11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja
Iqtisodiy rayonning tarkibi
Download 493.71 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik o’rni,tabiiy sharoiti va resurslari.
2.Iqtisodiy rayonning tarkibi:
2.1.Qoraqalpog’iston Respublikasining iqtisodiy geografik tavsifi Qoraqalpog’iston Respublikasi (QR) O’zbekiston Respublikasi tarkibida suveren davlat sifatida 1992-yil 9-yanvarda e’lon qilingan. Poytaxti - Nukus shahri. Uning tarkibiga 15 ta qishloq tumanlari, 12 ta shahar va 26 ta shaharcha, 141ta qishloq fuqarolar yig’inlari va 1130 ta qishloq aholi punktlari kiradi. Maydoni - 166,6 ming km, aholisi – 1948,5 ming kishi (2022 y 1-yanvar). Maydoni, O’zbekiston Respublikasiga nisbatan olganda, 37,1 foizga teng. Respublika aholisi mamlakat aholisining 5,5 foizini tashkil etadi. Mamlakat ichidagi mehnat taqsimotida mintaqa asosan dehqonchilik, xususan, paxta va sholi yetishtirish, jun-go’sht chorvachiligi hamda qisman ozik-ovqat va yengil sanoatning ba’zi tarmoqlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, neft-gaz, kimyo sanoati ham So’nggi yillarda rivojlanib bormoqda.QR O’zbekiston Respublikasi aholisining 5,5 foizini tashkil etgan holda, uning hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilgan YaIMning 3,6 foizi, sanoat mahsulotining 3,6 foizi, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining 3,9 foizi , jami xizmatlar hajmining – 2,9 foizi to’g’ri keladi (2021y) Geografik o’rni,tabiiy sharoiti va resurslari.QR O’zbekistonning chekka shimoli-g’arbida, Quyi Amudaryo mintaqasida joylashgan. Uning O’zbekistonning markaziy rayonlaridan ancha olisda o’rnashganligi mintaqaning iqtisodiy rivojlanish yunalishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu bilan birga, QR ning geosiyosiy mavqei, ya’ni Qozog’iston Respublikasi va Turkmaniston davlati bilan qo’shniligi, O’zbekistonning Yevropa mamlakatlariga chiqish joyida ekanligi uning rivojlanishiga qo’lay imkoniyatlar yaratib beradi. Bu borada u respublikamizning asosiy “darvozasi” hisoblanadi. Qoraqalpog’istonning yer usti tuzilishi murakkab emas; eng baland nuqtasi Sultonuvays tizmasi bo’lib, u dengiz sathidan 473 m balandlikda joylashgan. Sariqamish va Assaka cho’kmalari esa ancha past. QRning g’arbiy qismida Ustyurt platosi (yassi tog’oldi), qolgan hududida Turon pasttekisligi mavjud. Mintaqa turli xil qazilma boyliklarga ega. Bu o’rinda, eng avvalo, Sultonuvays (Sultonuvaystog’) tizmasini ko’rsatish joiz. Maydoni uncha katta bo’lmagan mazkur hududda rangli va qora metallar, qurilish va boshqa sanoat tarmoqlari xom ashyosi ko’p. Ular jumlasiga marmar, ohaktosh, gips, mergel, fosforit, oltin, temir rudasi, mis, qimmatbaho toshlar, barit, talk, abraziv materiallar va boshqalar kiradi. Biroq, bu boyliklarning zahirasi va texnik iqtisodiy jihatlari sanoat ishlab chiqarishini tashkil qilish uchun hali mukammal o’rganilmagan. Ba’zilari esa, masalan, Tebinbulok temir rudasi koni aniqlangan zahiralar kamligi va uning sifat ko’rsatkichlarining yuqori emasligi sababli (rudadagi temirning ulushi 20 foizga ham yetmaydi) hozircha sanoat ahamiyatiga ega emas. QR tog’-kon kimyosi zahiralariga ham boy: Chimboy yaqinidagi Kushqanottov va Qo’ng’irot atrofidagi Borsa-kelmas hamda Qoraumbet kabi konlarda sulfat-magniy, tosh va osh tuzlarining juda katta zahiralari mavjud. Qoraqalpog’istonning Ustyurt qismini tabiiy gaz (Surgil) va, ayniqsa, neft konlariga boy ekanligi bashorat qilinmokda. Hozirgi vaqtda Oqsholoq, Shoxpaxta, Quvonish konlaridan tabiiy gaz qazib olinadi. Kelajakda esa, ushbu yoqilg’i turining yangi yirik konlari topilishi shubhasiz. Shu maqsadda olib borilayotgan geologik qidiruv ishlariga xorijiy kompaniyalar ham jalb qilinmokda.Iqlimi - o’ta kontinental, yillik yog’in-sochin miqdori 90-200 mm atrofida. Albatga, mintaqada qurg’oqchilik keskin sezilib turadi - mumkin bo’lgan bo’g’lanish amaldagisidan 9-10 marta ziyod. Binobarin, Qoraqalpog’iston Respublikasining yer maydoni katta bo’lsa-da (u bu xususda O’zbekistonda birinchi o’rinda turadi), sug’orma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari ancha cheklangan. Shunday qilib, Qoraqalpog’iston Respublikasining tabiiy sharoiti, mineral xom ashyo hamda agroiqlimiy resurslari asosan tog’-kon kimyosi, qurilish va yoqilg’i sanoati, chorvachilik uchun qulayroq. Ayni vaqtda, bu yerda suv zahiralarining yetishmasligi elektr stantsiyalarni qurish, daryo transporti, intensiv sug’orma dehqonchilik va baliqchilikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi. Qoraqalpog’istonning shimoliy hududlari bevosita Orol dengizi bilan tutash. Ma’lumki, ushbu dengiz so’nggi 48-50 yil davomida muntazam ravishda qurib bormoqda va uning qurigan qismida katta maydonda Orolqum paydo bo’lgan. Agar 1964-yilda Orol dengizining maydoni 66,0 ming kv.km.ni tashkil etgan bo’lsa (Qozog’iston qismi bilan birga), 2001- yilda bu raqam deyarli 3 marta qisqarib, 21,1 ming kv. km.ga tushib qolgan. Hozirgi vaqtda esa dengizning maydoni atigi 8,0 ming kv. km.ga yoki 1964- yilgi ko’rsatkichga nisbatan bor-yug’i 13,5 foizni tashkil k;iladi. Shunga mos holda, bu davrda dengizning suv hajmi ham 1083 kub km dan 84 kub km gacha kamaygan. Download 493.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling