11-Mavzu: Tarbiya darslarida o’quvchini o’z ustida ishlash jarayoni


Download 55.5 Kb.
bet2/3
Sana13.05.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1457972
1   2   3
Bog'liq
11-Mavzu

O’z-o’zini bilish:
a) o’zini kuzatish.
b) o’z harakatlarini tahlil etishi.
v) o’z-o’zini sinashi.
g) o’rtoqlarining fikrini tushuna olish
O’ziga baho berish:
a) o’zini kuzatish.
b) o’ziga xarakteristika berish.
v) o’z-o’zini taqdirlash.
O’z-o’zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustakillikka undaydi. O’z shaxsiy fazilatlarini tahlil qilishga, xatti-harakatlarini o’ylashga o’rgatadi. O’z-o’zini nazorat qilish uchun o’zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishini kuzatib boradi. O’z-o’zini baholash o’qituvchini, o’z imkoniyatlarini baholashda, o’zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi.
O’qituvchi uz-uzini tarbiyalash bilan birga o’z ustida tinmay ishlab, o’zining g’oyaviy-siyosiy ongini doimiy ravishda o’stirib va pedagogik mahoratini takomillashtirib boradi.
M.I.Kalinin o’qituvchilarga qarata shunday degan edi: «O’qituvchi o’zini butun kuch-quvvatini, imkonini, o’zida bor hamma qimmatbaho narsalarni o’z o’quvchilariga, xalqqa beradi. Ammo, o’rtoqlar, agar siz o’zingizda bor narsalarning hammasini bugun, ertaga, indinga bersangiz-u, lekin o’zingizda bunda o’z bilimlaringizni , o’z kuchingizga, o’z quvvatingizni yana va yana to’ldirib bormasangiz, u holda o’zingizda hech narsa qolmaydiku, axir. O’qituvchi, bir tomondan, o’zida borini beradi, ikkinchi tomondan, xuddi gubka kabi o’ziga xalqdan, hayotdan, fandan hamma yaxshi narsalarni olib hazm qiladi va bu hamma yaxshi narsalarni yana yangidan bolalarga beradi».
Ilg’or o’qituvchi hamma vaqt pedagogika sohasidagi yangiliklarni bilishga intiladi, boshqa o’qituvchilarning tajribalaridan foydalanishga hamda o’z shaxsiy tajribalaridan foydalanishga, hamda o’z shaxsiy tajribalarini umumiylashtirishga harakat qiladi.
Agar shaxs izlansa, o’z qobiliyatlari ustida ishlasa, o’zidagi yaxshi fazilatlarni kamol toptirsa, uning obro’si, mavqei ham shu darajada yuksaladi va doimo el nazarida bo’ladi. Ukituvchi uzida kuzatuvchanlikni, gamxurlikni tarbiyalashi lozim. O’qituvchining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirishi zaruriy shartlardandir. Sharq mutafakkirlari o’qituvchi o’zi o’qib tursagina – o’qituvchi bo’la oladi, agar o’qishni to’xtatib qo’yar ekan, unda o’qituvchilik ham o’ladi, deb haqqoniy aytganlar.
Iroda va xarakterni shakllantirishda o’z-o’zini tarbiyalash. O’qituvchilik faoliyatida o’qituvchi xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda iroda, xis-tuyg’ularini boshqarish katta ahamiyat kasb etadi. O’zini-ozi tarbiyalash ma`lum natijalarga olib kelishi lozim. Bunda: o’zini idora eta olish, yaxshi kayfiyat, o’ziga buyruq berish, ishontirish, shaxsiy rejimga rioya qilish va o’z qoidasiga ega bo’lish.
L.N.Tolstoy o’z-o’zini tarbiyalashda quyidagi qoidalarga amal qilar edi. Nima belgilasa hech narsaga qarmay tezkorlik bilan bajarar. Nimani bajarsa yaxshi bajar. Doimo aqliy, o’z imkoniyati doirasi asosida faoliyat ko’rsatishga harakat qilardi».
V.Shekspir shunday yozgan edi. «Uyqu ona tabiatining g’aroyib, shirin taomidir tanavvul qilish me`yorini bilish lozim».
O’z-o’ziga buyruq berish, o’z-o’zini tarbiyalashning muhim usullaridan biri. Masalan, A.Meresyev «Olg’a, olga chidash kerak!» . . .

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling