11-mavzu. Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining hisobi
Download 103.15 Kb.
|
11-mavzu-buxgalteriya 8 sem
Tovarlarni omborga kirimi qilinishida song va sifat jihatdan chetlanishlar aniqlanganda ularning haqiqatda qabul qilingan summasiga yuqorida keltirilgan (1) yozuv beriladi. Tovar hujjatlaridan chetlanishlar summasiga ta’minotchilarga da’vo bildiriladi. Da’vo summasiga 21-son BHMS ga muvofiq da’vo xatiga asosan quyidagi yozuv beriladi:Debet 4860 «Da’volar boʻyicha olinadigan schyotlar»Kredit 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar», 6990 «Boshqa kreditorlik qarzlar», 1520 «Tovar –moddiy boyliklarni sotib olinishi».Kirim qilingan tovarlar turli sabablarga koʻra ta’minotchilarga qaytarilganda yuqorida keltirilgan (1) yozuv qizil rang bilan berilishi (storno qilinishi) yoki ushbu yozuv teskari berilishi mumkin, ya’ni:Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar» yoki 1520 «Tovar –moddiy boyliklarni sotib olinishi»Kredit 2910 «Ombordagi tovarlar».Qaytarilgan tovarlar boʻyicha sotib olishda qilingan qoʻshimcha xarajatlar (transport, brokerlik, bojxona toʻlovlari) boʻyicha xizmat koʻrsatgan tashkilotlarga ularning aybi boʻlmaganda da’vo bildirib boʻlmaslik mumkin. Shuning uchun qaytarilgan tovarlarga toʻgʻri keladigan sotib olishga tegishli boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar zarar sifatida 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» schyotiga olib borilishi lozim, ya’ni:Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»Kredit 1520 «Tovarlarni sotib olishga doir qoʻshimcha harajatlar»Sotib olishga doir qoʻshimcha xarajatlar boʻyicha da’vo bildirilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:Debet 4860 «Da’volar boʻyicha olinadigan schyotlar»Kredit 1520 «Tovarni sotib olinishiga doir qoʻshimcha harajatlar»Ulgurji savdo korxonalariga tovarlar ta’minotchilardan tashqari boshqa manbalardan ham kelib tushushi mumkin, masalan, savdo korxonalarining ishlab chiqarish sexlaridan, shoʻ’ba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan (agar ulgurji savdo korxonasi bosh korxona hisoblansa), ta’sischilardan, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul va qarzga olinishi mumkin. Ushbu operatsiyalar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.Download 103.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling