11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja
Mintaqa iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududiy tarkibi
Download 493.71 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza
Mintaqa iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududiy tarkibi.Xorazm viloyati
ikgisodiyoti agrar-industrial yunalishga ega. Viloyat O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining 3,7 foizini, sanoat mahsulotini 3,0 va qishloq xo’jaligini 6,4 foizni beradi (2021y). Bu yerda, eng avvalo, agrosanoat majmui yaxshi tashkil etilgan. Yalpi hududiy mahsulotning 5,5 foizi sanoatga, 35,9 foizi qishloq xo’jaligi, 9,6 foizi transport va aloqa, 7,0 % qurilishga, 7,2 foizi savdo va umumiy ovqatlanishga to’g’ri keladi. Hududiy mehnat taqsimotida viloyat yengil va oziq-ovqat sanoatiga, qishloq xo’jaligida esa paxta va sholi yetishtirishga ixtisoslashgan. Jumladan, kichik biznes va tadbirkorlikka katta ahamiyat berilgan. Yalpi hududiy mahsulotning 73,8 foizi ayni ushbu sektor hissasiga tushadi. Bu sohada jami band bo’lgan aholining 79,2 foizi ishlaydi. Kichik biznes sub’ektlari sanoat mahsulotining 35,8 foizini ta’minlaydi; mintaqa iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning deyarli yarmi ham shu sektorga to’g’ri keladi. Umuman olganda, qishloq xo’jalik mahsulotinish- 95,9 foizini, qurilishning 77,6 foizini, pullik xizmatning 49,8 va chakana savdoning 39,8 foizini kichik biznes beradi. Sanoati. Xorazm viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibi unchalik murakkab emas (masalan, Toshkent va Farg’ona viloyatlariga taqqoslaganda). Birgina yengil sanoat yalpi sanoat mahsulotining 40,8% ni, oziq-ovqat sanoati 24,0 fozini (ikki tarmoq hissasi 64,8 %), un-yorma va omixta yem sanoati 17,4 % ni ta’minlaydi. Mustaqillik yillarida viloyatda sanoat ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga o’sdi. Bu borada u Andijon va Buxoro viloyatlari bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida ajralib turadi. Viloyatda 2018 yilda 22672,1 tonna ip kalava,17323,2 ming kv.m gazlamalar, 11277,0 ming kv.m tayyor ip gazlama,13241,2 ming juft chulki paypoq, 1480,6 tonna trikotaj mato, 150,6 ming juft poyabzal, 136,3 mln kVt.soat elektrenergiya, 709,1tonna qog’oz va karton, 160,3 mln dona qurilish g’ishtlari ishlab chiqarilgan. Aholi sonining ortib borishi xalq iste’mol mollarini ko’proq ishlab chiqarishni taqoza etadi. Halk iste’mol mollarining 2/3 qismini oziq- ovqat, 1/4 qismini nooziq- ovqat mahsulotlari tashkil qiladi.Keyingi yillarda viloyatda trikotaj, non va non mahsulotlari, omixta yem, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish o’sib bormoqda. Ayni vaqtda, sanoat majmuida og’ir sanoat, xususan yoqilg’i-energetika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qora va rangli metallurgiya sust rivojlangan. Bu yerda faoliyat ko’rsatayotgan Tuyamuyin SESi yagona elektr energiya ishlab chiqaruvchi manba sanaladi. Demak, mintaqa sanoati tarmoqlar tarkibini modernizatsiya qilish va boyitish, korxonalarni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, mavjud xom ashyo va mehnat resurslaridan samarali foydalanish muhim muammolar sirasiga kiradi.Ko’rinib turibdiki, viloyatda qishloq xo’jaligi va aholi extiyoji bilan bog’liq sanoat tarmoqlari ko’proq rivojlangan. Yengil sanoat, jumladan, to’qimachilik Urganch, Gurlan va Xonqada, gilam ishlab chiqarish Xivada yulga quyilgan Xiva gilam kombinati O’zbekiston bu turdagi sanoat korxonalarining yirigi hisoblanadi Aksariyat qishloq tuman markazlarida paxta tozalash korxonalari mavjud. Oziq-ovqat sanoati esa Urganch, Xazorasp, Xonqa va boshqa shaharlarda nisbatan rivojlangan; Xonqada yirik don mahsulotlari kombinati bor. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar firmalari ishtirokida qator sanoat korxonalari kurilib ishga tushirilgan. Masalan, Xitoy texnologiyasi yordamida Urganchda “Xorazm ipagi” to’qimachilik korxonasi, Buyuk Britaniya asbob- uskunalari bilan jihozlangan Bog’otdagi tibbiy paxta (momiq) ishlab chiqaruvchi fabrika, Xonqada ip-kalava va ip-gazlama ishlab chiqaruvchi korxona, “Gurlantekstil”,”Shovottekstil” AJ kabilar shular jumlasidandir. Xiva gilam kombinatiga Germaniyadan asbob- uskunalar keltirilgan, Bog’otda shisha ishlab chiqarilmokda. Hazoraspda respublikamizda yagona - “Xorazmshakar” korxonasi mavjud. Yuqoridagilardan tashqari viloyatda g’isht zavodlari ham ko’p.Tahlillar ko’rsatishicha, sanoatining hududiy tarkibi ham uncha rivojlanmagan. Bu borada, eng avvalo, viloyat ma’muriy markazi - Urganch yetakchilik qiladi. Mavjud ma’lumotlar bo’yicha, Urganch shahri viloyat jami sanoat mahsulotining 27,7 foizini, iste’mol mollarini 46,8 foizini beradi. Sanoat ishlab chiqarish hajmiga kura Xonqa, Xazorasp, Bog’ot va Shovot tumanlari ham birmuncha ajralib turadi, eng past ko’rsatkich Yangibozor tumanida qayd etiladi. Sanoatni hududiy tashkil etish bo’yicha Xorazm viloyatida faqat Urganch sanoat tugunini belgilash mumkin. Qolgan shahar va shaharchalar esa ko’proq sanoat punktlari, ayrimlarigina sanoat markazi (Xiva, Gurlan va b.) hisoblanadi Sanoat ishlab chiqarilishini texnologik jihatdan tashkil etishda, asosan, o’zaro bog’liq agroindustrial energiya ishlab chiqarish sikl shakllangan, xolos. Binobarin, viloyatda sanoatning tarmoqlar va hududiy tarkibi ham sust rivojlangan.2014-yilda Hazorasp tumanida “Damas” avtomobilini ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushirildi. Bu esa, viloyatda og’ir sanoat tarmoqlari rivojlanishini ta’minladi. Download 493.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling