11-mavzu: Rezbaning asosiy elementlari
Download 62.22 Kb.
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
11-mavzu: Rezbaning asosiy elementlari Har qanday rezba o’zining quyidaga asosiy elementlari: profili, profilning burchaga va balanddigi; qadami; rezbaning tashqi, o’rta va ichki diametrlari bilan farqlanadi (257-rasm). Rezba profilini vint yoki gaykaning o’qi bo’ylab kesilganda ko’rish mumkin. Uning chiviqqa bir marta to’liq o’ralishini rezba ipi yoki o’ram deb ataladi. Rezba qadami orasida hosil bo’lgan bur-chak—profil burchagidir. Metrik rezbada bu burchak 60°, dyuymli rez-bada 55° ni tashkil qiladi. P rofil asosi bilan uning uchigacha bo’lgan oraliqni rezbaning balandligi yoki chuqurligi (Н) deb ataladi. Yonma-yon joylashgan ikki o’ramning rezba o’qi bo’ylab o’lchangan uzunligi rezbaning qadami deb ataladi. Metrik rezbalarda qadam millimetrlarda, dyuymli rezbalarda esa bir dyuymga to’g’ri kelgan rezba «ip»lari soni bilan ifodalanadi. R ezbaning tashqi diametri (d) rezbali sirtga tutashgan rezba kesilmagan silindrsimon chiviq diametridir. Boltlarda tashqi diametr rezba pro-filining uchidan, gaykada esa chuqurchadan o’lchanadi. Rezbaning ichki diametri (d 1) deb silindrning rezbali sirti diametriga aytiladi. Boltlarda ichki diametrlar rezba chuqurchasidan, gaykalarda esa rezba profilining uchidan o’lchanadi. NAZORAT SAVOLLARI Rezba profili deganda nimani tushunasiz? Rezba profili, profil balandligi, rezba qadami, tashqi va ichki diametrlarini ta’riflang. Foydalanilgan adabiyotlar 1. J.R.Kulmuxamedov. Chilangarlik ishlari. -Toshkent: O’qituvchi, 2003. 2. Chilangarlik ishlari buyicha amaliy ishlar. -M.: VO’sshaya shkola, 1999. 3. Spravochnik molodogo slesarya po texnicheskomu obslujivaniyu i remontu avtomobiley. -M.: 1989. 4. V.M.Berkov. Texnik O’lchov. (albom) -M.: VO’sshaya shkola, 1983. 5. N.I.Maknenko. Chilangarlik ishi umumiy kursi. -M.: VO’sshaya shkola, 1998. 6. V.S.Starichkov. Slesarlik ishlari buyicha amaliyot. -M.: Mashinostroyeniye, 1983. 7.V.A. Skakun. Chilangarlik ishiga O’rgatish buyicha qo’llanma. -M.: VO’sshaya shkola, 1982. Download 62.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling