Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning o‘zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat)
e’tiborga olgan holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu
xulosalar mulohazalar o‘rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo‘ysunish
munosabatlariga asoslanadi.Bu munosabatlarning tahliliga ko‘ra xulosa chin bo‘lgan quyidagi
holatlarni ko‘rsatish mumkin.
1.Asos mulohaza va xulosa chin bo‘lgan : A→I, Ye→0.
2.Asos mulohaza xato va xulosa chin bo‘lgan:I→O, O→I
Masalan: A. Hamma mustaqil davlatlar BMT ga a’zo.
I.Ba’zi mustaqil davlatlar BMT ga a’zo.
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilish jarayonida mavjud fikrni aniqlab olish, uning
mohiyatini to‘g‘ri tushunish, shuningdek, bir fikrni turli xil ko‘rinishda bayon qilish, yangi
bilimlar hosil qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: