Sof monopoliya – ma‟lum mahsulot turini ishlab chiqarish va sotish bo‟yicha yakka hukmron bo‟lgan bozor tuzilmasidir.
Yagona ishlab chiqaruvchi sifatida sof monopolistda unikal imkoniyatlar mavjud. Uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilari yo‘q. U o‘zi xoxlagan narx va xajmda istalgan mahsulot turini ishlab chiqarishi mumkin. Monopolist ishlab chiqargan mahsulot bozorda unikal hisoblanadi, bozorda uni o‘rnini bosuvchi xech qanday tovar bo‘lmaydi. Bozordagi yuqori darajadagi yakka xukmronlik monopolist uchun ishlab chiqarish xajmi va narxini maksimal darajada nazorat qilish imkonini beradi.
Sof monopoliyaning asosiy xususiyatlari:
firmalar soni bitta,
mahsulot turi yagona, unikal,
bozordagi hokimlik maksimal darajada,
bozorga kirish chiqishdagi to‘siqlar umuman olib tashlab bo‘lmaydigan.
O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida O‘zbekistondagi avtomobil ishlab chiqarish zavodi, O‘z ikkilamchi rangli metall. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba‗zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‟ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun‟iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo‘lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega bo‘lgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o‘ziga xos texnologiyaning qo‘llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo‘lmaydigan ba‗zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi. Odatda, tabiiy monopoliyalar davlat tomonidan ma‗lum bir xududga xizmat ko‘rsatish xuquqini oladilar va buning evaziga iste‗molchilar xuquqlarini ximoya qilish bo‘yicha davlatning nazorati va boshqaruviga bo‘ysunadilar. O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar sifatida «O‘zbekiston havo yo‘llari» DAK, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, ―O‘zbekNeftegaz holding kompaniyasi,
―O‘zbekenergiya DAK misol keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |