11-Mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investistiyalarni jalb etish


Download 0.86 Mb.
bet7/8
Sana25.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1654839
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11 МАВЗУ ХИ

Qisqacha xulosalar

O’zbekiston sharoitida kichik biznes korxonalarini barpo etish orqali mustaqil xo’jalik yurituvchi mulk egalari shakllandi. Biznesning boshqa tashkiliy-iqtisodiy shakllaridan farqli ravishda mazkur kichik korxonalarni tashabusskor ishbilarmon shaxslar boshqarib, turli byurokratik elementlarning xo’jalik faoliyatiga aralashuvidan xolos etadi. Kichik korxonalar bozor iqtisodiyotiga xos turli makroiqtisodiy shart-sharoitlar va talablariga moslashishi imkoniyatlariga egaligi bilan ustuvor ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda kichik biznes taraqqiyotining keskin avj olishi natijasida ularning mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmog’idagi ulushining ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin.


Kichik biznes iqtisodiyotning shunday sektoridirki, u investistiya muhitida yuz berayotgan deyarli barcha o’zgarishlarga moslashadi. Kichik biznes nuqtai nazaridan investistiya muhitining jozibadorlik darajasini aniqlash uchun butun mamlakat va mintaqalardagi iqtisodiy vaziyatni ko’rsatuvchi omillar, iqtisodiyotning bu tarmog’iga investistiyalar kiritish qonunlar va infratuzilmalar bilan qanchalik ta’minlanganligi, mintaqada bozor infratuzilmasining rivojlanish darajasi, malakali ishchi kuchining mavjudligi, shuningdek, mana shu va boshqa omillar bilan bog’liq xatarlar bor yoki yo’qligi g’oyat muhimdir.
Xususiy tadbirkorlikni va bu sohaga investistiyalarni jalb etishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydigan davlat siyosatini amalga oshirish institustiyaviy va huquqiy tizimni doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi. Bu tizimning samarali ishlashi uning barcha unsurlari bir-birining vazifasini juda kam takrorlagan holda doimiy ravishda o’zaro aloqada bo’lishini hamda faoliyatlari muvofiqlashtirilishini taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy biznesni moliyaviy qo’llab quvvatlashda xorijiy kredit liniyalari mablag’larini banklar orqali real sektorga jalb qilish hisobiga kichik ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda ular negizida moliyaviy jihatidan baquvvat ko’p tarmoqli yiroik ishlab chiqarish korxonalari shakllanishi ko’zda tutiladi. Xorijiy kredit liniyalari hisobidan kreditlar tadbirkorlik sub’ektlariga eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ya’ni qishloq xo’jaligi mahsulotlari va boshqa milliy xom-ashyo resurslarini qayta ishlashni mashinasozlik va elektron sanoati uchun detallar va uzellar hamda kundalik ehtiyoji halq iste’moli tovarlarini nazarda tutadigan investistion loyihalarga o’rta va uzoq muddatga beriladi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling