11-mavzu: Oligosaxaridlar. Reja


Download 0.79 Mb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#227319
  1   2
Bog'liq
11-мавзу. Олигосахаридлер.


11-mavzu: Oligosaxaridlar.

Reja: Oligosaxaridlar, tarifi va nomenklaturasi. Oligosaxaridlarning tuzilishini o`rganish usullari: kimyoviy, fizik-kimyoviy, enzimatik. O`simlik oligosaxaridlari. Saxaroza. Xayvonlarga mansub oligosaxaridlar, sut oligosaxaridlari.
O‘simlik va hayvon organizmlarida monosaxaridlar bilan birga disaxaridlar, trisaxaridlar va boshqa oligosaxaridlar ham uchraydi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani disaxaridlar hisoblanadi. Oligosaxaridlar monosaxaridlarning angidridlari hisoblanadi. Disaxaridlar ikkita bir xil yoki har xil monosaxaridlardan tashkil topadi. Disaxaridlar oksoguruxga reaksiya bermaydi.

Masalan, saxaroza, maltoza, laktoza, sellobioza, tregalozalarning tuzilishlari quyidagicha bo‘ladi:





Disaxaridlarni qanday monosaxaridlardan tuzilganligini aniqlash uchun ularni yuqorida ko‘rsatilgandek gidrolizga uchratiladi, natijada hosil bo‘lgan monosaxaridlarga qarab ularning tarkibi va tuzilishi aniqlanadi.



Saxaroza - o‘simliklarda ko‘p uchraydi. Masalan, u asosan shakar qamishidan olinib, qamish shakari deb ham yuritiladi. Saxaroza lavlagida ham ko‘p miqdorda bo‘ladi. Shuning uchun uni sanoatda asosan shakar qamishi va lavlagidan olinadi. Saxaroza shirin ta’mga ega, u suvda yaxshi eriydi, burish burchagi D66,50. Saxaroza gidrolizga uchratilsa glyukoza va fruktoza monosaxaridlarini beradi, hosil bo‘lgan glyukoza o‘ngga, fruktoza esa chapga buradi, chapga burish burchagi kuchli bo‘lgani uchun ular eritmasining aralashmasi chapga buradi. Bunday gidrolizni inversiya jarayoni deb ham ataladi. Bu jarayonni amalga oshiruvchi enzimni invertaza, hosil bo‘lgan glyukoza va fruktozalar aralashmasini - invert qandi deb ataladi. Saxaroza feling suyuqligini qaytarmaydi va fenil gidrazin bilan ta’sirlashmaydi. U juda yaxshi kristallanadi, Tsuyuq.184 0C.

()-Saxarozani suyultirilgan suvli kislota yoki invertaza (drojjadan olingan) fermenti bilan gidrolizga uchratilsa teng miqdordagi D-()-glyukoza va D-(-)-fruktozalar hosil bo‘ladi. Demak, saxaroza bir molekula D-()-glyukoza va bir molekula D-(-)-fruktozadan tuzilgan deb hisoblash mumkin. Hosil bo‘lgan glyukoza va fruktoza aralashmasini xromatografiya yo‘li bilan aniqlash va ajratib olish mumkin.



Maltoza - solod qandi, kraxmalga diastatik fermentni ta’sir ettirib olinadi. Bu ferment arpa va solod urug‘larining yangi ko‘kargan o‘simtalarida ko‘p bo‘ladi. Maltoza ikki molekula glyukozadan tuzilgan bo‘lib, uning bittasi boshqa molekulasi bilan 4-holati bo‘yicha -glikozid tipida bog‘langan. Maltoza felling suyuqligini qaytaradi, gidrazon va ozazon hosil qiladi. Maltoza maltaza enzimi (achitqilarda, mog‘ol griblarida uchraydi) ta’sirida glyukozagacha parchalanadi.

Maltoza - va -forma ko‘rinishlarda mavjud []D168 va 112. Shuning uchun eritmada mutarotatsiyaga uchraydi va []D136 bo‘ladi. Bu faktlar shuni ko‘rsatadiki, ()-maltoza karbonil guruxini reaksiyaga qobiliyatli poluasetal holatda tutadi. Bunday karbonil guruxi uning molekulasida bitta bo‘ladi.

Maltoza suvli kislota eritmasi bilan gidrolizga uchratilsa yoki unga achitqidan olingan maltaza fermenti ta’sir ettirilsa to‘liq D-()-glyukozaga aylanadi. Demak, ()-maltoza hosil bo‘lgan D-()-glyukoza molekulasi xromatografik metod bilan aniqlanadi va ikkita D-()-glyukozadan tuzilgan deb qarash mumkin bo‘ladi.

Laktoza - sut qandi. Bu disaxarid sutda bo‘ladi, uni sutning shirin zardobidan kristallab olinadi. Laktozaga kislota va fermentlar ta’sir ettirilsa glyukozaga va galaktozaga parchalanadi. Laktoza - va - formada bo‘ladi, burish burchagi D55,30. Laktoza feling suyuqligini qaytaradi. U shirin ta’mga ega va yosh organizmlar uchun to‘yimli ozuqa vazifasini bajaradi.

Laktozani kislotali yoki enzimatik gidroliz qilishdan hosil bo‘lgan glyukoza va galaktozalarni aniqlash uchun xromatografik metoddan foydalaniladi.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling