11-mavzu: Tarixiy antropologiyada milliy identiklik masalasi. Reja


 Milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi: omillar va xususiyatlar


Download 301.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi301.98 Kb.
#212059
1   2   3
Bog'liq
11-mavzu yuzasidan maruza matni

 

13.3. Milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi: omillar va xususiyatlar 

O„rta  Osiyo  hududida  sun‟iy  ravishda  milliy  davlat  chegaralari 

aniqlanmaguniga  qadar  “o„zbek”  atamasini  biron  bir  guruhga  nisbatan  deyarli 

qo„llanilmagan.  Masalan,  ruslar  tomonidan  O„rta  Osiyo  hududlari  bosib  olingan 

paytda  o„troq  yashagan  yoki  shaharlik  biron-bir  kimsani  “o„zbek”  deb  aytsangiz 

uning  uchun  bu  haqoratday  ta‟sir  etgan.  Bu  erdagi  xalqlarni  ko„p  hollarda  uning 

ismiga  albatta  urug„  nomi  qo„shib  aytilgandagina  unga  tushunarli  bo„lar  edi  va 

muhimi  uning  o„zi  ham  tan  olar  edi.  Bunday  holat  va  uning  oxirini  yaxshi 

oqibatlarga  olib  kelmasligini  tushungan  o„z  davrining  firqa  rahbarlari  qator 

qarorlar chiqarishib, mahalliy urug„lar nomlarini umuman tilga olmaslik, bu erdagi 

barcha urug„larning nomlari o„rniga “o„zbek” atamasi ostida ish yuritishni, barcha 

davlat  hujjatlarida,  nashrlarda,  radioda  keng  ma‟noda,  o„zbek  xalqi,  o„zbek 

atamasini  butun  mamlakatga,  xalqqa  yoyishga  harakat  qilishdi.  Sobiq  SSSR 

tarkibida  O„zbekiston  Respublikasi  paydo  bo„lganligini  keng  miqyosda  targ„ib 

qilishga  harakat  qilishdi.  Endilikda  o„zbek  millati  to„g„risida  gap  ketganda  uning 

tarkibiga qarluq, chigil, o„g„uz, qipchoq, turk, ming, qo„ng„irot, nayman, do„rman, 

mang„it kabi qabilaviy nomlar bilan atashni qat‟iyan man etdi. 

Akademik  A.Asqarovning  xulosasiga  ko„ra,  aslida  “o„zbek”  atamasini  keng 

qo„llash  XVIII  asrda  boshlangan  bo„lib,  bu  davrdagi  har  uchchala  xonlikning 

vakillari  asli  kelib  chiqishiga  ko„ra  Dashti  Qipchoq  qavmlaridan  iborat  edi. 

SHuning  uchun  ular  o„zbeklarni  jipslashishlaridan  manfaatdor  edilar.  Chunki,  bu 

davrda  bo„lib  turgan  qabilaviy  bo„linishlar  oqibatida  kelib  chiqayotgan  urushlar 

xalq  ommasining  tinkasini  quritgan  va  natijada  xalq  ommasi  va  mahalliy 



hukmdorlar  ham  milliy,  etnik  janjallarni  chiqishidan  manfaatdor  emas  edilar. 

Bulardan  tashqari  mahalliy  jadidlarning  tarix  maydonidagi  harakatlari  tufayli 

aynan mahalliy millat vakillarini, ayniqsa ularni “o„zbek” nomi ostida birlashishga, 

Vatan tuyg„usini xalq ommasiga singdirishga undaydigan harakatlar keng avj oldi.  

O„zbek atamasini o„tgan asrning birinchi yarmida Abdulla Qodiriy tomonidan 

yozilgan  “O„tgan  kunlar”,  “Mehrobdan  chayon”,  “Obid  ketmon”  kabi  romanlari 

o„zbek xalqiga xos bo„lgan kamtarlik, samimiylik, mehmondo„stlik, o„zaro oilada 

bo„ladigan munosabatlar, qudachilik munosabatlari, musiqaga munosabat, yuksak 

an‟analarga  bo„lgan  munosabat,  kabi  ko„pchilik  ommaga  unchalik  ma‟lum 

bo„lmagan sifatlarni bizgacha etkazib keldi. Bu romanlarni o„qigan har bir bugungi 

kun  o„quvchisi  ham  o„zining  o„zbek  ekanligidan  yuz  karra  g„ururlanib  yurishi  va 

bu an‟analarni o„zi bilan kelajak avlodga eltishi tabiiydir.tabiiydir. 

O„zbek  tili  O„zbekiston  SSR  tarkibida  ham  rus  va  boshqa  ajnabiy  tillar 

hisobiga  boyidi.  Bu  yo„nalishda  ishlagan  matbuot,  radio  va  televideniya,  shoir, 

yozuvchi va olimlarning bu yo„lda qilgan xizmatlari benihoya yuksakdir. SHuning 

uchun hozirda o„zbek tilining so„z yasovchilik imkoniyatlari juda yuksak darajaga 

ko„tarilgan.  

O„tgan asrning 30-yillardan boshlangan  juda katta  masshtabdagi qatag„onlik 

siyosati,  mahalliy  millatlarni  doimo  qo„rquvda  ushlab  turish  siyosati  o„zining  aks 

ta‟sirini  ko„rsatdi.  O„zbek  xalqi  o„zining  millati  va  unga  qarshi  bo„lgan 

ta‟ziyqlardan,  bu  siyosatning  oxir  oqibati  butun  boshli  xalqqa  qaratilgan  siyosat 

ekanligidan,  o„zbek  tilini,  o„zbek  millatini,  o„zbek  mentalitetini  yo„qotish  uchun 

qilinayotgan  siyosat  ekanligini  ko„pchilik  olimlar,  ziyolilar,  siyosatchilar     

tushunar edilar va bunday siyosatning baribir “oxiri voy” bilan tugashi kerakligini 

imkon qadar keng ommaga targ„ib ham qilib yurdilar. 

Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  o„zbek  xalqining  qanchalik  mard  o„g„lonlari 

bor  ekanliklari  ular  o„z  ona  yurti,  ota-onasi  va  barcha  qarindoshlarining  ozodligi 

uchun jon fido qilganliklarini hamma biladi. Front ortida xalqimiz yuzlab ko„chirib 

olib  kelingan  zavod-fabrikalarni  bu  erda  ishlatdilar,  dalalarda  ayollar  va  bolalar 

ishlashib  barcha  urushda  qatnashayotgan  soldat  va  ofitserlarni  oziq-ovqat,  kiyim-

kechak,  prostina,  pododealnik,  paytava,  barcha  samolyotlarning  uchuvchilari, 

desantchilarni  parashyutlarini  ipak  mato  bilan  ta‟minlash  ham  o„zbek  xalqining 

zimmasida edi. 

Urush  yillari  minglab  Ukraina,  Rossiyaning  g„arbiy  taraflaridan  ko„chirilgan 

bolalarni o„z bag„riga olib, ularga mexr-saxovat ko„rsatgan ham o„zbek, o„zlari och 

bo„la  turib  shu  etim  bolalarni  qornini  to„yg„azgan  ham  shu  yurtning  farzandi 

bo„ldi.  Mashhur  o„zbek  shoiri  G„ofur  G„ulomning  “Sen  etim  emassan”,  “Men 

yahudiy” nomli sherlari jahonning radio va matbuoti orqali butun dunyoga taraldi. 




O„zbek tilini kuch-qudratini osmonu-falakka ko„targan yana bir yozuvchimiz 

Abdulla  Qahhor  bo„lib,  u  o„zbek  xalqiga  o„g„irlik  qilish  ham  xos  emasligini 

Qo„qon  shahrida,  30-yillardagi  ayni  ocharchilik  avjiga  chiqqan  paytda  bo„lgan 

voqea  to„g„risida  yozgan.  U  o„zbek  millatiga xos  bo„lgan  o„ta to„g„rilik,  soddalik 

va  o„ta  halollikni  bir  hikoya  orqali  kitobxonlarga  etkazgan.  Qo„qon  shahridagi 

mahallalardan  birida  novvoylik  qilib  kun  ko„rgan  otaxon  qarigan  paytda  yolg„iz 

qolgan.  U  kechasi  bilan  xamir  qilib  non  yopgan,  ertalab  nonlarni  savatga  solib 

ko„chaga,  yo„lning  bo„yiga  chiqarib  qo„yib,  o„zi  ichkariga  kirib  uxlagan.  Kuni 

bilan  uxlab,  kechki  payt  nonni  sotilgan  yoki  sotilmaganligini  xabar  olgani 

tashqariga  chiqqanda,  haftada  bir  marta  yoki  ikki  marta  nonni  soniga  nisbatan 

tashlab  ketilgan  pulning  miqdori  1–2  ta  nonga  etmay  qolgan  kunlar  bo„lar  ekan. 

SHunda haligi chol uyiga kirganda o„ziga o„zi g„udranib yurganligi, u bitta, ikkita 

nonni  pulini  yo„qotganidan  emas,  balki  o„sha  nonni  savatdan  olib,  pulini  bermay 

ketgan  odam,  u  dunyoda  nima  deb  javob  beradi”,  deb  qayg„urgani  to„g„risida 

yozgan.  

Abdulla  Qahhor  tomonidan  keltirilgan  bu  epizod,  xalqimiz  boshiga  tushgan 

ocharchilik  yillarida  ham  odamlarni  o„ta  to„g„riligi,  ularni  xalqimizga  xos 

soddaligi,  o„zining  eydigan  nonini  ham  ko„chaga  qo„yib,  uyiga  kirib  uxlaganini 

keltirgan. Haqiqatdan ham, o„tgan asrning 50-60 yillarida ham, juda ko„plab yirik 

qishloqlarning  uylarini  darvozalarida  qulf  bo„lmas,  yoki  umuman  darvozasi 

bo„lmas edi. O„sha qishloq ahlining uylaridan birov bironta ham buyumni o„g„irlab 

olib  chiqib  ketmas  edi.  Bu  narsa  o„sha  yillari  o„zbek  mentalitetining  bir  qismiga 

aylanib ulgurgan edi.   

Xalqimiz  uchun  urush  yillari  juda  katta  siyosiy,  mafkuraviy  sinov  bo„ldi, 

O„zbek  xalqi,  o„zbek  oilasi  bu  sinovlardan  mardonavor  o„tdi,  urushdan  keyin 

o„zbek xalqi bemalol qaddini, boshini ko„tarib yurish imkoniyatiga ega bo„ldi. 

Sobiq Sho„rolar mamlakatining yanada kuchli va qudratli bo„lishi uchun ko„p 

sonli aholi bo„lishidan tashqari bu aholi savodli, o„qimishli bo„lishi ham kerak edi. 

Shuning  uchun  ular  boshlang„ich,  noto„liq  va  o„rta  maktablar  tashkil  etib, 

aholining  to„liq  savodli  bo„lishiga  erishdilar.  Bundan  tashqari  faqat  O„zbekiston 

SSR hududida 60 ortiq Oliy o„quv yurtlari tashkil etilib, ularning juda katta qismi 

pedagogika  yo„nalishida  bo„lganligi  uchun  ham  aholining  to„liq  savodli  bo„lib 

etishishlariga  imkon  yaratildi.  Oliy  o„quv  yurtlarini,  Fanlar  akademiyasi 

institutlarini  yetuk  kadrlar  bilan  ta‟minlash  uchun  ham  yuqorida  zikr  etilgan  Oliy 

o„quv yurtlaridan tashqari Rossiyaning markaziy shaharlaridagi Ilmiy markazlarda 

aspirantura  va  doktoranturani  o„tab  o„z  zamonasining  yetuk  ilmiy  darajasiga  ega 

bo„lgan olimlar darajasiga sazovor bo„ldilar. Akademik A.Asqarov o„sha davrlarda 

etishib  chiqqan  ilm  darg„alari  qatoriga  quyidagi  olimlarni  qo„shgan:  Habib 

Abdullayev,  Yah‟yo  G„ulomov,  Ibrohim  Mo„minov,  Muhammad  O„razboyev, 



Hadicha  Sulaymonova,  Obid  Sodiqov,  Sobir  Yunusov,  Hamdam  Usmonov,  Hosil 

Fozilov,  Ibrohim  Hamraboyev,  Yolqin  To„raqulov,  Yunus  Rajabiy,  Mirza-Vali 

Muhammadjonov, Vosil Qobulov, Oybek, G„afur G„ulom, Izzat Sulton, Ubaydulla 

Karimov, Azizxon Qayumov va boshqalar

4

. Nomlari keltirilgan bu olimu-fuzalolar 



o„z  yo„nalishlari  bo„yicha  xalqimiz  ilmu  ma‟rifatini  XX  asrning  o„rtalari  va 

ikkinchi yarmidayoq yuksak cho„qqilarga olib chiqishdi. 

Millatni millat bo„lib uyushishida albatta yagona o„zbek adabiy tilining o„rni 

juda  kattadir.  Chunki,  ko„plab  hududlar  o„z  shevalarida  gapirib  yurganda,  ular 

o„rtasida jipslashish emas, balki mahalliychilik avj olgan bo„lar edi. Shuning uchun 

o„z davrida o„zbek adabiy tili Andijon, Qo„qon, Farg„ona va Toshkent shahri tillari 

o„zbek  adabiy  tiliga  asos  qilib  olindi  va  shu  tilda  gazeta,  jurnal,  radio,  ilmiy 

adabiyotlar nashr etildi, o„rta maktab, oliy o„quv yurtlari talabalari o„qitildi, teatrlar 

ham faqat o„zbek adabiy tilida spektakllar qo„yishdi. 

O„zbek  tilini va o„zbek  millatini  mustahkamlanishi va  jipslashishida  yagona 

o„zbek  tilining  mukammal  ishlanganligi,  uning  juda  ko„plab  lug„atlarini  turli 

sohalar  bo„yicha  ham  chiqarilganligi  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Bunda  albatta 

tilshunos  olimlarning  o„rni  va  xizmati  katta  bo„ldi.  O„zbek  millatining  to„liq 

shakllanishi  bilan  uning  o„ziga  xos  bo„lgan  mentaliteti  ham  shakllandi  va  uni 

hamma tomonidan tan olinishi kuzatilmoqda. 

Akademik A.Asqarov o„zining “O„zbek xalqining kelib chiqish tarixi” nomli 

monografiyasida  “o„zlikni  anglash”ga  doir  juda  qiziq  dalillarni  keltirgan.  Unda 

1926  va  1939-yilgi  aholi  ro„yxatlari  o„tkazilganda  juda  qiziq  faktlar  keltirilgan. 

Unga  ko„ra:  1926-yilda  Farg„ona  vodiysi  va  Toshkent  vohasida  yashaydigan 

32784  kishi  o„zini  “qipchoq”  deb, 50078  kishi  “qurama”,  21565  kishi  “turk”  deb 

yozdirgan  bo„lsalar,  1939  yilda  o„tkazilgan  aholi  ro„yxati  vaqtida  ularning 

hammasi  o„zini  o„zbek  deb  ataganlar  deydi.  U  millatning  shakllanishi  to„g„risida 

ham  fikr  bildirib,  ...  “millatning  shakllanishi  etnogenetik  jarayon  kabi  uzoq  vaqt 

davom  etadigan  tarixiy  voqiylik  bo„lib,  millat  etnik  tarixning  etnik  tarixning  eng 

yuqori yuksak cho„qqisi, kamolot bosqichiki, birinchidan, bu bosqichga ko„tarilgan 

xalqning  davlati  millat  nomi  bilan  yuritiladi;  ikkinchidan,  millat  nomi  bilan 

yuritilgan  davlat  chegaralari  qat‟iy,  dahlsiz,  jahon  jamoatchilik  tashkilotlari 

tomonidan  tan  olindi;  uchinchidan,  aniq  hududiy  chegarada  muomalada  bo„lgan 

umummillat  tili  davlat  tili  maqomi  darajasiga  ko„tarildi;  to„rtinchidan,  aholining 

o„zlikni anglash darajasi fuqarolarning hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga 

aylandi;  beshinchidan,  millatga  xos  milliy  mentalitet  shakllanadi;  oltinchidan, 

davlat jamiyatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo„nalishlarini boshqaruvchi 

qudratli  organ  sifatida  namoyon  bo„lib,  kuchli  davlatdan  adolatli  jamiyat 

                                                           

4

 Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. – Тошкент.: “O`ZBEKISTON” НМИУ, 2015.  – Б. 536-



537. 


xizmatchisiga,  millat  talabi  va  xohish  irodasini  boshqaruvchi  ongli  mexanizmga 

aylanadi” deydi.  

Shunday  qilib,  o„zbek  xalqi  o„zining  rivojlanishida  elat,  xalq,  millat  kabi 

barcha  etnogenetik  bosqichlarni  bosib  o„tdi.  Uning  rivojlanishi  va  taraqqiyoti 

ayniqsa  mustaqillikdan  keyin  mutlaqo  boshqacha,  zamonaviy  tus  oldi.  Birinchi 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  o„z  nutqlarida  “millatimizning  juda  boy  va 

murakkab  tarixi,  ma‟naviy  axloqiy  va  falsafiy  dunyoqarashi,  muomala 

munosabatlaridagi  o„ziga  xos  xususiyatlar  va  betakror  yondashishlar  asrlar 

davomida  xalq  ongi,  tafakkuri,  xulq-atvori  hamda  urf-odatlariga  singib, 

millatimizning  o„zini  namoyon  etish  tarziga  aylanib  ketgan  jihatlarini  o„zbek 

millatining asosi” deydi

5



Milliy mustaqilligimiz qo„lga kiritilgandan keyin tarixiy an‟analarga sadoqat, 

ajdodlar  siymosi  bilan  faxrlanish,  ijtimoiy  taraqqiyotning  muhim,  kerakli 

yo„nalishlarini  davom  ettirish  mustaqillik  va  milliy  g„oyaning  eng  muhim 

omillaridan ekanligi oddiy haqiqatga aylandi. 

Mustaqilligimizning  rivoji  hozirgi  Prezidentimiz  Sh.  Mirziyoyev  davriga 

kelib  milliy  mentalitetimizga  xos  bo„lgan  aholining  mehrga  zor  qatlami  – 

boquvchisi yo„q oilalar, nogironlar, beva-bechoralar, urush invalidlari va aholining 

ko„plab  mehrga  zor  qatlamlarini  holidan  xabar  olish,  ularni  jamiyatning  faol 

grajdanlariga  aylantirish  ishlari  davlat  siyosati  darajasiga  ko„tarildi.  Natijada 

millatga  xos  bo„lgan  va  ko„p  hollarda  unutilayozgan  mentalitetimizning  yana  bir 

qismi hayotimizga kirib kelmoqda. 

Bugungi  kunda  yoshlarimiz  qalbida,  ongida,  tafakkurida  muqaddas  milliy 

g„ururni, Vatan tuyg„usini, insonga, uning oilasini, xonadoni va mahallasini, kindik 

qoni  to„kilgan  aziz  joy  –  ona  Vatanni  qalbdan  sevishni,  unga  mehr  qo„yishni 

o„rgatishimiz  kerak.  Shundagina  o„zbek  mentalitetining  fazilatlari  sanalganda 

albatta  Vatan,  Vatanga  muhabbat  degan  so„zlarni  ham  qo„shib  aytilsa  yuz  karra 

haq bo„lamiz va bunday jarayon davom etsa, mamlakatimizning bironta ham yosh 

vakillari  o„zlikni  anglashda  xatoliklarga  yo„l  qo„ymaydi,  to„g„ri  yo„ldan 

adashmaydi. 

 

                                                           



5

 Каримов И.А. Бунѐдкорлик йўлидан. 4-том. – Т.: 1996. 



Download 301.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling