Yurak beli va konfiguratsiyasini aniqlash
Harakatlar ketma-ketligi
Yurak beli va konfiguratsiyasini aniqlash uchun qo‘shimcha quyidagilami bajarish lozim:
• O‘ng tomondan yurakning nisbiy to‘mtoqlik chegarasini III va IV qovurg‘alar oralig‘i sathida (to‘shga parallel ravishda o‘rta o‘mrov chizig‘idan boshlab) aniqlash va belgilab qo‘yish;
• Chap tomondan yurakning nisbiy to‘mtoqlik chegarasini III va IV qovurg‘alar oralig‘i sathida (to‘shga parallel ravishda chap oldingi qo‘ltiq osti chizig‘idan boshlab) aniqlash va belgilab qo'yish;
• So'ngra hosil bo‘lgan barcha nuqtalami bir-biri bilan birlashtirish lozim:
o‘ng tomonda - tomir tutamining o'ng chegarasini yurakning o‘ng nisbiy to‘mtoqlik chegarasi bilan;
chap tomonda - tomir tutamining chap chegarasini yurakning chap nisbiy to‘mtoqlik chegarasi bilan. Yuqorida keltirilgan barcha nuqtalar birlashtirilganda yurak chegaralarini (konfiguratsiyasini) ko‘rishimiz mumkin
Bunda yurakning chap konturlariga e'tibor berish lozim: tomir tutamming chap chegarasi va yurakning chap nisbiy chegarasi oralig'i yurak beli deb ataladi.
Kasalliklar oqibatida yurak bo‘limlari kengayganda uning mitral va aortal konfiguratsiyalari tafovutlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |