11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja
Aholisi va mehnat resurslari
Download 493.71 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza
Aholisi va mehnat resurslari. Xorazm viloyatining eng katta boyligi uning
mehnatsevar xalqidir. Viloyat aholisi 1989-2014- yillarda o’rtacha 2,70 foizdanga ko’payib borgan. So’nggi yillarda aholi soni yiliga 30-33 ming kishidan yoki 1,80- 2,00 foiz atrofida ortib bormoqda. Uning joylashuvida qo’shni Qoraqalpog’istonga o’xshash katta hududiy tafovutlar yuq. Viloyatda 2019 yilning 1-yanvar holati bo’yicha 1835,7 nafar kishi istiqomat qilgan.O’rtacha zichlik 1 km ga 303,4 kishini tashkil etgan. Xorazm hududining asosiy qismi bir tekis o’zlashtirilgan, ijtimoiy-iqtisodiy va qishloq tumanlarining demografik sig’imi ancha yuqori.Viloyatda urbanizatsiya darajasi past - 33,2 foiz aholi mavjud 3 shahar (Urganch, Xiva va Pitnak) hamda 58 shaharchada yashaydi. Urbanizatsiya ko’rsatkichi hamda shaharlar soni bo’yicha u eng oxirgi o’rinda turadi. Ma’muriy markazi - Urganchda 141,7 ming, “ikkinchi” shahar - Xivada 90,7 ming kishi istiqomat qiladi. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi doirasida jami 51 ta qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berildi. Eng ko’p yangi shaharchalar Gurlan va Xiva tumanlarida tashkil etildi. Gurlan tumanida ular Yormish, Qarg’alar, Bo’zqala, Do’simbiy, Taxtako’pir, Nukusyop, Markaziy Guliston, Chakkalar, Xiva tumanida - Parchanxos, Suvitliyop, Yuqoriqum, Tozabog’, Usta Xo’jamad, Gullanbog, Sho’rqaladan iborat. Yangiariq, Shovot, Ko’shko’pir, Bog’ot tumanlarida ham bunday shaharchalar soni ko’proq - har birida 5-6 tadan. Eng kam yangi shaharchalar Yangibozor tumanida (Yangiyop va Mang’itlar). Aholi soni bo’yicha nisbatan yiriklari Yangiariq va Bog’ot tumanlarining ma’muriy markazlari bo’lib, ularda, mos ravishda, 11,8 va 10,4 ming kishidan aholi yashaydi. So’nggi yillarda vujudga kelgan qishloq urbanizatsiyasi, umuman olganda, ijobiy xususiyatga ega bo’lib, u, ayni vaqtda, ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Bu borada asosiy masala yangi shaharchalarda shaharga xos va mos iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirishdir. Yangi shaharchalarning paydo bulishi bilan viloyat qishloq aholi punktlarining tarkibida ham o’zgarishlar yuz berdi: qishloqlar soni kamaydi, ularning o’rtacha aholi ko’rsatkichi pasaydi, asosan mayda va o’rta kattalikdagi aholi punktlari qishloq joylar geografiyasi va demografiyasini belgilab beruvchi omilga aylandi. Aholi sonining o’sishida uning tabiiy harakatining roli katta. Tug’ilish har ming kishi hisobiga 2018-yilda viloyat bo’yicha 22,0, o’lim 4,5 kishiga, tabiiy ko’payish esa 17,5 promillega teng bo’lgan. Tug’ilish koeffitsienti geografiyasida uncha katta farq sezilmaydi; Shovot tumanida 24,5 %o, Xivada 24,1 %o, nisbatan past Yangiariq tumanida - 21,3 %o. Urganch shahrida u 19,6 promilleni tashkil qiladi. Shu bilan birga, viloyat markazida o’limning umumiy darajasi kattaroq - 6,8 promille. Birmuncha past ko’rsatkichlar Hazorasp, Shovot va Bog’ot tumanlarida kuzatiladi. Viloyatda aholi migratsiyasi respublikaning boshqa hududlariga qaraganda ancha sust. Masalan, 1997-yilda viloyat shahar joylariga atigi 360 kishi kelgan va bu yerdan 1980 kishi ketgan (migratsiya qoldig’i minus 1621); 1998-yilda bu ko’rsatkichlar yuqoridagilarga mos holda 1890; 3680 va minus 1790 kishini tashkil qilgan. 2018yilda viloyatda tabiiy o’sish 31900 nafar kishini, migratsion o’sish - 1144 kishi, aholining umumiy o’sishi 30756 nafar kishini tashkil etgan.Eng so’nggi ma’lumotlar ham viloyat qishloq tumanlarida aholi migratsiyasi mamlakatning boshqa hududlariga qaraganda ancha pastligini ko’rsatadi. Download 493.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling