika bo‘limi shug‘ullanadi. Ta‘lim jarayonini, insonning bilish qobiliyati va tafakkuri hodisalarini falsafa, psixologiya, fiziologiya fanlari ham o‘rganadi. Ammo, didaktika bu masalalarga maxsus fan sifatida yondoshadi va izlanish ishlarini olib boradi. Didaktika ta‘lim, uni tashkil etish, bilimlarni o‘zlashtirilishi, ta‘lim mazmunini aniqlash, ta‘lim usullari, qoidalari kabi barcha masalalar bilan shug‘ullanadi. Didaktika fan sifatida o‘z tadqiqot predmeti va metodlari hamda aniq maqsadlariga ega. Didaktika ko‘p asrlik tarixiga ega. Didaktika yosh avlodni «nimaga o‘qitish», «nimani o‘qitish» va «qanday o‘qitish» kabi savollarga javob beradi. Didaktika, o‘z navbatida ayrim o‘quv fanlarga oid o‘qitish va o‘qish metodi va uslublari bilan uzviy bog‘liqdir. U o‘qitishning barcha fanlarga oid umumiy qonuniyatlarini aniqlab borishi bilan birga, har bir o‘quv fanini o‘qitish metodlari uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Ilmiy didaktikaning asoschisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy hisoblanadi. Uning «Buyuk didaktika» (1632 yil) asari o‘qitishni rivojlantirishga g‘oyat katta ta‘sir ko‘rsatdi. Sharqda pedagogik fikrlar rivojiga mutafakkirlar: Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Muxammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn- Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy va boshqalar katta xissa qo‘shdilar. O‘zbekistonda didaktika fanining rivojlanishi Ismoil G‘asprali, Mahmudxo‘ja Bexbudiy, Munavvar-qori Abdurashidxon o‘g‘li, Muhammadsharif So‘fizoda, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Ishoqxon Ibrat, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Oqilxon Sharofiddinov, Siddiq Rajabov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog‘liq. Umumiy didaktika-barcha o‘quv fanlari, ma‘lumot darajalari asosida ta‘limning maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, qoidalari, metodlari, tashkiliy shakllari natijalarini o‘rganuvchi fandir. Xususiy didaktika umumiy didaktika bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarni, masalan, ta‘lim qoidalari, ma‘lumot mazmuni bo‘yicha hosil qilingan tasavvurlarni inkor etmaydi. Aksincha, xususiy didaktika bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar umumiy didaktikada hosil qilingan tushunchalarni to‘ldiradi, ularni yanada oydinlashtirishga ko‘maklashadi. Binobarin, umumiy va xususiy didaktika o‘zaro uzviy bog‘liq pedagogik fanlardir. -Ta‘lim individual harakterga ega. Ta‘lim manbalarida (darslik, ko‘rsatma- qurol, o‘qituvchi nutqi) berilgan bilimlar sinfdagi barcha o‘quvchilar uchun bir xil bo‘lsa-da, ularni o‘quvchilar turlicha o‘zlashtirishadi; -Ta‘lim chegaralangan. Unda kishilar tomonidan kashf etilgan bilimlar o‘zlashtiriladi. Bilish jarayoni esa cheksizdir. Unda tabiat, jamiyat va inson tafakkuri qonuniyatlarining hali o‘rganilmagan sohalari kashf etiladi. Maktabda bilim va malakani o‘zlashtirish uzviy harakterga ega. Bugungi o‘rganiladigan bilim oldin o‘zlashtirilgan bilimlarni taqozo qilsa, kelajakda o‘zlashtiriladigan bilimlar uchun asos sanaladi. Didaktika ta‘lim bilan bog‘liq barcha muammolar bilan shug‘ullanar ekan, shu bilan birga ta‘lim dialektikasiga ham o‘z e‘tiborini qaratadi. Ta‘lim dialektikasi deganda ta‘limning obyektiv holatda rivojlanishi tushuniladi. Ta‘lim shunday bir jarayonki, u doimiy holatda o‘zgarib boradi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari ta‘lim ham jamiyat maqsadlarini ko‘zlagan holda o‘zgarib boradi. Fan va texnika olamida insoniyat tomonidan erishilayotgan yutuqlar ham ta‘limning yangilanib borishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, Respublika ta‘limi hozirgi kunda katta o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. Uning oldidagi maqsadlar o‘zgarib bormoqda, qolaversa, ta‘limga oxirgi yillarda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi ham fikrimizga dalil sifatida xizmat qila oladi. Ta‘limning rivojlanishi qonun-qoidalarini o‘rganish to‘g‘ridan-to‘g‘ri didaktikaning vazifasini tashkil etadi. Ta‘lim sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar o‘z navbatida uning barcha ichki bo‘g‘inlariga ham ta‘sir etmay qo‘ymaydi; ya‘ni ta‘lim metodlari, tashkil etish shakllari, vositalari va bo‘g‘inlarining o‘zaro aloqalari ma‘lum miqdorda o‘zgaradi. Natijada ta‘lim mazmunini o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilish darajasi, bilimlarning shakllanish doirasi, natijalar samarasi ham yangi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bilimlarni egallash bosqichlari har bir shaxsning psixologik hususiyatlariga tayanadi, ya‘ni shaxsning ma‘lumotlarini sezish, idrok etish, anglash, umumlashtirish, xulosa chiqarish va amalda qo‘llash kabi hususiyatlari har xil bo‘ladi. O‘qituvchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim bo‘ladi: - O‘quvchilar bilish qobiliyatiga asoslanib, o‘qish uchun qo‘zg‘atuvchi sabablar (motivlar) yaratish; - Berilayotgan ma‘lumotlarni idrok etish uchun sharoit yaratish; - Ta‘lim jarayonida bolalar ongida mavjud bo‘lgan bilimlarga va shakllangan tajribalariga suyanib, ma‘lumotlarni anglash, taqqoslab, tahlil etish va xulosalar chiqarishga undash; - O‘quvchilarning olgan bilimlarini, amaliyotda qo‘llash orqali ularda ko‘nikma va malakalarni hosil etish hamda ularni mustahkamlash va takomillashtirish; - Bilimlar, ko‘nikma va malakalarni doimiy amaliyotda qo‘llanishini ta‘minlash; - Ta‘lim natijalarini tahlil qilish va o‘quvchilarning keyingi istiqbolini tashhis etish va rejalashtirish. Didaktika ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismidir. Ta‘lim nazariyasi ta‘lim jarayonining tushunchasi va mohiyati, ta‘lim qoidalarini uslublari hamda tashkiliy formalarini o‘z ichiga oladi. Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini qo‘yadi. Ta‘limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling