11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja


Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari


Download 493.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana18.02.2023
Hajmi493.71 Kb.
#1210975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza

Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari.Viloyat Amudaryoning quyi 
qismida, 
O’zbekiston 
Respublikasining 
shimoli-g’arbida 
joylashgan, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi va janubda Buxoro viloyati bilan, g’arbda va janubi-
g’arbda Turkmaniston davlati bilan chegaradosh. Hududining asosiy qismi 
Amudaryoning so’l sohilida joylashgan. Amudaryo boy tarix va madaniyatga ega 
bo’lgan Xorazm taqdirida katta rol uynagan. Nil daryosi qadimgi Misr uchun 
qanchalik ahamiyatli bo’lgan bo’lsa, Amudaryo (Oks) ham Xorazm o’lkasi uchun 
shunchalik muhim bo’lgan. Binobarin, bu daryo Xorazm viloyati va qo’shni 
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy tarixiy geografik omili 
hisoblanadi. Shu o’rinda aytish joizki, bu hududning qadimgi madaniyati, tili va 
mentalitetinipg saqlanib qolishi ko’p jihatdan uning geografik o’rniga ham bog’liq
bo’lgan. Xorazm mintaqasining chor atrofi cho’llar bilan o’ralganligi uning ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. 
Xorazm hududini Turkmanobod - Toshhovo’z - Beynau temir yuli kesib 
o’tadi. Bu uning Turkmaniston, Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa 
davlatlar bilan aloqa qilishida ancha qo’layliklar tug’diradi. Ammo, viloyatning 
ekologik-geografik o’rni, ya’ni uning Orol dengiziga yaqinligi, ushbu mintaqada 
vujudga kelgan ekologik vaziyat ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishga noqulaylik 


tug’diradi.Viloyat yer usti tuzilishi murakkab emas, uning hududi Turon 
pasttekisligiga kiradi. Yer sathining nisbatan balandligi daryodan uzoqlashgan sari 
janubga tomon biroz ko’tarilib boradi. Bunday geomorfologik holat va u bilan 
bog’liq yer osti suvlarining joylanishi aholi manzilgohlari va xo’jalik tarmoqlarining 
hududiy tashkil etish xususiyatlarini belgilab beradi. 
Xorazm hududining geologik tuzilishi, ayni vaqtda, uning qazilma 
resurslariga boy emasligidan ham darak beradi. Darhaqiqat, bu yerda ko’zga 
ko’rinarli qazilma boyliklar topilmagan (ehtimol, uning janubiy va o’ng qirg’oq 
qismida kelajakda yoqilg’i resurslari, jumladan, tabiiy gaz konlari aniqlanishi 
mumkin). Viloyatda mineral xom ashyo va yoqilg’i resurslarining o’ta tanqisligi 
og’ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga to’sqinlik qiladi. Bu yerda g’isht-
cherepitsa xom ashyosi (Shovot, Pitnak b.), qum (Xiva, Qorako’l) bor, xolos.Iqlimi 
- kontinental, namgarchilik kam. Shu sababli qadimdan bu hududda dehkonchilik 
asosan suv, sug’orish inshootlari bilan bog’liq bo’lgan. Hatto hozirgi kunda ham 
iqlimning 
quruq kelishi, Amudaryoda suvning kamayishi sug’orma
dehqonchilikdan tashqari, elektr energiyasini ishlab chiqarishga, daryo transporti 
faoliyatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Qadimdan tashkil topgan sug’orma dehqonchilik 
(chig’iriq) madaniyati, suvdan samarali foydalanish, irrigatsiya infratuzilmasi - 
kanal va ariqlar mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasining asosi hisoblanadi 
Umuman olganda, Xorazm viloyati iqtisodiyotining rivojlanishi ko’p jihatdan 
agroiqlimiy va mehnat resurslarga, suv zahiralari, Orolbuyi mintaqasi ekologik 
muammolarini hal qilishga hamda qo’shni hududlar bilan iqtisodiy integratsiya 
qilishiga bog’liq. 

Download 493.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling