11-mavzu: Tarixiy antropologiyada milliy identiklik masalasi. Reja
Milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi: omillar va xususiyatlar
Download 301.98 Kb. Pdf ko'rish
|
11-mavzu yuzasidan maruza matni
13.3. Milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi: omillar va xususiyatlar O„rta Osiyo hududida sun‟iy ravishda milliy davlat chegaralari aniqlanmaguniga qadar “o„zbek” atamasini biron bir guruhga nisbatan deyarli qo„llanilmagan. Masalan, ruslar tomonidan O„rta Osiyo hududlari bosib olingan paytda o„troq yashagan yoki shaharlik biron-bir kimsani “o„zbek” deb aytsangiz uning uchun bu haqoratday ta‟sir etgan. Bu erdagi xalqlarni ko„p hollarda uning ismiga albatta urug„ nomi qo„shib aytilgandagina unga tushunarli bo„lar edi va muhimi uning o„zi ham tan olar edi. Bunday holat va uning oxirini yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini tushungan o„z davrining firqa rahbarlari qator qarorlar chiqarishib, mahalliy urug„lar nomlarini umuman tilga olmaslik, bu erdagi barcha urug„larning nomlari o„rniga “o„zbek” atamasi ostida ish yuritishni, barcha davlat hujjatlarida, nashrlarda, radioda keng ma‟noda, o„zbek xalqi, o„zbek atamasini butun mamlakatga, xalqqa yoyishga harakat qilishdi. Sobiq SSSR tarkibida O„zbekiston Respublikasi paydo bo„lganligini keng miqyosda targ„ib qilishga harakat qilishdi. Endilikda o„zbek millati to„g„risida gap ketganda uning tarkibiga qarluq, chigil, o„g„uz, qipchoq, turk, ming, qo„ng„irot, nayman, do„rman, mang„it kabi qabilaviy nomlar bilan atashni qat‟iyan man etdi. Akademik A.Asqarovning xulosasiga ko„ra, aslida “o„zbek” atamasini keng qo„llash XVIII asrda boshlangan bo„lib, bu davrdagi har uchchala xonlikning vakillari asli kelib chiqishiga ko„ra Dashti Qipchoq qavmlaridan iborat edi. SHuning uchun ular o„zbeklarni jipslashishlaridan manfaatdor edilar. Chunki, bu davrda bo„lib turgan qabilaviy bo„linishlar oqibatida kelib chiqayotgan urushlar xalq ommasining tinkasini quritgan va natijada xalq ommasi va mahalliy
hukmdorlar ham milliy, etnik janjallarni chiqishidan manfaatdor emas edilar. Bulardan tashqari mahalliy jadidlarning tarix maydonidagi harakatlari tufayli aynan mahalliy millat vakillarini, ayniqsa ularni “o„zbek” nomi ostida birlashishga, Vatan tuyg„usini xalq ommasiga singdirishga undaydigan harakatlar keng avj oldi. O„zbek atamasini o„tgan asrning birinchi yarmida Abdulla Qodiriy tomonidan yozilgan “O„tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon” kabi romanlari o„zbek xalqiga xos bo„lgan kamtarlik, samimiylik, mehmondo„stlik, o„zaro oilada bo„ladigan munosabatlar, qudachilik munosabatlari, musiqaga munosabat, yuksak an‟analarga bo„lgan munosabat, kabi ko„pchilik ommaga unchalik ma‟lum bo„lmagan sifatlarni bizgacha etkazib keldi. Bu romanlarni o„qigan har bir bugungi kun o„quvchisi ham o„zining o„zbek ekanligidan yuz karra g„ururlanib yurishi va bu an‟analarni o„zi bilan kelajak avlodga eltishi tabiiydir.tabiiydir. O„zbek tili O„zbekiston SSR tarkibida ham rus va boshqa ajnabiy tillar hisobiga boyidi. Bu yo„nalishda ishlagan matbuot, radio va televideniya, shoir, yozuvchi va olimlarning bu yo„lda qilgan xizmatlari benihoya yuksakdir. SHuning uchun hozirda o„zbek tilining so„z yasovchilik imkoniyatlari juda yuksak darajaga ko„tarilgan. O„tgan asrning 30-yillardan boshlangan juda katta masshtabdagi qatag„onlik siyosati, mahalliy millatlarni doimo qo„rquvda ushlab turish siyosati o„zining aks ta‟sirini ko„rsatdi. O„zbek xalqi o„zining millati va unga qarshi bo„lgan ta‟ziyqlardan, bu siyosatning oxir oqibati butun boshli xalqqa qaratilgan siyosat ekanligidan, o„zbek tilini, o„zbek millatini, o„zbek mentalitetini yo„qotish uchun qilinayotgan siyosat ekanligini ko„pchilik olimlar, ziyolilar, siyosatchilar tushunar edilar va bunday siyosatning baribir “oxiri voy” bilan tugashi kerakligini imkon qadar keng ommaga targ„ib ham qilib yurdilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida o„zbek xalqining qanchalik mard o„g„lonlari bor ekanliklari ular o„z ona yurti, ota-onasi va barcha qarindoshlarining ozodligi uchun jon fido qilganliklarini hamma biladi. Front ortida xalqimiz yuzlab ko„chirib olib kelingan zavod-fabrikalarni bu erda ishlatdilar, dalalarda ayollar va bolalar ishlashib barcha urushda qatnashayotgan soldat va ofitserlarni oziq-ovqat, kiyim- kechak, prostina, pododealnik, paytava, barcha samolyotlarning uchuvchilari, desantchilarni parashyutlarini ipak mato bilan ta‟minlash ham o„zbek xalqining zimmasida edi. Urush yillari minglab Ukraina, Rossiyaning g„arbiy taraflaridan ko„chirilgan bolalarni o„z bag„riga olib, ularga mexr-saxovat ko„rsatgan ham o„zbek, o„zlari och bo„la turib shu etim bolalarni qornini to„yg„azgan ham shu yurtning farzandi bo„ldi. Mashhur o„zbek shoiri G„ofur G„ulomning “Sen etim emassan”, “Men yahudiy” nomli sherlari jahonning radio va matbuoti orqali butun dunyoga taraldi. O„zbek tilini kuch-qudratini osmonu-falakka ko„targan yana bir yozuvchimiz Abdulla Qahhor bo„lib, u o„zbek xalqiga o„g„irlik qilish ham xos emasligini Qo„qon shahrida, 30-yillardagi ayni ocharchilik avjiga chiqqan paytda bo„lgan voqea to„g„risida yozgan. U o„zbek millatiga xos bo„lgan o„ta to„g„rilik, soddalik va o„ta halollikni bir hikoya orqali kitobxonlarga etkazgan. Qo„qon shahridagi mahallalardan birida novvoylik qilib kun ko„rgan otaxon qarigan paytda yolg„iz qolgan. U kechasi bilan xamir qilib non yopgan, ertalab nonlarni savatga solib ko„chaga, yo„lning bo„yiga chiqarib qo„yib, o„zi ichkariga kirib uxlagan. Kuni bilan uxlab, kechki payt nonni sotilgan yoki sotilmaganligini xabar olgani tashqariga chiqqanda, haftada bir marta yoki ikki marta nonni soniga nisbatan tashlab ketilgan pulning miqdori 1–2 ta nonga etmay qolgan kunlar bo„lar ekan. SHunda haligi chol uyiga kirganda o„ziga o„zi g„udranib yurganligi, u bitta, ikkita nonni pulini yo„qotganidan emas, balki o„sha nonni savatdan olib, pulini bermay ketgan odam, u dunyoda nima deb javob beradi”, deb qayg„urgani to„g„risida yozgan. Abdulla Qahhor tomonidan keltirilgan bu epizod, xalqimiz boshiga tushgan ocharchilik yillarida ham odamlarni o„ta to„g„riligi, ularni xalqimizga xos soddaligi, o„zining eydigan nonini ham ko„chaga qo„yib, uyiga kirib uxlaganini keltirgan. Haqiqatdan ham, o„tgan asrning 50-60 yillarida ham, juda ko„plab yirik qishloqlarning uylarini darvozalarida qulf bo„lmas, yoki umuman darvozasi bo„lmas edi. O„sha qishloq ahlining uylaridan birov bironta ham buyumni o„g„irlab olib chiqib ketmas edi. Bu narsa o„sha yillari o„zbek mentalitetining bir qismiga aylanib ulgurgan edi. Xalqimiz uchun urush yillari juda katta siyosiy, mafkuraviy sinov bo„ldi, O„zbek xalqi, o„zbek oilasi bu sinovlardan mardonavor o„tdi, urushdan keyin o„zbek xalqi bemalol qaddini, boshini ko„tarib yurish imkoniyatiga ega bo„ldi. Sobiq Sho„rolar mamlakatining yanada kuchli va qudratli bo„lishi uchun ko„p sonli aholi bo„lishidan tashqari bu aholi savodli, o„qimishli bo„lishi ham kerak edi. Shuning uchun ular boshlang„ich, noto„liq va o„rta maktablar tashkil etib, aholining to„liq savodli bo„lishiga erishdilar. Bundan tashqari faqat O„zbekiston SSR hududida 60 ortiq Oliy o„quv yurtlari tashkil etilib, ularning juda katta qismi pedagogika yo„nalishida bo„lganligi uchun ham aholining to„liq savodli bo„lib etishishlariga imkon yaratildi. Oliy o„quv yurtlarini, Fanlar akademiyasi institutlarini yetuk kadrlar bilan ta‟minlash uchun ham yuqorida zikr etilgan Oliy o„quv yurtlaridan tashqari Rossiyaning markaziy shaharlaridagi Ilmiy markazlarda aspirantura va doktoranturani o„tab o„z zamonasining yetuk ilmiy darajasiga ega bo„lgan olimlar darajasiga sazovor bo„ldilar. Akademik A.Asqarov o„sha davrlarda etishib chiqqan ilm darg„alari qatoriga quyidagi olimlarni qo„shgan: Habib Abdullayev, Yah‟yo G„ulomov, Ibrohim Mo„minov, Muhammad O„razboyev,
Hadicha Sulaymonova, Obid Sodiqov, Sobir Yunusov, Hamdam Usmonov, Hosil Fozilov, Ibrohim Hamraboyev, Yolqin To„raqulov, Yunus Rajabiy, Mirza-Vali Muhammadjonov, Vosil Qobulov, Oybek, G„afur G„ulom, Izzat Sulton, Ubaydulla Karimov, Azizxon Qayumov va boshqalar 4 . Nomlari keltirilgan bu olimu-fuzalolar o„z yo„nalishlari bo„yicha xalqimiz ilmu ma‟rifatini XX asrning o„rtalari va ikkinchi yarmidayoq yuksak cho„qqilarga olib chiqishdi. Millatni millat bo„lib uyushishida albatta yagona o„zbek adabiy tilining o„rni juda kattadir. Chunki, ko„plab hududlar o„z shevalarida gapirib yurganda, ular o„rtasida jipslashish emas, balki mahalliychilik avj olgan bo„lar edi. Shuning uchun o„z davrida o„zbek adabiy tili Andijon, Qo„qon, Farg„ona va Toshkent shahri tillari o„zbek adabiy tiliga asos qilib olindi va shu tilda gazeta, jurnal, radio, ilmiy adabiyotlar nashr etildi, o„rta maktab, oliy o„quv yurtlari talabalari o„qitildi, teatrlar ham faqat o„zbek adabiy tilida spektakllar qo„yishdi. O„zbek tilini va o„zbek millatini mustahkamlanishi va jipslashishida yagona o„zbek tilining mukammal ishlanganligi, uning juda ko„plab lug„atlarini turli sohalar bo„yicha ham chiqarilganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda albatta tilshunos olimlarning o„rni va xizmati katta bo„ldi. O„zbek millatining to„liq shakllanishi bilan uning o„ziga xos bo„lgan mentaliteti ham shakllandi va uni hamma tomonidan tan olinishi kuzatilmoqda. Akademik A.Asqarov o„zining “O„zbek xalqining kelib chiqish tarixi” nomli monografiyasida “o„zlikni anglash”ga doir juda qiziq dalillarni keltirgan. Unda 1926 va 1939-yilgi aholi ro„yxatlari o„tkazilganda juda qiziq faktlar keltirilgan. Unga ko„ra: 1926-yilda Farg„ona vodiysi va Toshkent vohasida yashaydigan 32784 kishi o„zini “qipchoq” deb, 50078 kishi “qurama”, 21565 kishi “turk” deb yozdirgan bo„lsalar, 1939 yilda o„tkazilgan aholi ro„yxati vaqtida ularning hammasi o„zini o„zbek deb ataganlar deydi. U millatning shakllanishi to„g„risida ham fikr bildirib, ... “millatning shakllanishi etnogenetik jarayon kabi uzoq vaqt davom etadigan tarixiy voqiylik bo„lib, millat etnik tarixning etnik tarixning eng yuqori yuksak cho„qqisi, kamolot bosqichiki, birinchidan, bu bosqichga ko„tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi; ikkinchidan, millat nomi bilan yuritilgan davlat chegaralari qat‟iy, dahlsiz, jahon jamoatchilik tashkilotlari tomonidan tan olindi; uchinchidan, aniq hududiy chegarada muomalada bo„lgan umummillat tili davlat tili maqomi darajasiga ko„tarildi; to„rtinchidan, aholining o„zlikni anglash darajasi fuqarolarning hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylandi; beshinchidan, millatga xos milliy mentalitet shakllanadi; oltinchidan, davlat jamiyatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo„nalishlarini boshqaruvchi qudratli organ sifatida namoyon bo„lib, kuchli davlatdan adolatli jamiyat
4 Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. – Тошкент.: “O`ZBEKISTON” НМИУ, 2015. – Б. 536- 537. xizmatchisiga, millat talabi va xohish irodasini boshqaruvchi ongli mexanizmga aylanadi” deydi. Shunday qilib, o„zbek xalqi o„zining rivojlanishida elat, xalq, millat kabi barcha etnogenetik bosqichlarni bosib o„tdi. Uning rivojlanishi va taraqqiyoti ayniqsa mustaqillikdan keyin mutlaqo boshqacha, zamonaviy tus oldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o„z nutqlarida “millatimizning juda boy va murakkab tarixi, ma‟naviy axloqiy va falsafiy dunyoqarashi, muomala munosabatlaridagi o„ziga xos xususiyatlar va betakror yondashishlar asrlar davomida xalq ongi, tafakkuri, xulq-atvori hamda urf-odatlariga singib, millatimizning o„zini namoyon etish tarziga aylanib ketgan jihatlarini o„zbek millatining asosi” deydi 5 . Milliy mustaqilligimiz qo„lga kiritilgandan keyin tarixiy an‟analarga sadoqat, ajdodlar siymosi bilan faxrlanish, ijtimoiy taraqqiyotning muhim, kerakli yo„nalishlarini davom ettirish mustaqillik va milliy g„oyaning eng muhim omillaridan ekanligi oddiy haqiqatga aylandi. Mustaqilligimizning rivoji hozirgi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev davriga kelib milliy mentalitetimizga xos bo„lgan aholining mehrga zor qatlami – boquvchisi yo„q oilalar, nogironlar, beva-bechoralar, urush invalidlari va aholining ko„plab mehrga zor qatlamlarini holidan xabar olish, ularni jamiyatning faol grajdanlariga aylantirish ishlari davlat siyosati darajasiga ko„tarildi. Natijada millatga xos bo„lgan va ko„p hollarda unutilayozgan mentalitetimizning yana bir qismi hayotimizga kirib kelmoqda. Bugungi kunda yoshlarimiz qalbida, ongida, tafakkurida muqaddas milliy g„ururni, Vatan tuyg„usini, insonga, uning oilasini, xonadoni va mahallasini, kindik qoni to„kilgan aziz joy – ona Vatanni qalbdan sevishni, unga mehr qo„yishni o„rgatishimiz kerak. Shundagina o„zbek mentalitetining fazilatlari sanalganda albatta Vatan, Vatanga muhabbat degan so„zlarni ham qo„shib aytilsa yuz karra haq bo„lamiz va bunday jarayon davom etsa, mamlakatimizning bironta ham yosh vakillari o„zlikni anglashda xatoliklarga yo„l qo„ymaydi, to„g„ri yo„ldan adashmaydi.
5 Каримов И.А. Бунѐдкорлик йўлидан. 4-том. – Т.: 1996. Download 301.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling