11-mavzu: shaxsning emotsional jabhasi (2 soat)
Download 27.71 Kb.
|
11-MAVZU. SHAXSNING EMOTSIONAL JABHASI
3. Sezgi, emotsiya va ong.
Emotsional holatning keyingi turi – bu emotsiyalarning o‘zi. Emotsiyalar affektlardan davomiyligi bilan farq qiladi. Ularning boshqa alohida qirrasi faqat joriy voqealarga emas, balki, taxminiy yoki yodga olinadiganlarga nisbatan ham ta’sirlanish hisoblanadi. Emotsiyalarning mohiyatini tushunish uchun tashqi muhitning jism va hodisalarining ko‘pchiligi his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatib, ularda murakkab, ko‘p qirrali emotsional hissiyotlar va sezgilar va bir vaqtning o‘zida ham zavqlanish, ham qoniqmaslikda ifodalanadi, sezgilarni keltirib chiqarishlari mumkin. Bundan tashqari, ko‘pchilik vaziyatlarda, bir tomondan, qandaydir zo‘riqish sezgilari, ikkinchi tomondan, hal etish, yoki engil tortish yuzaga keladi. Faoliyatning keskin damlarida, qaror qabul qilishning mas’uliyatli daqiqalarida qiyinchiliklarni bartarf etishda biz zo‘riqishni his etamiz. U yaqqol ko‘zga tashlanadigan faol xususiyatga ega bo‘lib, faoliyat ob’ektiga e’tiboning kuchayishi, aqliy va jsmoniy kuch to‘plash, harakatga chanqoqlik, bizni o‘rab oladigan alohida hayajon bilan birgalikda kechadi. Emotsional jarayonlarning boshqa xildagi iodalanishi qo‘zg‘alish va tinchlanish hisoblanadi. Qo‘zg‘algan emotsional holat, odatda, faol xususiyatga ega bo‘lib, faoliyat yoki unga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq. Tinchlanish faoliyatning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lsada, undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Harakat faolligiga ta’sir ko‘rsatishga qarab, emotsiyalar stenik va astenik turlarga bo‘linadi. Stenik emotsiyalar va sezgilar faol harakatga undaydi, inson kuchlarini to‘playdi. Xuddi shunday, quvonch va ilhomlanish hislari insonni energiyaviy faoliyatga rag‘batlantiradi. Astenik emotsiyalar insonni bo‘shashtiradi, faolligini pasaytiradi, faoliyatni to‘xtatadi. Kayfiyat – bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi, hulq-atvorni bezovchi emotsional holat. Uni individning shaxsiy tomonlarini, asosiy hayotiy hissiyotlarini, ishiga nisbatan muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik, qulay yoki noqulay sharoit, odamlar munosabatlaridagi madaniyat darajasi, ichki holat kabilarni qamrab oluvchi ta’sirlar keltirib chiqaradi. Kayfiyatda hissiyotlar va sezgilarning rag‘batlantiruvchi vazifasi, ularning inson faoliyatiga ta’siri namoyon bo‘ladi. Kayfiyat ijobiy yoki salbiy, ma’lum jadallik, ifodalanish, zo‘riqish va barqarorlikka ega bo‘lishi mumkin. Emotsiyalar va sezgilar ta’siridagi psixik faollikning eng yuqori darajasi ko‘tarinkilik, eng quyisi – apatiya deb ataladi. Psixik faoliyatning salbiy ta’sirlar tomonidan sezilarsiz darajada o‘zgarishi izdan chiqish holatidir. Insonning emotsional barqarorligi turli emotsiogen ta’sirlarga nisbatan hulq-atvorining turg‘unligida ifodalanadi. Qiyinchiliklarga nisbatan barqarorlik, boshqa odamlar hulq-atvoriga nisbatan bardoshlilik tolerantlik ( lot. – bardosh) deb ataladi. Inson fikrlari va harakatlari yo‘nalishini belgilab beruvchi barqaror, chuqur va kuchli his ehtiros deb ataladi. Ehtiroslarning asosiy belgisi ularning amaliy natijaga ega bo‘lishi, irodaviy va emotsional holatlarning yagonaligidir. Ehtiros insonni hislar ob’ekti haqida astoydil o‘ylashga, ular asosidagi ehtiyojlarning qondirilishini to‘laqonli va yaqqol tasavvur etishga, bu qondirilish yo‘lida haqiqiy yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘siq va qiyinchiliklarni xayol qilish va har tomonlama o‘ylashga majbur qiladi. Ehtiroslar turg‘unligi, vaqt bo‘yicha insonga egalik qilish davomiyligi bilan xarakterlanadi. SHaxsning olamga nisbatan chuqur tanlangan munosabatining ifadalanishi sifatida ehtiroslar ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Turli sezgilar (hidlar, ranglar, tovushlar va h.k.) biz uchun yoqimli, neytral yoki yoqimsiz bo‘ladi. Hissiy ton. Hissiyot ko‘pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning o‘ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo‘ladi. YOqimli suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko‘ngildagi mashg‘ulot, hushchaqchaq sayohat, og‘ir ish kabilar. Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag‘ishlaydi. Emotsional javob – jismli muhitdagi joriy o‘zgarishlarga nisbatan operativ emotsional ta’sirlanish. Go‘zal manzarani ko‘rib qoldingiz – emotsional javob yuzaga keldi. Bu javob insonning emotsional qo‘zg‘aluvchanligi, emotsional tonusi bilan belgilanadi. Emotsional javobning turlaridan biri sintoniya – boshqa odamlar emotsional holatini birga qayg‘urish – insonningmuhim ijtimoiy sifati hisoblanadi. Nizoli asosidagi emotsional holatlarga stress, frustratsiya, affekt kiradi. Download 27.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling