11-mavzu. Madagaskar zoogeografik hududi


Download 123.39 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi123.39 Kb.
#1511370
  1   2   3
Bog'liq
MAVZU 11. Madagaskar zoogeografik hududl

11-MAVZU. Madagaskar zoogeografik hududi

Reja:


  1. Madagaskar hududining geografik o‘rni va tabiiy sharoiti

  2. Madagaskar faunasiga umumiy tavsif



Tayanch so‘zlar: Fauna, Madakaskar kenja xududlari, tabiat zonalari, iqlim mintaqalari

Madagaskar hududining geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. Madagaskar hududiga Madagaskar oroli va qator arxipelaglar hamda Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan alohida orollar (Komor, Seyshel, Maskaren, Amirant va boshqa mayda orollar) tegishlidir.


Madagaskar oroli juda keng maydonni egallaganligi (587 ming kv. km.) sababli tabiiy sharoiti yetarli darajada xilma-xil, aholisi kam. Orolning markaziy qismi tog‘lardan, qirg‘oq qismlari tekistliklardan tashkil topgan. Uning markaziy qismidagi yassi tog‘liklarning o‘rtacha balandligi 1000-1500 metr, alohida cho‘kqilari esa 2600 metrgacha yetadi. Mazkur yassi tog‘liklarda o‘rmonlar uchramaydi. Sharqiy tekistliklarda qalin tropik o‘simliklar qoplamlari uchrasa, orolning janubiy chekka qismida esa cho‘lga xos qiyofa va xususiyatlar shakllanadi.
Geologik ma’lumotlarga ko‘ra, Madagaskar va Hindiston (Indo-Malay hududi) orasidagi quruqlik aloqalari bo‘r davrining oxirigacha saqlangan. Keyinchalik bu aloqalar uzilgan. Mozambik bug‘ozi (eni 420 km.) Madagaskarni Afrikadan ajratib turadi. Hind okeani esa Madagaskarni Indo-Malay hududidan ajratib turadi (3700 km. masofada).
Madagaskarning florasi juda boy. Flora tarkibida 6000 turga mansub o‘simliklar uchraydi. Shu turlardan taxminan 1500 tasi Afrikada ham tarqalgan. Madagaskar florasi palma, bambuk va orxideyalarning keng tarqalganligi bilan Afrikadan ajralib turadi. Bu yerda sayohatchilar tili bilan “orol endemigi” deb nomlanuvchi o‘ziga xos daraxtlar o‘sadi. Ular o‘zining yirik barglarida yomg‘ir suvini yig‘adi. Bu suvning miqdori anchagina bo‘lib undan ichimlik sifatida foydalanish mumkin. Hatto bu daraxtda daraxt baqalari ham yashashga moslashgan.

Download 123.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling