11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja


Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari


Download 493.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana18.02.2023
Hajmi493.71 Kb.
#1210975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza

Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. 2018-yilda temir yo’llarning 
uzunligi 928,4 kmni tashkil etgan.Ushbu yilda temir yo’l transporti orqali 
2531,5ming tonna yuk va 550,4 ming nafar yo’lovchi tashilgan. Qattiq qoplamali 
avtomobil yo’llarining uzunligi 4187km bo’lib, 26,4mln tonna yuk, 132,7 mln nafar 
yo’lovchi tashilgan. Qoraqalpog’iston xududidan O’zbekistonni Rossiya bilan 
bog’lovchi Taxiatosh - Beynov temir yuli o’tadi. Shu bilan birga, keyingi yillarda 
Nukus - Chimboy temir yuli ham qurilib ishga tushirilgan. Ayni vaqtda, Uchquduq 
- Miskin - Nukus temir yulining qurib ishga tushirilishi mamlakatimiz transport 
mustaqilligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi Bu borada Nukus - 
Beynov magistral avtomobil yulining qurilishi, respublikamizda qabul qilingan 
maxsus Davlat dasto’rining amalga oshirilishi ham katta mazmun kasb etadi.Tashqi 
savdo aylanmasi 2018-yilda 742,0 mln AQSh dollariga teng, shu jumladan, eksport 
– 457,8 va import – 284,2 mln. dollar bo’lgan. Eksportning 83,1 foizi paxta tolasiga 
to’g’ri keladi, importda esa mashina va uskunalar (62,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari 
(8,3 %) asosiy o’rinlarni egallaydi Ta’kidlash lozimki, paxta tolasining eksportdagi 


ulushi yildan-yilga kamayib bormoqda. U 1998-yilda jami eksport qiymatining 92,6 
foizini, 1999-yilda 86,5 foizini tashkil qilgan. Iqtisodiy aloqalar Hamdo’stlik 
mamlakatlari va qisman “uzoq xorij” davlatlari bilan olib boriladi (Rossiya, Ukraina, 
Xitoy, Bangladesh va boshqalar). 
2.2.Xorazm viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi 
Viloyat 1938-yilda O’zbekiston Respublikasi tarkibida tashkil topgan. 
Hozirgi kunda u Bog’ot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiarik, 
Yangibozor, Ko’shko’pir va Xazorasp qishloq tumanlarini o’z ichiga oladi. Shu 
tartibda viloyat maydoni 6,05 ming km va bu jihatdan u respublikada faqat Sirdaryo 
va Andijon viloyatlaridan kattaroq, xolos. Aholisi, 2022-yil 1-yanvar holatiga kura, 
1924,2 ming kishidan iborat. Ma’muriy markazi - Urganch shahri. 
Viloyat ma’muriy-hududiy bo’linishi geografik jihatdan o’ziga xos. Bu 
ko’pchilik qishloq tumanlari maydonining deyarli bir xilligida ko’rinadi. Faqat 
Hazorasp tumanining hududi (asosan, Amudaryoning o’ng qirg’og’i hisobiga) 
birmuncha katta bo’lib, u mintaqa jami maydonining 34,0 foizini tashkil qiladi. Eng 
katta va eng kichik qishloq tumanlari orasidagi farq yoki geografiylik koeffitsienti 
6,1 ni tashkil qiladi.
Ko’rinib turibdiki, bu farq mamlakatimizning boshqa mintaqalariga 
qqaraganda ancha kichik. Biroq, Xorazm hududi jihatidan uncha katta bo’lmasada, 
uning iqtisodiy salohiyati ancha yuqori. Respublika hududiy mehnat taqsimotida, u 
o’zining intensiv qishloq xo’jaligi, yengil va oziq- ovqat sanoati bilan ajralib turadi. 

Download 493.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling