11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja


Download 493.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana18.02.2023
Hajmi493.71 Kb.
#1210975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza

 


 
 
 
Qishloq xo’jaligi. Xorazm viloyati 2018-yilda O’zbekiston Respublikasi 
qishloq xo’jaligi mahsulotining 6,5 foizini (1999-yilda 8,7 foizini) bergan. 
Agroiqtisodiyot tizimida yetishtirilgan jami mahsulotning 47,4 foizini dehqonchilik 
tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 30,9 foizini fermerlar, 67,8 
foizini dehqon xo’jaliklari ishlab chiqaradi.Viloyat bo’yicha qishloq xo’jaligida 
foydalaniladigan yerlar 229,5 ming ga yoki umumiy maydonning 55,4 foizini tashkil 
qiladi. Sug’oriladigan yerlar 220,6 ming ga bo’lib, bu qishloq xo’jaligida 
foydalaniladigan yerlarning 2/3 qismidan ko’progi demakdir.Alohida qayd etish 
joizki, bu borada, ya’ni yerlardan qishloq xo’jaligida intensiv foydalanish nuqtai 
nazaridan, Xorazm viloyati respublikamizda oldinda turadi. Bog’ot, Gurlan, 
Ko’shko’pir, Urganch, Xonka, Xiva va Yangibozor tumanlarida qishloq xo’jaligida 
foydalaniladigan yerlarning 100 foizi sug’oriladigan dalalardan iborat. Faqat 
Xazorasp tumanida bunday nisbat o’zgacha, xolos. Ushbu tumanning 137,8 ming ga 
qishloq xo’jaligi yerlaridan 28,8 ming gektari sug’oriladigan yerlar hisoblanadi 
Pichanzor va yaylovlar bilan band bo’lgan yer maydoni bu yerda ancha katta-79,1 
%. 
Jami ekin maydoni, barcha toifadagi xo’jaliklar bo’yicha, 210,1 ming ga, shu 
jumladan, fermer xo’jaliklarida 188,6 ming ga, dehqon xo’jaliklarida 39,7 ming ga 
ni tashkil etadi. Donli ekinlar maydoni —122,0 ming ga) Dehqonchilikning yetakchi 
yo’nalishi-paxtachilik 91,5 ming ga maydonni egallaydi. Kartoshka, sabzavot, poliz 
ekinlari birgalikda 23,7 ming gektarni tashkil etadi. Yem-xashak maydoni 19,8 ming 
gektarga tengdir. (2018y). 
Agroiqtisodiy tizimning 2018-yil yakunlari quyidagicha: jami donli ekinlar 
hosili 385,4 ming t bo’lgan,, shundan bug’doy – 259,0 ming t, paxta-224,1ming 
t,kartoshka -115,8 ming t, sabzavot – 568,8 ming t, poliz-123,3ming t, meva 148,2 
ming t.uzum 39,4ming tonna yetishtirilgan. Viloyat bo’yicha (01.01.2019 y.) barcha 
toifadagi xo’jaliklarda 911,8 ming bosh yirik shoxli qoramollar, shundan 345,3 
ming bosh sigirlar, 428,2 ming bosh qo’y va echkilar, 5557,5 ming bosh parranda
mavjud. Bir yilda tirik vaznda 157,9 ming t go’sht, 1012,3 ming t sut, 460,1 mln 
dona tuxum olingan. Taxlillar ko’rsatishicha, yirik shoxli mollar, qo’y va echkilar 
So’nggi yilda ancha ko’paygan. Chunonchi, 2000 yilda viloyatda 447 ming bosh 
yirik shoxli mollar, 218 ming bosh qo’y va echkilar bo’lgan. 
Mintaqaning barcha qishloq tumanlarida boshoqli don, asosan, bug’doy 
yetishtiriladi. Bog’ot, Gurlan, Urganch, Xazorasp, Xonqa, Shovot va Yangibozor 
tumanlarining har birida viloyat g’allasining 10 foizdan ko’prog’i olinadi. 
Sabzavotchilik bo’yicha, eng avvalo, Xiva va Bog’ot, kartoshka yetishtirishda 


Gurlan, Urganch, Xiva va Shovot oldingi o’rinlarda turadi. Bog’dorchilik 
mahsulotining hajmi Shovot va Xivada, uzum yetishtirish Bog’ot tumanida ko’proq. 
Chorvachilik mahsulotlarining geografiyasi o’ziga xos. Go’sht Xazorasp, 
Urganch va Shovotda, sut yetishtirish Urganch, Xazorasp, Gurlan va Xiva
parrandachilik Xiva, Urganch va Xonqa tumanlarida nisbatan rivojlangan. Urganch 
tumani shahar atrofi qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan. Qoramollar soni bo’yicha
ham Urganch tumani yetakchi. Shuningdek, chorvachilikning bu sohasi (sut-go’sht 
chorvachiligi) Xazorasp va Xonka tumanlarida ham birmuncha yaxshi 
ko’rsatkichlarga ega. Qo’y va echkilar soni boshqa tumanlarga qaraganda 
Ko’shko’pir, Bog’ot, Xazorasp va Urganch tumanlarida, parrandachilik Urganch, 
Xonqa, Xiva va Bog’ot tumanlarida ko’proq.

Download 493.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling