11 Oziq-ovqat sohasini davlat tomonidan tartibga solish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash asosi
Uchinchi guruh olimlar iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini iqtisodiyotning ijtimoiy ehtiyojlarni samarali qondirishga qodirligi deb ta’riflaydilar
Download 10.01 Kb.
|
1 2
Bog'liq11 Oziq-ovqat sohasini davlat tomonidan tartibga solish – oziq-o-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taniqli rus iqtisodchisi L.I.Abalkin ushbu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi uning uch elementini ko‘rsatib bergan
- Kompensatsiya salohiyati komponentlari Iqtisodiyot sub’ektlarining xavfsizligi Xo‘jalik flaoiyati sohalarida keladigan iqtisodiy xavfsizlik turlari
Uchinchi guruh olimlar iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini iqtisodiyotning ijtimoiy ehtiyojlarni samarali qondirishga qodirligi deb ta’riflaydilar
To‘rtinchi guruh olimlar esa mazkur tushunchani iqtisodiyotning progressiv rivojlanishi va normal darajada amal qilishining muhim sharti, iqtisodiyot sohasida shaxs, o‘jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi fahdidlardan himoyalanishi deb tavsiflaydilar Taniqli rus iqtisodchisi L.I.Abalkin ushbu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi uning uch elementini ko‘rsatib bergan Rivojlanish, barqarorlik va xavfsizlik tushunchalarining o‘zaro bogliqligi Ijtimoiy-iqtisodiy tizimning quyi chegaralari: milliy iqtisodiyot va iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy sharoitlarini o‘rganish va ularni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash; milliy iqtisodiyotni tanglikka va beqarorlikka olib keluvchi omillarni aniqlash; turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining tartibi va im- koniyatlarini baholash; xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soluvchi tahdidlarning oldini olish yo‘llarini aniqlash. Kompensatsiya salohiyati komponentlari Iqtisodiyot sub’ektlarining xavfsizligi Xo‘jalik flaoiyati sohalarida keladigan iqtisodiy xavfsizlik turlari 11.2. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda davlatning iqtisodiy roli. Iqtisodiy xavfsizlik omillar Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik quyi tahlikali chegarasi indikatorlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi va turkumlanadi: iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Ushbu guruhga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarish va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun xarajatlar ulushi, investitsiyalar, foydali qazilma boyliklarining zaxiralari bo‘yicha quyi tahlikali chegarani ifodalovchi indikatorlar kiradi; moliyaviy tizim barqarorligi ko‘rsatkichlariga davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o‘zaro hisob-kitob va soliq intizomini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi; ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari aholi daromadlari darajasi va uning mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik va ijtimoiy soha xarajatlari bo‘yicha quyi tahlikali chegaralarni o‘z ichiga oladi; tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari guruhiga mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi bo‘yicha quyi tahlikali chegaralarni ifodalovchi indikatorlar kiradi. Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlar turkumiga quyidagilar kiradi: yalpi ichki mahsulotning umumiy va aholi jon boshiga hajmi; sanoat mahsulotlari umumiy hajmida ishlab beruvchi sanoat mahsulotlari ulushi; sanoat ishlab chiqarishda mashinasozlikning ulushi; investitsiyalar hajmining YAIMga foiz hisobidagi nisbati; ilmiy tadqiqotlar uchun xarajatlarning YAIMga nisbati (foiz hisobida); yangi turdagi mahsulotlarning yalpi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmidagi ulushi; yashash minimumi darajasidan past daromad oluvchi kishilar ulushi; aholining tug‘ilgan chog‘idan kutilayotgan o‘rtacha umr uzoqligi (yosh); aholining eng yuqori daromad oluvchi 10% guruhining eng kam daromad oluvchi 10 % guruhi daromadlari o‘rtasidagi farq kattaligi; qayd etilgan jinoyatlar har 100000 kishi hisobiga; Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) metodologiyasi bo‘yicha ishsizlik darajasi (foiz hisobida); yillik inflyasiya darajasi (foiz hisobida); ichki qarzlar hajmining YAIMga nisbati, foiz hisobida, qiyosiy davrda; ichki qarzlarni qoplash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun joriy ehtiyojning byudjetga soliq tushumlari hajmidagi ulushi (foiz hisobida); tashqi qarzning YAIMga nisbati (foiz hisobida); tashqi qarzning YAIM kamomadini qoplashdagi ulushi; xorijiy valyutalar miqdorining milliy valyuta massasiga nisbati (foiz hisobida); naqd xorijiy valyuta miqdorining naqd milliy valyuta hajmiga nisbati (foiz hisobida); (M2) pul massasining YAIMga nisbati (foiz hisobida); ichki iste’molda importning hissasi, shu jumladan ichki oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli hajmida import oziq-ovqat mahsulotlari ulushi (foiz hisobida); aholi yashash darajalari burcha mamlakat hududlari o‘rtasidagi farqlar. Iqtisodiy manfaatlarga va xavfsizlikka taxdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda yumshatishning ustuvor maqsadlariga quyidagilar kiradi: aholining barcha ijtimoiy guruhlari va tabaqalari turmush darajasini oshirish orqali jamiyat barcha a’zolarining birdamligiga erishish; milliy iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni kiritishni rag‘batlantirish, investitsion jarayonlarni faollashtirish; qat’iy soliq, pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta qadrini oshirish va mustahkamlash; tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va samarali bojxona nazorat tizimini shakllantirish; mamlakatda fan va intellektual salohiyati rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash; mamlakat xududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni kuchaytirish orqali ichki iqtisodiy makonni mustahkamlash; xo‘jalik sub’ektlarining xalqaro bozorlarga chiqishdagi mustaqilligini va erkinligini ta’minlash. http://fayllar.org Download 10.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling