Omborlardan tovarlarni xususiy Chakana savdo savdo doʻkoniga berilishida buxgalteriya va marketing boʻlimi ularni Chakana sotish baholarini aniqlab beradi. Chakana sotish bahosiga tovarning ta’minotchidan sotib olgan bahosi, tovarni sotib olishga sarflangan qoʻshimcha xarajatlarning hissasi, shuningdek sotib olish tannarxi ustiga qoʻyiladigan savdo ustamasi kiritiladi. Misol: ombordan savdo doʻkonga 10 dona bolalar kostyumi berildi, uning hab birining sotib olish bahosi 20000 soʻm, ushbu oʻnta kostyumga toʻgʻri keladigan sotib olishga doir qoʻshimcha harajatlarning summasi 5000 soʻm, demak, xar bir kostyumga toʻgʻri keluvchi xarajat summasi – 500 soʻm. Kostyumlarni savdo doʻkonga berishda sotib olish tannarxi ustiga 10 % ustama qoʻyildi, ya’ni har bir kostyum bahosi ustiga qoʻyiladigan ustama – 2050 soʻm.. Ichki almashuv naklodnoyida tovarlarning narxi 20000 soʻm qilib koʻrsatiladi. Savdo doʻkonga kirim qilish dalolatnomasida tovarning kirim bahosi 22550 soʻm (20000+500+2050), jami summa 225500 soʻm ( 22550 *10) etib koʻrsatiladi. Buxgalteriyada ushbu hujjatlar asosida tovarlarni ombordan savdo doʻkonga kirimiga quyidagi yozuvlar qilinadi: tovarlarni sotib olish bahosidagi qiymatiga: Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» -200000 Kredit 2910 «Ombordagi tovarlar» -200000 -sotib olishga doir qoʻshimcha xarajatlarning tovarning sotish bahosiga kiritilishiga: Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» - 5000 Kredit 1520 «Tovarlarni sotib olishga doir qoʻshimcha harajatlar» -5000 -tovarlarga qoʻyilgan savdo ustamasi summasiga: Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» -20500 Kredit 2980 «Savdo ustamasi»-20500 Reja: Reja: Reja: Reja: Reja: Reja: Reja: Reja: Reja: Reja: Reja: Reja: Reja: Reja: Reja:
Do'stlaringiz bilan baham: |