11-Mavzu: Zamonaviy tarbiyada media. Mediasavodxonlik va mediatarbiya. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotidagi o’rni. Reja


Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotidagi o’rni


Download 37.5 Kb.
bet2/2
Sana06.04.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1334047
1   2
Bog'liq
7-mavzu ma\'ruza

11.3. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotidagi o’rni

Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.


Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.
1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. hozirda internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.
Internetdan foydalanuvchilar soni, masalan, AQSH da 55 mln., Xitoyda 55 mln., Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet-provayder roʻyxatga olingan. Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra

  • Telegram’da 18 million,

  • “Odnoklassniki”da 16,7 million,

  • Facebook’da 4,7 million,

  • Instagram’da 3,7 million,

  • “Vkontakte”da 2,6 million,

  • Linkedln’da 288 ming,

  • Twitter’da 51,6 ming nafar

o‘zbekistonlik foydalanuvchi mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qiladi.
2021-yilning dekabr holatiga ko‘ra, milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma’naviy buzuqlik targ‘ibotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holat aniqlangan va 2097 ta qonunbuzarlik holati qayd etilgan.
Bugungi zamon shiddati hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur etib bo'lmasligini namoyon etayotir. Aksariyat odamlarning faoliyati internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo'layotgan kundalik yangiliklardan xabardor bo'lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog'liq.
Mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to'g'risidagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo'lishda esa internet tizimi, mobil` telefonlar va kompyu`ter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, o'zaro ma'lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o'z fikrini bayon etish yoki o'zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir.
Bularning bari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar uchun o'z fikrlari, qarashlari va tuyg'ularini bayon qilishda tengsiz imkoniyat ekanligini ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlar har qanday yoshdagi odamni bemisl darajada o'ziga «maftun» qilib turadi.
Aksariyat yoshlar o'zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo'yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo'lishadi va o'z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya'ni ma'naviyatli kishilarning fikri, deb bo'lmaydi, albatta. Ayniqsa, bugungi kunda etarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmagan kimsalar ham to'g'ri yo noto'g'riligini o'ylab o'tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma'lumot yuzasidan yoxud ba'zi masalalarga bilim va salohiyati etadimi, yo'qmi, bundan qat'i nazar, o'z fikrini bildirishadi. Yoki o'zlarining yozgan «asarlari» yo »maqola», «xabar», «she'r»larini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, bir-birlarini ko'klarga ko'tarib maqtashadi.
Qizig'i shundaki, ba'zi odamlar aslida shu ishni qilish kerakmi, yo'qmi, degan ishtibohga ham bormaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda havola etiladigan ma'lumotlarni «bezab turgan» g'aliz jumlalar hamda imloviy xatolar o'sha tarmoq foydalanuvchisining saviyasi qay darajada ekanligini ko'rsatib turadi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ham afsuslanish, achinish holatlarini keltirib chiqaradi. Ba'zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma'lumotlarning sanab adog'iga ham etib bo'lmaydi.
Ayniqsa, tarmoqlarda shunday guruhlar ham paydo bo'lganki, foydalanuvchilar bir-birini maqtab ko'kka ko'tarishlari, shuningdek, kimlarningdir nomini loyga chaplashlari oddiy holga aylanib bormoqda. G'iybat ular uchun oddiy holga aylangan. Ba'zi kimsalar esa ijtimoiy tarmoqdan o'zlariga yoqmagan odamlarning obro'sini to'kish, yerga urish, buning uchun bor imkoniyatidan foydalanishga harakat qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarni nazoratga olish imkoniyati yo'qligi bois, unda har qanday ishni qilish mumkin, deb o'ylashadi. erkin fikr aytish imkoniyatidan shunday yo'llar bilan foydalanish mumkin deganlar, saviyalari qay darajada ekanliklarini katta auditoriyaga shunday yo'llar bilan oshkor qilishadi. Shu sabab ko'pchilik bu tarmoqlarni yoqtirishmaydi. Lekin shunga qaramay, statistik ma'lumotlarga nazar solsak, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlar vositasida o'zaro muloqotga kirishishmoqda.
Olib borilgan axborot-tahliliy natijalar va statistik ma'lumotlarga ko'ra, Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida yetakchi o'rinda bormoqda. Bugungi kunga kelib, Facebook tarmog'ida ro'yxatdan o'tganlar soni bir necha milliard kishidan ortganligi ma'lum qilingan. Undan keyingi o'rinlarni esa Twitter, Instagram, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz qo'lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ'ib qilish hamda inson ma'naviyatini har tomonlama yuksaltirishga xizmat qiladigan juda ko'plab ma'lumotlar yoritib borilmoqda. Shu bilan birga, milliy mentalitetimizga raxna soluvchi turli ig'volar, g'iybatlar, milliy madaniyatlarning kushandasi bo'lgan – «ommaviy madaniyat» niqobidagi tahdid va boshqa illatlar xavf solishi hamon davom etmoqda.
Kishining ta'bini xira qiladigan jihati, ijtimoiy tarmoqlar orqali «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga buzuq g'oyalar, axloqsizlik, g'ayriinsoniy odatlar kirib kelmoqda. Millatning tarixi, o'tmishdagi qadriyatlarini rad etuvchi, «ommaviy madaniyat»ni targ'ib etishga undovchi mafkuraviy kurashlarning barchasi aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilmoqda. Zero, ijtimoiy tarmoqlar tubanlik girdobiga giriftor etuvchi mafkurachilarining asosiy dastaklaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Binobarin, bu holat har birimizdan tahdidlarga nisbatan muntazam ogohlikni talab etmoqda.
Inson ongi, qalbi va ruhiyatiga tazyiq o'tkazishga harakat qilayotgan g'arazli kuchlar axborot xurujlarini amalga oshirishda eng ta'sirchan vositalar sifatida internet tizimi va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishmoqda. Ayni paytda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan milliy ma'naviyatimizga yot g'oyalar va axborot xurujlarining yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari kishini tashvishga solmoqda.
Qayd etish joizki, «ommaviy madaniyat» namoyon bo'lish xususiyatlariga ko'ra, til, din, e'tiqod, irq, makon, xalq va millat tanlamaydi. U jamiyatning madaniy va estetik qadriyatlariga raxna solish orqali ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarini buzadi. Zero, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda, albatta, barchamiz media xavfsizlik haqida, G'arb davlatlari olib borayotgan mafkuraviy kurash turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz va buni yoshlarga o'rgatishimiz lozim.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongi va dunyoqarashini o'zgartirish maqsadida g'oyaviy, mafkuraviy ta'sir o'tkazish, dizinformatsion axborot tarqatish kabi holatlar, ayniqsa, hushyorlikni talab etmoqda. Axborot xurujida inson ongi, millat ruhiyati nishonga olinadi. Aslini olganda, axborot xurujlarini amalga oshirishda, avvalo, inson ongi va qalbini zabt etish orqali mafkuraviy ta'sir o'tkazish g'oyasi yotadi. Mazkur holat davlatlarning barqarorligiga raxna solib, millatning tarixan shakllangan qadriyatlari, uning o'ziga xosligi, millat va xalq sifatida yashab qolishini xavf ostiga qo'yadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali g'oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo'layotgan yovuz va buzg'unchi g'oyalar ta'sirini o'z vaqtida anglash, ulardan doimo ogoh bo'lish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini har bir yurtdoshimiz, birinchi navbatda, yosh avlod vakillari chuqur anglab etishlari lozim bo'ladi.
Chunki ijtimoiy tarmoqlar nafaqat yoshlarning, balki jamiyatdagi har qanday faol insonning doimiy ehtiyojiga aylanishga ulgurib bo‘ldi.
Quyida ijtimoiy tarmoqlarning ana shunday xatarlaridan eng asosiylarini sanab o‘tamiz:
Yolg‘on va asossiz xabarlarning tarqalishi
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: “Ey, mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz!” (Hujurot surasi 6-oyat).
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytadilar:
“Kishiga gunoh bo‘lishi uchun eshitgan narsasini gapirishining o‘zi kifoyadir”, – deganlar (Imom Muslim va Imom Abu Dovud rivoyati).
Shariatimizga ko‘ra, har bir musulmonning sha’ni va obro‘sini to‘kish – xuddi qonini to‘kish yoki molini o‘zlashtirish kabi, boshqa musulmon uchun haromdir.
“Fitnalar uyushtirish makoni” ekani
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday degan: “Fitna esa qotillikdan ham kattaroq (gunoh)dir…” (Baqara surasi 217-oyat)
Noto‘g‘ri fatvo va qarashlarning tarqalgani
Imom Abu Lays Samarqandiy rahmatullohi alayhi: “Ilmni ishonchli zotlardan olish lozim, chunki dinning ustuni ilm bilandir. Kishi o‘zining jonini ishonadigan kishigagina dinini ham ishonib topshirishi lozim”, – deganlar.
Shuningdek, terrorchilar o‘zlariga tegishli veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda “shahidlik”, “jihod”, “hijrat”, “takfir”, “xalifalik” kabi tushunchalarni buzib talqin qilish natijasida ayrim yoshlarni o‘zlarining tuzoqlariga ilintirishga muvaffaq bo‘lishayotgani achinarli hol, albatta.
Fahsh va behayolikning tarqalishi
Yovuz niyatli kimsalar g‘arazli maqsadlari yo‘lida va xalqning o‘zligini yemirish uchun turli usullardan foydalanadi. Ulardan biri – jamiyatda axloqiy bu­zuqlikni yoyishdir. Bu yo‘lda g‘alamislar ijtimoiy tarmoq orqali axloqsizlikni, fahshni keng tarqatishga bor imkoniyatlarini sarflamoqdalar. Behayolikka yo‘g‘rilgan tasvirlar, video-roliklar tarqatish orqali yer yuzida fasod tarqashiga “xizmat” qilmoqdalar.
Ahli ilm, imom, ulamo kishilar haqida bo‘hton uyushtiruvchi, ularni obro‘sizlantirishga urinuvchi guruhlarning ko‘pligi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali dinimizga bo‘layotgan zararlardan yana biri – har bir yurtning peshqadam olimlarini tahqirlash, tuhmat-bo‘hton so‘zlari bilan obro‘sizlantirish, ularni nifoqda, kufrda ayblashdir. Ularning bundan o‘ylagan maqsadlari – musulmon ommasini ilmiy rahbarsiz qoldirib, o‘zlariga ergashtirish va boshqarishdir.
Kishilarning, xususan yoshlarning ruhiyatiga, axloqiga salbiy ta’siri
Ijtimoiy tarmoq orqali fikr bildirish va buning ortidan maqtov (“layk”)larni qo‘lga kiritishga urinish bugungi yoshlarini tobora o‘z domiga tortmoqda. Buning salbiy tomoni shundaki, foydalanuvchi bunday maqtov (“layk”)larni yana va yana olishni istaydi va rohatlanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi va giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchini mana shu bog‘langanlik va rohatlanish hislari birlashtirib turadi.
Buning oqibatida ular virtual dunyoga butkul sho‘ng‘ib ketadilar va tashqi dunyodan uziladilar. Ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolgan yoshlar boshqalar bilan jonli muloqotda qiynaladi, odamovi bo‘lib qoladi, do‘stlashishda adashadi, birovga hamdardlik bildirish haqida umuman bosh qotirib o‘tirmaydi. Faqat ijtimoiy tarmoqda topgan “do‘st”larining fikri bilan ish ko‘radigan bo‘lib qoladi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, «... biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat xazinasi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo'hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o'z qarmog'iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma'naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o'z xalqiga, yurtiga bo'lgan muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir.
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling