11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja Mulohaza va uning turlari


Xulosa chiqarishning mohiyati va turlari


Download 326.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana02.01.2022
Hajmi326.33 Kb.
#199161
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
11- mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish

Xulosa chiqarishning mohiyati va turlari 

Voqelikni  bilish  jarayonida  inson  yangi  bilimlarga  ega  bo‘ladi.  Bu  bilimlar  abstrakt 

tafakkur  yordamida,  mavjud  bilimlarga  asoslangan  holda  vujudga  keladi.  Bunday  bilimlarni 

hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. 



Xulosa chiqarish – bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida 

yangi bilimlarni keltirib chiqaruvchi shaklidir. 

Xulosa chiqarish asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tish jarayonidan tashkil topadi. 

To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalardan iborat bo‘lishi, o‘zaro 

mantiqan bog‘lanishi kerak. 

Masalan,  Aristotel  –  mantiq  fanining  asoschisi  va  Platon  yunon  faylasufidir  degan  ikki 

chin  mulohazadan  xulosa  chiqarib  bo‘lmaydi.  Chunki  bu  mulohazalar  o‘rtasida  mantiqiy 

aloqadorlik yo‘q. 

Xulosa  asoslari  va  xulosa  ham  o‘zaro  mantiqan  bog‘langan  bo‘lishi  shart.  Bunday 

aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, 

to‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, «Talaba  A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba  A – 

odobli», deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi. 

Xulosa  chiqarish  xulosaning  chinlik  darajasiga  ko‘ra,  aniqrog‘i,  xulosa  chiqarish 

qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra hamda xulosa asoslarining soni va fikrning harakat yo‘nalishiga 

ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. 

Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish 

nisbatan  mukammalroq  bo‘lib,  u  xulosa  chiqarishning  boshqa  turlari  haqida  ham  ma’lumot 

berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish  zaruriy xulosa chiqarish, induktiv 

xulosa chiqarish (to‘liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish 

deb  olib  qaralishi,  bevosita  xulosa  chiqarish  esa  deduktiv  xulosa  chiqarishning  bir  turi  sifatida 

o‘rganilishi mumkin. 

Murakkab hukmlarga asoslangan deduktiv xulosa chiqarishda xulosa asoslariga mantiqiy 

bog‘lovchilar  orqali  bog‘langan  oddiy  hukmlar  deb  qaraladi.  Xulosa  asoslari  yo  shartli,  yoki 

ayiruvchi,  yoki  ham  shartli,  ham  ayiruvchi  hukm  ko‘rinishida  bo‘lishi  mumkin.  Asoslardagi 

hukmlarning turiga ko‘ra bunday xulosa chiqarishning quyidagi shakllari mavjud: 


Download 326.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling