11-mavzu: Rasmiy – idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari


Download 339.74 Kb.
bet24/31
Sana16.06.2023
Hajmi339.74 Kb.
#1510644
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
11-mavzu. (1)

TAVSIYANOMA

Tavsiyanoma ham bir shaxs yoki xodim haqida ma’lumot beradigan, uni biron lavozim yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotga a’zo bo‘lishga tavsiya etadigan rasmiy hujjat. Unda xodimning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlari, ishga munosabati va faollik darajasi, siyosiy savodxonligi va axloqi singari jihatlar aks etgan bo‘ladi. Eng muhimi, xodimni ma’lum lavozimga tavsiya etish bilan birga, ma’lum ma’noda uni kafillikka ham oladi. Uning mas’uliyatli tomoni ham shunda. Tavsiyanoma matn oxirida uni bergan kishi tomonidan imzolanadi. Namuna:


TAVSIYANOMA
Men, Tojiboyev Akram, 1937 yilda tug‘ilganman, hozirda Xalqaro «Navro‘z» xayriya jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi bo‘lib ishlayman.
Karimov Suyun Amirovichni 1981 yildan beri yaxshi bilaman. U chuqur bilimli, yuksak madaniyatli olim. O‘zining oila a’zolari, kasbdoshlari, mahalladoshlari bilan munosabatlarda samimiy, kamtar va shirinsuxanligi bilan ajralib turadi. U Bog‘ishamol tumanidagi Bog‘itemur mahallasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol qatnashadi.
S.A.Karimov o‘z shaxsiy manfaatlaridan xalq va davlat manfaatlarini ustun ko‘rishligini ko‘pchilik yaxshi biladi va tasdiqlaydi. U har qanday mas’uliyatli vazifani a’lo daraja bajarishiga to‘la ishonaman.
_______________ A.Tojiboyev
2002 yil 18 iyun


TAKLIFNOMA

O‘tkazilayotgan biron bir tadbir haqida axborot beruvchi va unga taklif etuvchi xat. U Taklifnoma degan so‘z, taklif qilinayotgan kishining ismi familiyasi taklif qiluvchi tashkilot yoki muassasaning nomi tadbirning mazmuni, ya’ni qanday tadbirga taklif etilayotgani uning o‘tkazilish sanasi va joyi ko‘rsatiladi hamda tadbirni tashkil etgan tashkilot yoki muassasaning nomi qayd etiladi. Ba’zan Tashkiliy qo‘mita deb yozib qo‘yilishi ham mumkin. Masalan:


TAKLIFNOMA
Muhtaram (a)________________
Sizni 2002 yil 25 yanvar kuni Samarqand Davlat universitetida o‘tkaziladigan «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyaga taklif etamiz.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15. SamDU bosh binosi.
Konferensiya kun tartibi:


1. Konferensiya ishtirokchilarini kutib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish - 8.00. - 9.00.
2. Universitet bilan tanishtirish - 9.00. - 10.00.
3. Konferensiya yalpi yig‘ilishining ochilishi va davom etishi - 10.00.- 12.00.
4. Tushlik - 12.00. - 13.00.
5. Sho‘balar yig‘ilishi - 13.00 - 18.00.
Tashkiliy qo‘mita

Download 339.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling