11-mavzu. Madagaskar zoogeografik hududi
Madagaskar faunasiga umumiy tavsif
Download 123.39 Kb.
|
MAVZU 11. Madagaskar zoogeografik hududl
Madagaskar faunasiga umumiy tavsifMadagaskar faunasi orollarga xos xususiyatlarga ega. Fauna tarkibida endemiklar juda ko‘p ammo uni efiopiyaning materik faunasi bilan solishtirganda tarkibining kambag‘alligi yaqqol ko‘rinadi. Madagaskarning hayvonot dunyosi o‘ziga xos bo‘lib, fitofaglar orasida mevaxo‘r, daraxtlarda yashovchi shakllar yaqqol ustunlik qiladi. O‘txo‘rlar esa deyarli uchramaydi. Yirik yirtqich turlar va o‘limtiklar bilan oziqlanadigan tasqaralar mutlaqo uchramaydi. Madagaskar faunasining o‘ziga xosligi ucha olmaydigan aborigen hayvonlar misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular to‘rtta turkumga mansub bo‘lib, barchasi endemiklardir. Hasharotxo‘rlar bitta tipratikanlar yoki tenreklar Tenrecidae oilasini o‘z tarkibiga kiritadi. Bu oila 13-avlod, 30-turdan tashkil topgan. Ekologik jihatdan tenreklar adaptatsiyalanish tufayli juda xilma-xillashgan. Jumladan, ular orasida tipratikanga, krotga, yerqazarlarga va hatto suvda suzuvchi ya’ni qunduzlarga analog bo‘lgan tenreklar ham uchraydi. Sut emizuvchilar orasida eng xarakterlisi chala maymunlardir (20 tur). Ular juda xilma-xil. Butun Yer yuzida ham bunchalik ko‘p tur qayd etilmaydi. Chala maymunlar 3- oiladan tashkil topgan: haqiqiy lemurlar-Lemuridae, indralar- Indridae, ay-aylar Daubentoniidae. 1-rasm. Madagaskar zoogeografik hududining xarakterli hayvonlari: 1-indri, 2-rukonojka, 3-fossa,4-lemur-katta, 5-madagaskar cho‘tka quloqli cho‘chqasi, 6-suvmoshaksimon kaklik, 7-madagaskar bo‘g‘ma iloni, 8-lemur-vari Haqiqiy lemurlar faqat Madagaskar va Komor orollarida tarqalgan. Ular 15-turga mansub bo‘lib, 6-avlodga tegishli. Ular orasida yirik turlardan vari va katta kabi turlarni qayd etish mumkin. Sichqonsimon lemur esa primatlarning eng mayda turlaridan sanaladi (13 sm). Indrilar oilasi 4-turni, ay-aylar esa 1-turni o‘z ichiga oladi. Lemur va indrilar Madagaskarning qadimiy qatlamlaridan- pleystotsendan ham topilgan. Kemiruvchilar turkumidan endemik kenja oila- madagaskar xomyaklari Nesomyinae (12-tur) uchraydi. Hududdagi barcha yirtqichlar viverralar oilasiga mansubdir (7-endemik avlod).Ular orasida eng ajoyib tur sifatida fossa –Cryptoprocta ferox uchraydi. U juda sodda tuzilishga ega bo‘lib, quyi uchlamchi davr qazilma yirtqichlarini-viverralar va mushuklarning ajdodlarini eslatadi. Bu sodda tuzilgan hayvon Madagaskardagi eng yirik yirtqich sanaladi (uzunligi-1,5metr). Sut emizuvchilarining boshqa vakillari Afrikadan ko‘chib o‘tgan turlardir (inson tomonidan olib kelingan yoki tasodifiy kelib qolgan). Mazkur turlarga kalamushlar, sichqonlar va bir turdagi cho‘tka quloqli cho‘chqani kiritish mumkin. Ko‘rshapalaklar Madagaskarda ko‘pchilikni tashkil etadi, ammo ular hududning o‘zida shakllanmagan turlardan tashkil topgan. Ular orasida endemik oila vakillari ham uchraydi. Bu hududga cho‘tka quloqli chuchkalar ham xos bo‘lib, bu hayvon bir vaqtlar inson tomonidan keltirilgan va hozirda mustaqil tur sifatida erkin yashaydi. Qadimda bu yerda suv ayg‘irlari ham yashashgan. Ularning qoldiklari pleytotsen qatlamlaridan topilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, Madagaskar hududida qo‘shni Efiopiya hududiga xos bo‘lgan hartumlilar, karkidonlar, mushuklar, sirtlonlar, itlar, antilopalar, naytishlilar va boshqa ko‘pgina turlar uchramaydi. Madagaskar qushlarining 58 % endemik turlardan iborat bo‘lib, qolganlari Efiopiya yoki Indo-Malay hududiga mansub turlardan shakllangan. Qushlar guruhlaridan quyidagi 3-endemik oila tipik sanaladi: madagaskar pittalari-Philepittidae, suvmoshaksimon kakliklar-Mesoenatidae va vangalar-Vangidae. Bir paytlar yashab qirilib ketgan, yirik ucholmaydigan qushlar- epiornislar va dodo ham ushbu hududga tegishli endemiklar bo‘lishgan. Boshqa joylarda bo‘lgani kabi bu hududda ham kosmopolit oilalarning (qo‘ng‘irlar, qoravoylar, qarchig‘aysimonlar, qarqaralar, laylaklar, kakkular, kaptarlar, yapaloqqushlar, ko‘ktarg‘oqlar, qaldirg‘ochlar) turlari tarqalgan. Madagaskarning reptiliyalar faunasi yetarli darajada boy. Bu joyda ko‘pgina xameleonlar, gekkonlar, toshbaqalar tarqalgan. Afrikadagi kabi nil timsohlari Madagaskarda va hududga tegishli Seyshel va Komor orollarida ham uchraydi. Haqiqiy kaltakesaklar va zaharli ilonlar hududda uchramaydi. Bo‘g‘ma ilonlardan faqat madagaskar bo‘g‘ma ilonlari kenja oilasi –Sanciniinae (4-avlod) endemik vakillari uchraydi. Xameleonlar juda xilma-xil. Ular orasida yirik (uzunligi 1-metr) xamelion turi ham uchraydi. Bu tur nafaqat hasharotlar balki umurtqalilar bilan ham oziqlanadi. Iguanlarning 7-turi bu hudud uchun xos. Suvda va quruqlikda yashovchilar kamchilikni tashkil etadi va ularning barchasi dumsizlar turkumi, baqalarga tegishlidir (150-tur, ko‘pchiligi endemiklar). Bularga eshkak oyoqli va tor og‘izli baqalarni misol qilish mumkin. Haqiqiy chuchuk suv baliqlari Madagaskarda juda kam (20-tur) va ularning asosiysi Efiopiya hududidan kelib chiqqan. Bir necha turdagi xromislar va karptishlilar hamda sho‘r suvda yashashga moslashgan turlar uchraydi. Madagaskar faunasi umurtqasizlarining ko‘pchiligi Efiopiya, Indo-Malay va Neotropik hududlari faunasiga o‘xshaydi. Ularning ko‘pchiligi antiqa shaklga yoki hashamatli rangga ega. Beshiktebratar- Brancsikia aeroplana o‘zining tuzilishi bilan fantastik uchuvchi apparatga o‘xshasa, tovusko‘zlilar orasida dunyodagi eng yirik hisoblangan-Argema mittrei kapalagining uzunligi 26 sm. ga yetadi. Qachonlardir o‘rmonlar bilan qoplangan, vulkanik kelib chiqishga ega bo‘lgan Maskaren tropik orollari juda ajoyib faunaga ega. Bu joyda ko‘rshapalaklardan tashqari yer usti sut emizuvchilari, amfibiyalar va chuchuk suv baliqlari uchramaydi. Ilonlardan 2-endemik avlodga mansub bo‘g‘ma ilonlar hamda mahalliy gekkonlar va ssinklaruchraydi. Darlington fikricha, Maskaren orollarida shakllangan ornitofauna o‘zining ajoyib xususiyatlari bilan yer yuzining boshqa hududlaridan ajralib turadi. Jumladan, boshqa hech qayerda mahalliy qushlar Maskaren orollaridagiga o‘xshab juda qisqa muddatda qirib tashlanmagan. Bunday turlarga Mavrikiy orolida dodo, Rodrigesda oq dodo kabi 200-yil oldin qirilib ketgan turlarni va boshqalarni kiritish mumkin. Mazkur turlar kaptarlardan kelib chiqqan bo‘lib, yerda oziqlanishgan va uchish qobiliyatini yo‘qotgan. Ayni vaqtda bu orollarda bir qancha suv qushlari, yirtqich qushlar, yapaloqqushlar, kaptarlar, kam sondagi to‘tilar va chumchuqlar tarqalgan. Seyshel orollarining faunasi tarkibida bir qancha amfibiyalarning qadimiy guruhlari uchraydi. Bu joyning qushlari Efiopiya yoki Indo-Malay hududlari bilan faunistik jihatdan bog‘langan. Hududda Indo-Malay hududidan kelib chiqqan ko‘rshapalaklardan tashqari boshqa sut emizuvchilar uchramaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, Seyshel orollarining Efiopiya bilan faunistik aloqalari Madagaskar bilan aloqalariga qaraganda nisbatan ko‘proq namoyon bo‘ladi. Ehtimol Seyshel orollari bir paytlar Afrika va Hindistonni o‘zaro tutashtirib turgan va Madagaskar bilan esa aloqada bo‘lmagan. Madagaskar hududining o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlab qolish maqsadida bu yerda bir necha qo‘riqxonalar va bitta milliy bog‘ tashkil etilgan. Download 123.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling