11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


 Huquqiy tarbiyaning mazmuni. Huquqiy tarbiyani maqsad va vazifalari


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

3. Huquqiy tarbiyaning mazmuni. Huquqiy tarbiyani maqsad va vazifalari
O‘zbekiston-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik 
qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e‘tiqodlaridan 
qat‘iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta‘minlab beradigan 
davlatdir. Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa shaxsning huquqlari va 
erkinliklari amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu jihatdan XII chaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining o‘n oltinchi sessiyasida qabul qilingan 
"O‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.  
Huquqiy tarbiyada asosiy dastur bo‘lib xizmat qiladi. Bunda voyaga 
еtmaganlarning javobgarligi to‘g‘risidagi moddalarni o‘rganishni osonlashtiradi. 
Pedagoglarni mazkur bo‘limdan foydalanish imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Jazo turlari ham qayta-qayta muhokama qilinishi natijasida 
o‘quvchilarning ongiga mukammal singib boradi. 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil bo‘lishi munosabati bilan 
maktablardagi ta‘lim-tarbiya ishlari tinimsiz rivojlanib, takomillashib kelayotir. 
Mamlakatimizda juda katta ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y berganligi, yangi 
jamiyat barpo etilganligi natijasida qonunchilik va huquq targ‘ibotni yanada 
mustahkamlash, fuqarolarning huquq targ‘ibotni yanada mustahkamlash, 
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini 
kuchaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. 
Respublikadagi sog‘lom vaziyat, xalqning moddiy farovonligi va 
madaniy saviyasiniig o‘sib borayotganligi mehnatkashlarning onglilik va 
intizomlilik darajasi yuksalganligi tufayli huquqbuzarlik xollari tobora kamayib 
bormokda. Kishilar ongiga jamiyat manfaatlari yo‘lida halol mehnat qilish, 
sofdil, xaqgo‘y bo‘lishi, adolasizlikka, tekinxo‘rlikka, ta‘magirlikka qarshi 
murosasiz bo‘lishi, qonun me‘yorlariga hurmat nazari bilan qarash kabi 
xislatlar ko‘proq singib bormoqda. 


Ayni paytda Respublikada ma‘muriy javobgarlikka sabab 
bo‘layotgan huquqbuzarlik holatlari onda-sonda bo‘lsa ham, davom еtmoqda va 
ular barham topgan emas. Bunday xollarga batamom barham berish uchun 
qonun kuchidan, huquqiy tarbiyaning ta‘sir ko‘rsatish vositalaridan, keng 
jamoatchilik yordamidan еtarlicha foydalanilayotgani yo‘q. Huquq tartibotining 
har qanday buzilishlarini batamom yo‘qotish, qonunchilikni buzish xollariga 
befarq bo‘lmaslik umumxalq ishi bo‘lib, ular yoshlarga huquqiy tarbiya berish 
orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tarbiyani esa bolaning yoshlik chog‘idan
boshlash lozim. 
Chunki yoshlar bizning kelajagimiz, davlatimizning tez kunlardagi haqiqiy 
fuqarolaridir. Kelajak avlodning huquqiy; ma‘naviy kamol topishi hukumatning 
muntazam g‘amxo‘rlik qilishi ham shu boisdandir. 
O‘quvchilarga yuksak fuqarolik va ma‘naviy sifatlarni singdirishdek 
bag‘oyat zarur masalani to‘g‘ri va muvaffaqiyatli hal qilishda tarbiyaning 
barcha omil va vositalaridan, pedagogik ishning barcha usullaridan, oqilona, 
maqsadga muvofiq foydalanish, hyech shubxasiz, o‘zining samarali natijalarini 
beradi. 
Har bir pedagog ta‘lim bilan tarbiya birligiga, ta‘lim berib tarbiyalash va 
tarbiyalab ta‘lim berishga jiddiy e‘tibor berishi lozim. 
Xususan, o‘quvchi va yoshlarga huquqiy tarbiya berishda, ularda yuksak 
fuqarolik xis-tuyg‘ularini, sifat va xislatlarini tarkib toptirishda ta‘lim va 
tarbiya birligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabda o‘qitiladigan har bir 
fanning o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyati va imkoniyatlari bor. Ana shu 
imkoniyatlardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanish o‘qituvchining bilim, tajriba 
va mahoratiga, ijodiy ishlashi, izlanishiga bog‘liqdir. 
Ta‘limiy va tarbiyaviy omil va vositalar ko‘p. Shulardan biri davlat 
ramzlaridan darslarda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘rinli foydalanishdir. 
Hozirgi kunda maktab o‘quv dasturlarida mavjud bo‘lgan "Milliy istiqlol g‘oyasi", 
"Tarix", "Davlat va huquq asoslari", "Geografiya" darslarida va sinfdan tashqari 
tarbiyaviy ishlarda davlat ramzlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling