11-mavzu. Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining hisobi
Hisobotning kirim va chiqimining jami summalarining toʻgʻriligi tekshirib chiqiladi
Download 103.15 Kb.
|
11-mavzu-buxgalteriya 8 sem
3.Hisobotning kirim va chiqimining jami summalarining toʻgʻriligi tekshirib chiqiladi.4.Hisobotda davr oxiridagi tovar va taralarning qoldigʻini toʻgʻri hisoblanganligi va koʻrsatilganligi tekshirib chiqiladi.5.Hisobotga ilova qilingan boshlangʻich hujjatlar sonini toʻgʻri koʻrsatilganligi tekshiriladi.6.Hisobotning birinchi nusxasining oxirgi ustunchasida har bir hujjat qarshisiga korrespondentsiyalanadigan schyotning nomeri qoʻyib chiqiladi.
Reja:
Ulgurji savdo korxonalarida 21-son BHMSga muvofiq tovarlarning omborlarga kirimining sintetik hisobi ikki usulda olib borilishi mumkin.1-usul. Omborlarga kirim qilingan tovarlarni bevosita 2910 «Omborlardagi tovarlar» schyotida hisobga olish usuli. Ushbu schyotda tovarlar uzliksiz hisob tizim asosida sotib olish baholarida aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq tovarlarning tannarxiga ularni ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati va sotib olishga doir barcha qoʻshimcha harajatlar (tashib keltirish, brokerlik, bojxona, sertifikatlash va boshqa shu kabi harajatlari) kiritiladi.2-usul. Tovarlarni sotib olinishini maxsus schyotda, ya’ni 1510 «Tovar moddiy boyliklarni sotib olinishi» schyotida hisobga olish usuli. Ushbu schyotda tovarlar usliksiz hisob tizimiga muvofiq sotib olish baholarida, ya’ni tannarxi boʻyicha aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq tovarlarning tannarxiga ularni ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati va sotib olishga doir barcha qoʻshimcha xarajatlar (tashib keltirish, brokerlik, bojxona va boshqa harajatlar) kiritiladi. Sotib olishga doir barcha xarajatlar oldin 1510 «Tovar- moddiy boyliklarni sotib olinishi» schyotida toʻplanadi va tovarlar omborga kirim qilingach ushbu schyot 2910 «Ombordagi tovarlar» schyotiga yopiladi.Download 103.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling