11-mavzu: mamlakatimizda tadbirkorlikni investitsiyalashning ustuvor yo’nalishlari.(6 soat) reja


O`zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarni rivojlanishi


Download 374.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana20.06.2023
Hajmi374.8 Kb.
#1633962
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
\'Хорижий иннвестицияларни жалб этиш

3. O`zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarni rivojlanishi. 
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb 
etish uchun qlay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning 
amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash 
iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu 
o`rinda “chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya 
qilish choralari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq va 
respublikaga to`g`ridan to`g`ri xorijiy investitsialarni jalb qilish uchun yanada 
qulay shart-sharoitlarni ta`minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy 
himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosida 
mamlakatdagi investitsiya muhitini yanad yaxshilash maqsadida 2003 yil 2-
mayda 205-son “to`g`ridan to`g`ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya 
qilishni kuchaytirishga bog`liq qo`shimcha chora tad birlsr to`g`risida”gi 


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori qabul 
qilinganligini aytib o`tish joizdir. 
O`zbekiston iqtisoiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga 
aylandi. Malakatimiz eksport salohiyati yildan yilga oshmoqda, tashqi 
bozorlarga hom ashyo emas, yuqori qo`shimcha qiymatga ega tayyor 
mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O`zbekiston sanoatini rivojlantirish 
bo`yicha belgilangan ustuvor yo`nalishlar amalga oshirilayotgan invetitsiya 
siyosati bilan bevosita bog`liqdir. O`zbekistonda investorlar uchun qulay 
investitsiya muhiti, imtiyozlar va perefenziylar tizimi yaratilgan. 
Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan 
yilga ko`payib borayotgani ham shundan dalolat beradi. 
Mamlakatimizning 
investitsion 
jozibadorligi 
keng 
ko`lamli 
sotish 
bozorlarning mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo- 
iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgila beruvchi mulkiy modal 
kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasini 
rivojlangani bilan ham bog`liq. O`zbekistonda investitsiya kiritayotgan 
xorijiy kompaniyalar 5 ta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 
mln.dan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, 
markaziy va sharqiy yevropa, janubiy hamda janubiy sharqiy osiyo, yaqin 
sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo`lmoqda. Xalqaro investitsiya 
xuquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini 
kafolatlash, investorlarga muayyan prefensiyalar taqdim etish to`g`risidagi 
qoidalar va boshqalarni o`zida mujassam etgan. 

Download 374.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling