11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja


Download 493.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana18.02.2023
Hajmi493.71 Kb.
#1210975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza

Qishloq xo’jaligi. Agroiqtisodiyot tizimida paxta, sholi, go’sht, jun 
mahsulotlarini ishlab chiqarish nisbatan rivojlangan. Mintaqaning qishloq 
xo’jaligini bunday sohalarga ixtisoslashuvi, asosan, uning agroiqlimiy shart-
sharoitlariga bog’liq. 2018-yil yakunlariga kura, QR O’zbekiston Respublikasi 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini 3,6 foizni bergan. qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 
tarkibida dehqonchiliknipg ulushi 45,6%ni chorvachilik ulushi 54,4%ni tashkil 
etadi. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining o’zaro nisbati turli yillarda ob-
xavo sharoitiga qarab o’zgarib turadi. 
Ma’lumki, QR-si katta yer maydoniga ega, ammo suv tankisligi sababli bu 
tabiiy imkoniyatdan foydalanish darajasi past. Jami yer maydonining 32,3 foizidan 
qishloq xo’jaligida foydalaniladi, xolos. O’z navbatida, sug’oriladigan yerlar 
qishloq xo’jaligida foydalaniladigan umumiy yerlarning bor-yugi 9,2 foizini tashkil 
qiladi (lekin miqdor jihatdan respublikamizda oldingi o’rinlarda turadi-480 ming 
ga). Jami qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning 8,1 foizini ekin maydonlari 
va 91,2 foizini pichanzor va yaylovlar egallaydi Qishloq tumanlari miqyosida 
sug’oriladigan yerlar Amudaryo, Qonliko’l, Xo’jayli, Ellikqala va Nukus 
tumanlarida ko’proq. Ularning eng oz miqdori yoki ulushi Qorao’zak, Muynoq, 
Taxtako’pir, Turtko’l tumanlariga mos keladi. 
Qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning 60,0 foizi dehqon 
xo’jaliklarida, qolgan 40,2 foizi fermer xo’jaliklarida yaratiladi. 
2018-yilda qishloq xo’jalik ekinlarining umumiy maydoni 232,2 ming 
gektarpi tashkil etib, shundan 85 ming gektari donli ekinlar 88,6 ming gektari paxta 
bilan band bo’lgan. 2018-yil yakunlari bo’yicha, barcha toifadagi xo’jaliklarda 
246,8 ming tonna don,169,0 ming tonna bug’doy , 159,9 ming tonna paxta, 70,3 
ming tonna kartoshka, 253,0 ming tonna sabzavot, 134,4 ming tonna poliz 
mahsulotlari, 49,4 ming tonna mevalar, 7,6 ming tonna uzum yetishtirilgan. Biroq 
ta’kidlash joizki, bu yerda agroiqtisodiyot tizimining hosildorligi past. Mintaqa 
Xorazm viloyati bilan birgalikda O’zbekistonning asosiy sholi yetishtiradigan rayon 
hisoblanadi (Qoraqalpog’istonda 100 ming tonna atrofida). Qoraqalpog’iston 
nafaqat O’zbekistonda, balki butun jahonda ham paxta yetishtiradigan eng shimoliy 
hudud sanaladi. 




Qoraqalpog’istonda yaylov chorvachiligi rivojlangan, yem-hashakdan asosan 
beda yetishtiriladi. Umuman, beda yetishtirish bu yerda katta va an’anaviy 
ahamiyatga ega. Sobiq Ittifok davrida Chimboy o’zining bedachiligi bilan mashhur 
bo’lgan. 2019-yil 1-yanvar holatiga kura, Qoraqalpog’istonda 12814,1 ming bosh 
yirik shoxli qoramol, 4626,0 bosh sigirlar, 21580,5 ming bosh qo’y va echkilar 
boqilgan. 2018-yilda 2430,5 ming tonna go’sht (tirik vaznda), 10466,4 ming t sut 
7459,3 mln. dona tuxum, olingan. 
Qishloq xo’jaligi sohasi bo’yicha Ellikqala, Beruniy, To’rtko’l va Amudaryo 
tumanlari oldinda. Ellikqala tumani 14,1 %, To’rtko’l - 13,5 % , Beruniy - 14,2 %, 
Amudaryo - 13,1 % Qoraqalpog’iston agrar soha mahsulotini tayyorlab beradi. Ayni 
vaqtda, Mo’ynoq tumanida makroiqtisodiyotning bu tarmog’i sust rivojlangan. 
G’alla yetishtirish Ellikqala, To’rtko’l va Amudaryo tumanida yaxshi yulga 
quyilgan. Bu uch tuman hissasiga QRda olingan boshoqli don hosilining 40,1 foizi 
to’g’ri keladi. Paxtachilikka esa, asosan, suv bilan yaxshi ta’minlangan janubiy 
rayonlar ixtisoslashgan. Sabzavot mahsulotlari hosili bo’yicha Nukus (Nukus 
aglomeratsiyasi doirasida) hamda Amudaryo, Beruniy, To’rtko’l va Ellikqala 
tumanlari yetakchi. Birgina Nukus tumaniga QRda olingan sabzavotning 28,4 foizi 
to’g’ri keladi. Kartoshka ham asosan Amudaryo tumanida ko’proq ekiladi. 
Chorvachilik sohasida, yirik shoxli qoramollar soniga kura Beruniy, 
To’rtko’l, Amudaryo, Ellikqala tumanlari oldinda turadi. Qo’y va echkilar soni 
bo’yicha esa Qorao’zak, Ko’ng’irot, Taxtako’pir, To’rtko’l, Ellikqala tumanlari 
ajralib turadi. Qoraqalpog’istonda ijtimoiy sohalar ham rivojlanib bormoqda. 
Ushbu muammo Orolbuyi mintaqasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash mintaqaviy 
dasturi doirasida hal etilib borilmokda.

Download 493.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling