11-Mavzu: Xayol Mavzu rejasi
Download 14.09 Kb.
|
11-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giperbolizasiya
- 2-topshiriq
- 4-topshiriq: "BBB" organayzerini to‘ldiring
- Bilishni xohlayman "BBB" organayzeri ( bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim) metodi.
- Nazorat uchun savollar
11-Mavzu: Xayol Mavzu rejasi: 1. Xayol haqida tushuncha. 2. Xayol turlari to’g’risida umumiy tushuncha. 3. Xayolning xususiyatlari. Xayol jarayonlarining fiziologik asoslari. 4. Xayol shakllari haqida tushuncha. Tayanch iboralar: Xayol,fantaziya,obraz,xayolparastlik, agglutinasiya. 1-topshiriq:Quyida keltirilgan atamalarni tahlil qiling: Agglutinasiya - kundalik hayotimizda birlashtirib bo`lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni "yopishtirib" birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. Agglutinasiya yo`li bilan ko`proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog`ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot). Giperbolizasiya narsalarni kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma`lum qismlarining sonini ko`paytirish, ularning o`rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko`p qo`lli xudolarning obrazi (hind afsonalarida), tog`dek katta odam, no`xatdek kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya yo`li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin. Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo`li narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarga urgu berish, ularga diqqatni turli yo`llar bilan jalb qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko`p qo`llaniladi. Bu usul bilan o’rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi. sxemalashtirish - biror mavjud narsadan andaza olib, shu andaza asosida obrazlar yaratish. Masalan rassomlar turli o`simliklarning obrazi asosida naйshlar yaratadilar. 2-topshiriq: Xayol va uning turlarini o’rganib ,tahlil qiling. Konspektlashtirish-mavzuni o’qib tushunish,ma’zmunli qismlarni daftarga yozib qo’yish. 3-topshiriq:Mavzu rejalarini konspektlashtirish. Konspektlashtirish-mavzuni o’qib tushunish,ma’zmunli qismlarni daftarga yozib qo’yish. 4-topshiriq: "BBB" organayzerini to‘ldiring:
"BBB" organayzeri ( bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim) metodi. Ushbu metod o'quvchilarga muayyan mavzular bo'yicha imkonini beradi. Metodni qo'llash jarayonida o'quvchilarga dastlab tushuntiriladi, so'ng esa jadval doskaga chizib qo'yiladi. Nazorat uchun savollar: 1.Xayol haqida umumiy tushuncha 2. Xayol nerv-fiziologik asoslari 4.Xayol turlari 5.Xayolparastlik nazariyalari Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 167-188 b. 2. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O..Umumiy psixologiya.0 ‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. – 114-121 b. 3. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.40-53b. 4. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 136-164 b. Download 14.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling