11-mavzu. Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining hisobi


Xususiy ishlab chiqarish sexlaridan kirim qilingan tovarlarning ishlab chiqarish tannarxidagi qymatiga


Download 103.15 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi103.15 Kb.
#1531262
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu-buxgalteriya 8 sem

1. Xususiy ishlab chiqarish sexlaridan kirim qilingan tovarlarning ishlab chiqarish tannarxidagi qymatiga:

Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»

Kredit 2010 «Asosiy ishlab chmiqarish» 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish».

2.Shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan sotib olish baholaridagi qiymatiga:

Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»

Kredit 6110 «Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar», 6120 «Shoʻba va qaram xoʻjaliklarga toʻlanadigan schyotlar».

3.Ta’sischilardan kelib tushgan tovarlarning kelishuv baholaridagi qiymatiga:

Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»

Kredit 4610 «Ta’sischilarning ustav kapitaliga badallar boʻyicha qarzlari».

4.Xorijiy ta’sischilardan ta’sis badali sifatida kelib tushgan tovarlar boʻyicha

a) korxona roʻyxatdan oʻtgan sanadagi kurs boʻyicha hisoblangan kirim bahosidagi qiymatga:

Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»

Kredit 4610 «Ta’sischilarning ustav kapitaliga badallar boʻyicha qarzlari».

b) Kelib tushish va ta’sis sanalari oʻrtasida vujudga kelgan kurs farqlari summasiga:

Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»

Kredit 8420 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlari».

5.Bepul olingan tovarlarning kelib tushish bahosidagi qiymatiga:

Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»

Kredit 8530 «Bepul olingan mulk».

6.Qarzga olingan tovarlarni kelishuv baholardagi qiymatiga:

Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»

Kredit 6820 «Qisqa muddatli qarzlar».

Ulgurji savdo korxonalari tovarlarni oʻzlarining distryubitorlariga (Chakana savdo korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlarga), shuningdek boshqa tovarlarni oʻz xoʻjalik maqsadlarida foydalanuvchi tashkilot va muassasalarga tuzilgan shartnomalar asosida kelishuv baholarida yirik va mayda partiyalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotadilar.


Download 103.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling