11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja
Mintaqa iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududiy tarkibi
Download 493.71 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza
Mintaqa iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududiy tarkibi.Mintaqa iqtisodiyoti
agrar-industrial yo’nalishi bilan tavsiflanadi. Jami sanoat mahsulotining 94-95 foizi, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining 98-99 foizi nodavlat sektoriga to’g’ri keladi. Yalpi hududiy mahsulotning 9,6 foizi sanoat ishlab chiqarishida, 24,4 % qishloq xo’jaligida, 8,3 foizi qurilishda yaratilgan. YaHMning 2/3 qismi kichik biznes ulushiga tushadi. Bu sohada iqtisodiyotda bandlarning 70,0 foizi xizmat qiladi, ularning 2/3 qismiga yaqini xususiy sektorda ishlaydiganlardan iborat. Kichik biznes sub’ektlari jami sanoat ishlab chiqarishning 23,0, qishloq xo’jalik mahsulotining 95,1 foizini ta’minlaydi. Qurilishda ushbu sektorning hissasi 64,9 %, chakana savdoda 45,2 % va nullik xizmatlarda 44,2 %. So’nggi yillarda respublikamizda bozor infratuzilmasini shakllantirish, qo’lay investitsiya makonini yaratish, geoekologik holatni sog’lomlashtirishga katta ahamiyat berilmokda. Eng avvalo, yoqilg’i sanoatiga, ayniqsa, neft-gaz zahiralarini qidirishga katta xajmda xorijiy investitsiyalar kiritilgan. Sanoati. QR sanoati yalpi hududiy mahsulotning 9,6 foizini beradi. Sanoat majmuida qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat va yoqilg’i sanoati kabilar nisbatan yaxshi rivojlangan. Yoqilg’i sanoati QR yalpi sanoat mahsulotining 11,6 %ni, yengil sanoat - 31,6 %, oziq-ovqat- 20,2 %, un-yorma, va omixta yem ishlab chiqarish sanoati 8,8 foizini ta’minlaydi. Bulardan tashqari, kimyo (10 %), qurilish materiallari sanoati ham rivojlanib bormoqda. Keyingi yillarda bu yerda, ya’ni Qo’ng’irot tumanida respublikamiz uchun nihoyatda zarur bo’lgan soda ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona qurildi. Ushbu zavod mahsuloti Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarga ham eksport kilinmokda. Shu bilan birga, kimyogarlar shaharchasi - Elobod ham barpo etildi. Ustyurtda (Surgil gaz koni aosida) respublikamizda ikkinchi gaz-kimyo majmuasi bunyod etilgan, Qorao’zak tumanida loyiha kuvvati 1 mln t. bo’lgan quyi Amudaryo mintaqasida J. Koreya sarmoyalarini jalb qilgan holda, yagona yirik sement zavodi barpo qilingan. 2018-yil yakunlariga kura, mintaqada jami 10911,9mlrd so’mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.2017 yilga nisbatan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 106,2foizga o’sgan. 2018yilda jami sanoat tarmoqlar tarkibida tog’-kon sanoati 3,3foizni, qayta ishlash sanoati 90,2 foizni, mashina va uskunalarni ishlab chiqarish,ta’mirlash sohalariga 2,8, foizi,qolgan tarmoqlarga 3,7 foizi to’g’ri kelgan. QRda shuningdek, 2018 yilda 8288,8 tonna ip kalava, 494,8ming kv.m gazlamalar, 389,8ming kv.m tayyor ip gazlama, 62,5ming juft chulki paypoq, 259,2 tonna trikotaj mato, 1,4 ming juft poyabzal, 3855,9 mln kVt.soat elektrenergiya, 191,6tonna qog’oz va karton, 142,5ming tonna portlandtsement, 104,2mln dona qurilish g’ishtlari ishlab chiqarilgan. QR elektr energetikasi Taxiatosh IESiga asoslangan. Albatga, bu uncha katta bo’lmagan issiklik elektr stantsiyasi Quyi Amudaryo mintaqa iqtisodiyotini jadal rivojlantirish uchun yetarli emas. Shuningdek, qazib olinayotgan neft va gaz kondensati, tabiiy gaz miqdori ham kelajakda ko’payishi kerak (Ustyurt gaz shu’ba korxonasi). Mintaqa iqtisodiyotining istikbolda rivojlanishi Taxiatosh IES kuvvatlarini oshirish yoki mahalliy Yoqilg’i resurslari (gaz) asosida yangi elektr stantsiyani qurishni taqazo qiladi. Mashinasozlik, metallurgiya va o’rmon sanoati yaxshi rivojlanmagan. Mashinasozlik ko’proq qishloq xo’jaligi va yul qurilishi mashinalarini ta’mirlashga ixtisoslashgan. Ayni vaqtda, qurilish sanoati (ohak, marmar, g’isht ishlab chiqarish) birmuncha yuksalmokda. Ushbu tarmoqlarning rivojlanishi qishloq joylarda uy-joy va boshqa ob’ektlarning qurilishi bilan ham bog’liq.Yengil sanoat tarkibida to’qimachilik va paxta tozalash korxonalarining o’rni katta. Qoraqalpog’istonning qator shahar va tuman markazlarida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda to’qimachilik korxonalari qurilgan. Ular mahalliy xom ashyo asosida turli xil xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarmoqda va bu aholi bandligini oshirishga ham ko’mak bermokda. Paxta yetishtiruvchi Beruniy, To’rtko’l, Amudaryo, Ellikqala, Xo’jayli va boshqa tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoatida, asosan, o’simlik yog’i (Xo’jayli, Nukus, Qo’ng’irot, Chimboy, Beruniy), konserva (Nukus) ishlab chiqarishi tovar ahamiyatiga ega. Don mahsulotlari va yemning ko’pchilik qismini «Qorao’zakdon» aktsionerlik jamiyati beradi, un sanoati korxonalari Beruniy, Chimboy, Turtko’lda joylashgan, Ellikqala tumanida yangi aroq zavodi tashkil etilgan. Sanoatning hududiy tarkibi o’ziga xos: taxminan 25,8 foiz sanoat mahsuloti Nukus shahriga, 6,5 foizi Taxiatosh shahriga to’g’ri keladi. Muynok, Xo’jayli, Beruniy, Ellikqala va Amudaryo tumanlarida ham sanoat ishlab chiqarishi birmuncha rivojlangan. Biroq Nukus, Qorao’zak, Taxtako’pir, Shumanoy tumanlarida bu soha rivojlanishi juda sust. Muynoq tumani QR jami sanoat mahsulotining 13,3 %, Xo’jayli -11,0 %, Beruniy 8,3 foizini beradi. Halk iste’mol mollari ishlab chiqarish geografiyasi ham shunga uxshash: bu borada Nukus va Taxiatosh shaharlari qatorida Xo’jayli, Beruniy, Qo’ng’irot tumanlari ajralib turadi. Download 493.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling